Biologiya fanda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish metodikasi. maktab dasturida ko‘rgazmali tajribalar.

Biologiya fanda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish metodikasi. maktab dasturida ko‘rgazmali tajribalar.

Amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarini bajarish belgilangan Davlat ta’lim standartlari   asosida o‘tkaziladi

      Biologiya  fanidan  olingan  barcha  nazariy  bilimlar  amaliyotda ko'rsatilmay  o'z  samarasini , bermaydi. Shuning  uchun  Biologiya  qonuniyatlarni, tushunchalar, moddalarning  xossalari, ularning  hosil  qilinishi  tajribalar  asosida  o'ganiladi.

      Biologiya  fanidan  tajribalar  o'tkazish  juda  muhimdir. Tajribalar  yordamida  o'quvchilar  o'z  malakalarini  oshiradilar.

      Yangi  pedagogik  texnologiyalar  asosida  tashkil  etilgan  darslarda  o'quvchilarning  aqliy  qobiliyati,  so'zlash  madaniyati  bir-biriga  do'stlik  inoqlik  munosibatlari   hisobga  olinib , bu  hislar  guruhning  bilim  darajasini  ko'tarilishida  muhim  o'rinni  egallaydi. Hamkorlikda  ishlash  orqali  o'quvchilarning  malaka  va  ko'nikmalarning  egallashlari  osonlashadi.

      Biologiya  fanidan o'quvchilarga  chuqur  va  har  tamonlama  mukammal bilim berish albatta, har bir  bo'lim  va  mavzuga  tegishli  bo'lgan  laboratoriya  hamda  amaliy  mashg'ulotlarni  qanchalik  o'z  o'rnida  va  to'g'ri  olib  borilishiga  bog'liq. Laboratoriya  va  amaliy  mashg'ulotlarni  o'tkazish, avvalo  o'quvchilarning  shu  fandan  olgan  nazariy  bilimlarini  mustahkamlashga  xizmat  qiladi, turli  sifat  va  miqdoriy    reaksiyalarning rang  va  miqdor  o'zgarishibilan  borishi, cho'kma  tushishi  va  gaz  ajralishi  bilan  boradigan  tajribalar  ularda  fanga  katta  qiziqish  uyg'otishi  tabiiy.

Amaliy  mashg’ulot:    O’quv fanining moddiy – texnik ta’minoti. O`qituvchi  va  o`quvchilar  uchun  stol  va  stullar;  doska,  fanni  o`qitishga  oid  stendlar, plakatlar,  tarqatma materiallardan namunalar. Fanni  o’zlashtirishda  darslik,  o’quv  va  uslubiy  qo’llanmalar,  ma`ruza  matnlari,  tarqatma  materiallar,  elektron  materiallar. Amaliy    darslarga  mos  ravishdagi  ilg’or  pedagogik texnologiyalar tatbiq etiladi.  malaka  ishlari, diplom  loyihalarini  himoya qilish  shaklida amalga oshiriladi.  Test, yozma savollar  xajmi fanga ajratilgan soatdan kelib chiqib belgilanadi. 

Seminar: (lot. seminarium - koʻchatxona; maktab) oliy yoki oʻrta maxsus maktab talaba (oʻquvchi)larining muayyan nazariy kursni qanchalik oʻzlashtirganliklarini aniqlash usuli, mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirilgan oʻquv amaliyotining muhim turlaridan biri. Talaba tomonidan bajarilgan referat, maʼruza  muhokamasidan iborat. Seminar mavzuni ilmiy tadqiq etgan o`qituvchi yoki tegishli mutaxassislar rahbarligida amalga oshiriladi. Oʻquv predmeti xarakteri, mashgʻulot maqsadi, oʻquv yurti yoʻnalishiga koʻra ayrim oʻziga xosliklar bilan universitet, institutda keng tarqalgan. Baʼzan maʼruzaga bogʻliq boʻlmagan holda, muayyan mavzudagi mustaqil taʼlim shakli sifatida ham oʻtkaziladi.Taʼlimning bu shakli darslar, bahs-munozara tarzida uyushtiriladigan Yunoniston va qadimyi Rim maktablarida vujudga kelgan. 17-asrdan boshlab Gʻarbiy Yevropa universitetlarida gumanitar yoʻnalishda oʻqiydigan talabalarning asl manbalar bilan ishlash usuli taʼlimning asosiy shakli sifatida qoʻllaniladi. Bu xil mashgʻulotlarning 3 turi mavjud:

1. kursni chuqurlashtirib oʻrgatishga yoʻnaltirilgan ;

 2. kurs doirasida asosiy va muhim hisoblangan mavzularni oʻrganishga qaratilgan;

3. ilmiy izlanishga yoʻnaltirilgan, maʼruza mavzusiga aloqador boʻlmagan seminar. Seminar  oʻtkazishning asosiy shartlaridan biri barcha ishtirokchilar uchun mavzu yoki mutaxassislikka bogʻliq adabiyotlar, manbalar, arxiv materiallari va qoʻlyozmalardan foydalanishda birdek imkoniyat yaratilishidir .

 

Biologiya fani maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, ta'lim jarayonini quyidagi tashkiliy shakllarda o`tkazish ko`zda tutiladi:

   Dars   an’anaviy ta'lim jarayonining eng dinamik, barcha jihatlardan muqobil va asosiy tashkiliy shaklidir. Darsning asosiy ko`rsatkichlari: o`qituvchi-ta'lim berish texnologiyalari; o`quvchi-bilim darajasi, o`zlashtirish; davlat ta'lim standarti - darslik; o`quv xonasi - ko`rgazmali qurollar; dars jadvali - ta'lim jarayoniga ajratilgan (cheklangan 45 daqiqa) vaqt.  Darsga qatnashish - majburiydir.

   Kuzatish - hodisa va  obyektni tabiiy  sharoitda kuzatish. Kuzatish jarayoni
o`quvchilardan ziyraklikni talab etadi.

   Namoyishli tajriba - o`tilgan mavzu, olingan nazariy bilimlarni   tajribada
tasdiqlash va ko`rsatish maqsadida o`quv-laboratoriya sharoitida o`qituvchi (yoki maxsus tayyorgarlik ko`rgan assistent) tomonidan namoyish etiladigan tajriba.

   Amaliy ish - o`quvchilar egallagan bilimlarga asoslangan holda muayyan mehnat malaka-ko`nikmalarini talab etuvchi topshiriq (xona o`simliklarini ko`paytirish, urug‘larni undirish). Yakka tartibda yoki bir guruh o`quvchilar bilan bajarilishi mumkin. Amaliy ish sinfdan tashqari vaqtda ham o`tkazilishi mumkin (uy sharoitida pichan ivitmasini tayyorlab kelish, ipak qurtini parvarish qilish).

   Amaliy mashg‘ulot - o`qituvchi rahbarligida va uning hamkorligida bajariladi. Mashg‘ulot bir nechta tashkiliy qismlarga   boiinadi. Amaliy mashg'ulotni darsga qiyoslash mumkin.

   Laboratoriya ishi - maxsus jihozlangan o`quv-laboratoriya xonasida tashkil etilib, o`qituvchi ishning maqsadini tushuntiradi va o`quvchilarni topshiriqni bajarish algoritmi (tartibi) bilan tanishtiradi. Laboratoriya ishida bajarilishi lozim bo`lgan amallar aniq o`rnatilgan tartibda bajarilishi talab etiladi.

   Laboratoriya mashg‘uloti - maxsus jihozlangan o`quv-laboratoriya xonasida tashkil etilib, o`quvchilar egallagan bilimlarini aniqlashtirish, uni tajribaviy uslubda isbotlash, tushunchalarini mustahkamlash, o`quv-laboratoriya jihozlari bilan ishlashda amaliy malaka  va ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida o`tkaziladi. Mashg‘ulot bir nechta tarkibiy qismlardan  iborat bo`lib, unda bir vaqtning o`zida  bir nechta laboratoriya ishi o`tkazilishi mumkin (pichan bakteriyasi tayoqchasi va urug‘ tukchalarini
mikroskopda ko`rish).

   Ekskursiya - tabiiy sharoitda biron-bir obyekt, tabiiy hodisani o`rganish
imkoniyatini yaratuvchi tashkiliy-pedagogik jarayon. Ekskursiya sinfdan tashqarida o`tkaziladi, cf tkazilish vaqti bilan cheklanmagan, o*quvchilar tarkibi o`zgarishi (sinflardan terma qilib olingan) ham mumkin

Eksperiment - sinov, tajriba, ilmiy-tadqiqot metodlaridan biri bo`lib, pirovard
natijada  ilmiy bashorat o`z isbotini topishi lozim. Eksperiment  muayyan tartibda
muntazam qayd etilib borilishini talab etadi.


Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test