TIMSS xalqaro baholash tadqiqotining o‘ziga xos xususiyatlari va topshiriq namunalari tahlili hamda ularni baholash mezonlari

TIMSS xalqaro baholash tadqiqotining    o‘ziga xos xususiyatlari va topshiriq namunalari tahlili hamda ularni baholash mezonlari

Xalqaro baholash dasturlari va ularning afzalliklari

     Davlatimiz rahbarining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonida 2030-yilga borib PISA oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish boʻyicha vazifalar belgilangan.

     Qanday xalqaro baholash dasturlari mavjud?

PISA – o‘quvchilarni ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi

PIRLS – matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot

TIMSS – maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring

TALIS – o’qitish va o’rganish xalqaro tadqiqoti 

    Dunyoda yuzdan ortiq davlat oʻz mamlakatida joriy etilgan taʼlim sifatini xolisona baholash maqsadida PISA, TIMSS, PIRLS, TALIS, EGRA hamda EGMA kabi xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etadi. Jumladan, Oʻzbekistonning ham birinchi marta PISA va boshqa xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

PISA - Programme for International Student Assessment 

PISA – o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur. Turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur. Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan. PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot YaIM) ning 1% ga o‘sishini ta’minlaydi.

      PISA tadqiqotlarida Oʻzbekistonning ishtiroki mamlakatda taʼlim sifati nechogʻlik darajada ekanini xalqaro miqyosda koʻrsatadi. Bu nima uchun muhim? Avvalo, taʼlimdagi oʻzgarishlarda toʻgʻri yoʻldan ketyapmizmi, degan savolga javob topiladi. PISA tadqiqotlarida shunday savollar beriladiki, bu qaysidir bir faktga asoslangan boʻlmaydi. Bitta savolda bir nechta fanlar elementlari jamlangan va unda kimyo, fizika, biologiya ham boʻlishi mumkin. Test bolalarning mustaqil hayotga nechogʻlik tayyorligini baholaydigan sinov.

        Hozirgi kunda milliy oʻquv dasturi ishlab chiqilmoqda. Milliy oʻquv dasturi doirasida bolalarga endi nazariy bilim emas, hayotiy koʻnikma va malaka berish ustida ish olib borilmoqda. Shu orqali biz xalqaro baholash dasturlarida natijaga erishishimiz mumkin.


Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test