PISA sinov topshiriqlarining turlari va ularni baholash mezonlari.
PISA sinov topshiriqlarining turlari va ularni baholash mezonlari.
Xalqaro baholash dasturlari va ularning afzalliklari
Davlatimiz rahbarining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonida 2030-yilga borib PISA oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish boʻyicha vazifalar belgilangan.
Qanday xalqaro baholash dasturlari mavjud?
PISA – o‘quvchilarni ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi
PIRLS – matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot
TIMSS – maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring
TALIS – o’qitish va o’rganish xalqaro tadqiqoti
Dunyoda yuzdan ortiq davlat oʻz mamlakatida joriy etilgan taʼlim sifatini xolisona baholash maqsadida PISA, TIMSS, PIRLS, TALIS, EGRA hamda EGMA kabi xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etadi. Jumladan, Oʻzbekistonning ham birinchi marta PISA va boshqa xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
PISA - Programme for International Student Assessment
PISA – o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur. Turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur. Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan. PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot YaIM) ning 1% ga o‘sishini ta’minlaydi.
PISA tadqiqotlarida Oʻzbekistonning ishtiroki mamlakatda taʼlim sifati nechogʻlik darajada ekanini xalqaro miqyosda koʻrsatadi. Bu nima uchun muhim? Avvalo, taʼlimdagi oʻzgarishlarda toʻgʻri yoʻldan ketyapmizmi, degan savolga javob topiladi. PISA tadqiqotlarida shunday savollar beriladiki, bu qaysidir bir faktga asoslangan boʻlmaydi. Bitta savolda bir nechta fanlar elementlari jamlangan va unda kimyo, fizika, biologiya ham boʻlishi mumkin. Test bolalarning mustaqil hayotga nechogʻlik tayyorligini baholaydigan sinov.
Hozirgi kunda milliy oʻquv dasturi ishlab chiqilmoqda. Milliy oʻquv dasturi doirasida bolalarga endi nazariy bilim emas, hayotiy koʻnikma va malaka berish ustida ish olib borilmoqda. Shu orqali biz xalqaro baholash dasturlarida natijaga erishishimiz mumkin.
Xalqaro baholash dasturi PISA tadqiqotni quyidagi vositalar yordamida amalga oshiradi:
1. O‘quv topshiriqlaridan iborat test to‘plami.
2. O‘quvchilar uchun o‘zi tahsil olayotgan ta’lim muassasasi haqida anketa savollari.
3. Maktab rahbarlari uchun o‘zi pedagogik faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasi haqida anketa savollari.
4. Test va anketa savollarini o‘tkazayotgan rahbar uchun anketa savollari.
5. Ta’limni boshqarish organlari xodimlari uchun anketa savollari.
6. Test topshiriqlarini tayyorlash va olingan natijalarni matematik statistik tahlil qilish yuzasidan ko‘rsatmalar.
PISA muayyan maktab o’quv dasturlarining ustunligini o’rganish o’rniga o’quvchilarning asosiy mavzularda bilim va ko’nikmalarini qo’llay olish qobiliyati muamolarni taxlil qilish, sharxlash va samarali hal qilish, fikrlash va muloqat qilish imkoniyatlarini ko’rib chiqadi.
Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test