Rasmiy va norasmiy, diagnostik va umumiy yondashuvga asoslangan baholash usullari
Rasmiy va norasmiy, diagnostik va umumiy yondashuvga asoslangan baholash usullari
Tayanch iboralar: rasmiy va norasmiy, diagnostik, umumiy yondashuv baholash usullari, o‘quvchi, bilim, kompetensiyalar, baholash, turli strategiyalar, teskari aloqani o‘rnatish, baholashning turli usul va vositalari, o‘zini baholashi, boshqa o‘quvchilarni baholashi, baholash yondashuvlari, tahlil, ota‑onalar o‘zlashtirishi natijalari bilan tanishtirish.
O'quvchilar bilimini baholash O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi davlat test markazining “5-9 sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori asosida tashkil etiladi [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 25-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2117].
Reyting tizimining maqsadi Davlat ta’lim standartida belgilangan talablarni bajarilishida o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini xolisona baholash, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish va reytingini aniqlashdan iborat.
Reyting tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:
a) o‘quvchilarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllanganligi darajasini nazorat qilish;
b) o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning doimiy ravishda darslarga tayyorgarlik bilan kelishini ta’minlash;
v) o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini baholashda haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholash prinsiplariga rioya etilishini ta’minlash;
g) o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malaka saviyasini shakllanish sur’atini muntazam ravishda tahlil qilib borish;
d) o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalari darajalarini taqqoslash va ta’lim jarayonida o‘zaro musobaqa muhitini yaratish;
e) o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash, kasb tanlashga yo‘llash ishlarini mukammallashtirish;
j) o‘quvchilar bilimlari, ko‘nikma va malakalarini shakllanishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bo‘shliqlarning oldini olish, ularni aniqlash va bosqichma-bosqich bartaraf etilishini amalga oshirish;
z) o‘quvchining to‘laqonli bilim olishi uchun unga eng maqbul pedagogik, didaktik, psixologik sharoitni yaratish;
i) o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakaning mustahkamlab borilishini ta’minlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash, ruhlantirish va ilhomlantirish.
O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:
joriy nazorat — so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar tarzida o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalari muntazam nazorat qilinadi;
oraliq nazorat — chorak tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U yozma nazorat ishi yoki testlar shaklida o‘tkaziladi. Ushbu nazoratda foydalaniladigan materiallar o‘quv fani o‘qituvchisi tomonidan tayyorlanadi.
Oraliq nazoratda nazorat ishlarining miqdori va mavzulari o‘quv dasturiga asoslangan mavzuiy rejada belgilanadi hamda muddati va shakli ko‘rsatiladi;
bosqichli nazorat — o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin og‘zaki, yozma imtihon hamda test sinovlari shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va o‘quvchini navbatdagi sinfga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Bosqichli nazorat materiallari namunalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanadi. Nazorat ishlari materiallari namunalariga ijodiy yondashgan holda o‘quv fani o‘qituvchilari bosqichli nazorat materiallariga o‘zgartirishlar kiritishi va ularni uslubiy birlashmalar muhokamasidan o‘tkazib, joriy etishlari mumkin;
yakuniy nazorat — o‘qish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi shaklida o‘tkaziladi.
Reyting tizimida o‘quvchining har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
Har bir nazorat turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, besh (5) ballik (“5”, “4”, “3”, “2”, “1”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
O‘quvchilarning har bir nazorat turi bo‘yicha bilimini baholash va reyting ko‘rsatkichini aniqlash ularning o‘quv fani mavzusi bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi, mavzuning mohiyatini tushunib yetishi va aytib bera olishi, olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishi, mustaqil mushohada yurita olishi, ijodiy fikrlay olishi va xulosa qabul qila olishi, masalalar hamda mustaqil ishlarni bajarishi kabi mezonlarga qarab amalga oshiriladi.
Haftasiga 1 soatdan ortiq o‘qitiladigan o‘quv fanlari bo‘yicha:
chorak davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida choraklik baho;
choraklik baholar va bosqichli nazoratda olingan ball asosida yillik baho aniqlanadi.
Bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik baholar choraklik baholarga qarab belgilanadi.
Haftasiga 0,5 va 1 soat o‘qitiladigan o‘quv fanlari bo‘yicha:
yarim yil davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida yarim yillik baho;
yarim yillik baholar va bosqichli nazoratda olingan ball asosida yillik baho aniqlanadi.
Bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik baholar yarim yillik baholarga qarab belgilanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun choraklik (yarim yillik) baholar asosida yillik baho, shuningdek yakuniy nazoratda olingan ball va yillik baho asosida yakuniy baho aniqlanadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilanmagan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik baho yakuniy baho hisoblanadi. Yakuniy baholar bitiruvchiga beriladigan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga qayd etiladi.
Baholash o‘quvchini sinfdan-sinfga o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
O‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazish ijobiy baho olgan taqdirda amalga oshiriladi. Maktab pedagogika kengashi qarori bilan o‘quvchilar qoniqarsiz baholar bilan sinfdan-sinfga o‘tkazilishi mumkin.
O‘quvchi uning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar yillik bahodan norozi bo‘lsa, unga maktab pedagogika kengashi tomonidan tuziladigan tegishli fan komissiyasiga (ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar ishtirokida, agar ular shuni xohlasalar) imtihon topshirish imkoni beriladi. Qayta imtihon topshirishga barcha ko‘chirish sinflarida (bitiruv sinflari bundan mustasno) faqat joriy o‘quv yilida o‘qitilgan fanlar bo‘yicha ruxsat beriladi.
O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi baholashga oid bahsli vaziyatlar Maktab pedagogika kengashi a’zolaridan iborat tarkibda bahsli masalalar komissiyasi tomonidan hal etiladi.
O‘quvchilarning o‘quv yili davomida nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari hamda yillik (yakuniy) baholari asosida har bir o‘quv fanidan yillik reyting ko‘rsatkichi aniqlanadi:
Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test