Turli shakldagi axborotni tahlil qilish baholash va yangi ma'lumot yaratish

Turli shakldagi axborotni tahlil qilish baholash va yangi ma'lumot yaratish

ISPRING DASTURI VA UNING IMKONIYATLARI

Multimediali elektron o‘quv kurslarni yaratish imkoniyatini beruvchi pedagogik dasturiy vositalar ichida yuqori reytingga ega bo‘lgan iSpring dasturi haqida to‘xtalib o‘tamiz.

iSpring Free dasturi .PPT, .PPTX, .PPS, .PPSX formatdagi fayllarni Flash (.SWF) va HTML5 formatiga konvertatsiyalash imkoniyatini beradigan mualliflik dasturi hisoblanadi.

Dastur orqali foydalanuvchilar Flash-roliklar va YouTube-video resurslarni PowerPoint taqdimot slaydlariga joylashtirishlari mumkin.

Xususan:

• Yaratiladigan elektron o‘quv kontentlarni SCORM va TinCan tizimlarga o‘tkazish imkoniyatini beradi, bu esa ixtiyoriy LMS (Learning menegment system) bilan integratsiyalashtirish mumkin degani.

• PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot faylining xajmini 97% gacha siqish imkoniyati mavjud 

 PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot faylining himoyalanishini ta’minlaydi

Ushbu paket o‘z ichiga 3 ta dasturiy modulni oladi. Ular yordamida audio, video, interaktiv elementlar va testlar bilan boyitilgan onlayn taqdimot materiallari va o‘quv kurslari, har xil so‘rovnomalar, anketalar, interaktiv testlar, 3D kitob kabi bir qancha elektron nashrlar tashkil etish imkoniyati mavjud.

iSpring Suite elektron nashrlar yaratish paketi modullari.

iSpring Suite elektron nashrlar yaratish paketini ushbu http://www.ispring.ru/ispring-suite manzil orqali yuklab olish mumkin. Dastur avtomatik ravishda MS PowerPoint dasturi menyular satriga o‘rnatiladi va alohida menyuda joylashadi. Elektron testlar yaratish uchun Ispring Quiz Maker moduli tanlanadi va ekranda quyidagi oyna paydo bo‘ladi.(2-rasm)

 

Ispring Quiz Maker modulining ilk interfeysi

Dastur boshqa elektron testlar yaratish dasturlaridan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

dasturning ishchi fayli ixtiyoriy kompyuterga ko‘chirib qo‘yilishi va ishlashi mumkin;

juda kam amallar ketma ketligi bajariladi;

maxsus bilimlar talab etilmaydi;

testlarning 11 xil turini yaratish mumkin;

test savollari va javoblariga rasm, formula va video joylashtirish mumkin;

test natijalari to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron pochtaga junatiladi;

dastur litsenziyaga ega va ochiq kalitli ekanligi. 

Kompyuterga iSpring Suite dasturlar paketi o‘rnatilgach, Ispring Quiz Maker bloki yordamida elektron testlar tuzish imkoniyati mavjud. Testlar bazasi yaratilgach, darsning qaysi qismida foydalanishiga qarab testlar soni va test o‘tkazish vaqti belgilanadi. Interfeys ko‘rinishini foydalanuvchi ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirish mumkin. Tayyor testlar bazasini yaratib bo‘lgach, uni lokal tarmoq uchun, global tarmoq uchun, hujjat shaklda (MS Word) yoki LMS tizimi uchun saqlash imkoniyati mavjud. Dasturda yaratilgan elektron testlar bazasi ishchi fayli .swf formatda saqlanadi. Demak, ushbu testlar bazasidan foydalanish uchun kompyuterda Adobe Flash Player dasturi mavjudligi yetarli. Dasturda test savollarining quyidagi ko‘rinishlarini yaratish mumkin:

Bitta javobli test: bu testning qiyinligi javob variantlarining ko‘pligiga bog‘liq.

Ko‘p javobli test: bu test turi yordamida bir necha ma’lumotlar yuzasidan o‘quvchi fikrini aniqlash mumkin.

“To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test: bunda anketa savoli ko‘rinishiga mos test turi, javob varianti faqat ikkita bo‘ladi;

Yopiq test: bunda javob varianti o‘quvchi tomonidan kiritiladi;

O‘zaro moslik o‘rnatish: bunda bir necha savollar o‘zaro javoblari bilan birlashtiriladi;

Javoblarni tartiblash: savolning ushbu turida javob variantlari o‘zaro tartiblanadi;

Sonni kiriting: savolning javobi sifatida o‘quvchi sonni kiritishi kerak;

Bo‘sh joylarni to‘ldiring: matndagi bitta yoki bir necha bo‘sh joylarni kerakli so‘z bilan to‘ldirish talab etiladi;

Javoblari keltirilgan savol: savolning bo‘sh qismlarida javoblar variantlari keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob variantlardan to‘g‘risini belgilash mumkin.

 So‘zlar banki: Matnning bo‘sh joylariga berilgan so‘zlardan keraklilarini tanlab joylashtiriladi. Savolni qiyinlashtirish uchun so‘zlar sonini bo‘sh joylar sonidan ko‘paytirish mumkin. 

  Faol hududni aniqlovchi savol: Savolda rasmdagi qaysidir maydonni belgilash vazifasi joylashtirilgan bo‘lib, ushbu rasmdagi hudud o‘quvchi tomonidan javob berish jarayonida tanlanadi.

ISpring QuizMaker dasturi yordamida testlar yaratish. Informatika va axborot tehnologiyalari fani misolida.

Ispring Quiz Maker modulini ishga tushirish quyidagicha amalga oshiriladi: ПУСК → Все программы → ISpring Suite → ISpring QuizMaker.

 

ISpring Quiz Maker modulini ishga tushirish

         Yuqorida sanab o‘tilgan test turlarini yaratish ketma-ketligi quyidagicha amalga oshiriladi:

Bitta javobli test:  bu test turida javob variantlarini keraklicha “Добавить” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin. “Удалить” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin.

 

Bitta javobli test savoli interfeysi

Ko‘p javobli test:  bunda savolga tegishli bir yoki bir necha javob variantini belgilash mumkin. Bu test turida ham javob variantlarini keraklicha “Добавить” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin. “Удалить” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin.

 

Ko‘p javobli test savoli interfeysi

“To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test:  Bu savol turida javob faqat “to‘g‘ri” yoki “notog‘ri” bo‘lishi mumkin, ya’ni boshqa javob variantlarini qo‘shib bo‘lmaydi.

 

“To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test ko‘rinishidagi savol interfeysi

Yopiq test: Bu test turida javob variantini test topshiruvchi klaviaturadan kiritadi. Ammo tuzuvchi barcha kiritilishi mumkin bo‘lgan javob variantlarini avvaldan kiritib qo‘yishi kerak. Javob variantiga tasvir qo‘shish mumkin emas.

 

 Yopiq test ko‘rinishidagi savol interfeysi

O‘zaro moslik o‘rnatish:  Juda qiziq test turi hisoblanib, bir savolning o‘zida bir necha savollar banki yig‘ilgan bo‘ladi.

 

O‘zaro moslik o‘rnatish ko‘rinishdagi savol interfeysi

Javoblarni tartiblash:  Tartibsiz holda berilgan javoblarni to‘g‘ri tartibda yozish kerak bo‘lgan holda ushbu test turidan foydalaniladi.  

 

Javoblarni tartiblash ko‘rinishdagi savol interfeysi

Sonni kiriting:  Sonli ko‘rinishdagi javob berilishi kerak bo‘lgan savollar uchun ushbu test turidan foydalaniladi. Bunda javobda ma’lum sondan katta, kichik, katta yoki teng, kichik yoki teng, teng emas kabi variantlardan foydalanish mumkin.

 

Sonni kiriting ko‘rinishidagi savol interfeysi

Bosh joylarni to‘ldiring:   Bunda savol tarkibidagi bo‘sh joylarga kerakli javoblarni klaviatura yordamida kiritiladi. Ya’ni to‘gri javobni ko‘rsatilgan joyga yozish talab etiladi. Bunda test tuzuvchi tomonidan bo‘sh joylar bitta yoki bir necha joylashtirish mumkin

 

Bosh joylarni to‘ldiring ko‘rinishidagi savol interfeysi

Javoblari keltirilgan savol: savolning bo‘sh qismlarida javoblar variantlari keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob variantlardan to‘g‘risini belgilash mumkin.

 

“Javoblari keltirilgan savol” ko‘rinishidagi savol interfeysi

So‘zlar banki:  Bu savol turida so‘zlarni kerakli joyga joylashtirish talab etiladi. Bo‘sh joylar va ushbu joylar soniga teng so‘zlar banki keltirilgan bo‘ladi.

 

“So‘zlar banki” ko‘rinishidagi savol interfeysi

Faol hududni aniqlovchi savol:  Bu savol turida rasm beriladi va ushbu rasmning kerakli qismi javob sifatida belgilanadi. Javob berish jarayonida sichqoncha yordamida kerakli qism tanlanadi.

 

 “Faol hududni aniqlovchi savol” ko‘rinishidagi savol interfeysi

 Testlar bazasini sozlash.

Testlar bazasiga barcha savollarni kiritib bo‘linganidan so‘ng, bajarilgan ishni elektron shaklda saqlash kerak bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan elektron testni saqlashdan oldin ayrim sozlashlarni bajarish kerak. Chunki bu sozlashlar elektron testdan foydalanilayotgan vaqtda katta ahamiyatga ega. Buning uchun Ispring dasturining yuqori chap tomonida joylashgan “Настройка”  tugmasi bosiladi. Natijada yangi oyna hosil bo‘ladi.

Bu oyna ro‘yxatining birinchi bandi “Основные“ deb nomlangan. Bu bandda elektron testga nom berish, testdan o‘tish balini o‘rnatish, testni bajarishning maksimal vaqtini o‘rnatish va test boshlanishdan oldin tizim topshiruvchining ismini va elektron pochtasini so‘rash funksiyalarini qo‘shish imkoniyatlari mavjud. Bundan tashqari har bir to‘g‘ri javob uchun maksimal ball, tizim test topshiruvchisi tomonidan barcha testlar topshirilmagan holatda ham testni tugatish imkoniyatini va har bir savolga javob berilgandan so‘ng to‘plangan ballni ko‘rish imkoniyatini ham o‘rnatish mumkin.  Testga “Informatika fanidan test” deb nom berildi. O‘tish balini umumiy ballning 55 % miqdorida belgiladik. 20 ta savol uchun 30 daqiqa etib belgilandi. Test vaqtida qolgan vaqtni ko‘rsatib turishi belgilanib qo‘yildi.


Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test