PISA tadqiqotlari sinov topshiriqlarining o‘ziga xos xususiyatlari va tahlili.

PISA tadqiqotlari sinov topshiriqlarining o‘ziga xos xususiyatlari va tahlili.

Xalqaro baholash dasturlari va ularning afzalliklari

     Davlatimiz rahbarining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonida 2030-yilga borib PISA oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish boʻyicha vazifalar belgilangan.

     Qanday xalqaro baholash dasturlari mavjud?

PISA – o‘quvchilarni ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi

PIRLS – matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot

TIMSS – maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring

TALIS – o’qitish va o’rganish xalqaro tadqiqoti 

    Dunyoda yuzdan ortiq davlat oʻz mamlakatida joriy etilgan taʼlim sifatini xolisona baholash maqsadida PISA, TIMSS, PIRLS, TALIS, EGRA hamda EGMA kabi xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etadi. Jumladan, Oʻzbekistonning ham birinchi marta PISA va boshqa xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

PISA - Programme for International Student Assessment 

PISA – o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur.Turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur. Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan. PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot YaIM) ning 1% ga o‘sishini ta’minlaydi.

PISA tadqiqotlarida Oʻzbekistonning ishtiroki mamlakatda taʼlim sifati nechogʻlik darajada ekanini xalqaro miqyosda koʻrsatadi. Bu nima uchun muhim? Avvalo, taʼlimdagi oʻzgarishlarda toʻgʻri yoʻldan ketyapmizmi, degan savolga javob topiladi. PISA tadqiqotlarida shunday savollar beriladiki, bu qaysidir bir faktga asoslangan boʻlmaydi. Bitta savolda bir nechta fanlar elementlari jamlangan va unda kimyo, fizika, biologiya ham boʻlishi mumkin. Test bolalarning mustaqil hayotga nechogʻlik tayyorligini baholaydigan sinov.

        Hozirgi kunda milliy oʻquv dasturi ishlab chiqilmoqda. Milliy oʻquv dasturi doirasida bolalarga endi nazariy bilim emas, hayotiy koʻnikma va malaka berish ustida ish olib borilmoqda. Shu orqali biz xalqaro baholash dasturlarida natijaga erishishimiz mumkin.

     Xalqaro baholash dasturi PISA tadqiqotni quyidagi vositalar yordamida amalga oshiradi:

1. O‘quv topshiriqlaridan iborat test to‘plami.

2. O‘quvchilar uchun o‘zi tahsil olayotgan ta’lim muassasasi haqida anketa savollari.

3. Maktab rahbarlari uchun o‘zi pedagogik faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasi haqida anketa savollari.

4. Test va anketa savollarini o‘tkazayotgan rahbar uchun anketa savollari.

5. Ta’limni boshqarish organlari xodimlari uchun anketa savollari.

6. Test topshiriqlarini tayyorlash va olingan natijalarni matematik statistik tahlil qilish yuzasidan ko‘rsatmalar.

            PISA muayyan maktab o’quv dasturlarining ustunligini o’rganish o’rniga o’quvchilarning asosiy mavzularda bilim va ko’nikmalarini qo’llay olish qobiliyati muamolarni taxlil qilish, sharxlash va samarali hal qilish, fikrlash va muloqat qilish imkoniyatlarini ko’rib chiqadi.

PIRLS - Progress in International Reading and Literacy Study

    4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholashga mo‘ljallangan. Mazkur xalqaro dastur boshlang‘ich sinflarda tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning o‘qilgan matnni tushunishi, uni sharhlashi, mustaqil hayotda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi orqali ta’limning keyingi bosqichida o‘qishni muvaffaqiyatli davom ettirishga zamin tayyorlaydi.

 TIMSS – The Trends in International Mathematics and Science Study

     TIMSS – Matematika va tabiiy fanlarni o‘zlashtirish sifatini Xalqaro monitoring qilish va baholash tizimi. Bu tadqiqot o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha boshlang‘ich maktabning 4 sinfi va tayanch maktabning 8 sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajasini dunyoning turli mamlakatlarida qiyosiy o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan va olingan natijalarga muvofiq har bir mamlakatning ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va yutuqlarini e’tirof etadi.

 TALIS – Teaching and Learning International Survey

      TALIS – turli mamlakatlarda tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarning xalqaro qiyosiy tahliliga asoslangan tadqiqot bo‘lib, Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan.

      Maktabda pedagogik faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari rahbarlarini ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil etishga yo‘naltirish, ta’lim siyosatining asosiy aspektlari bo‘yicha ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish Xalqaro konsorsium, o‘qituvchilar assosiatsiyasi, mamlakatlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

    Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etib o’quvchilarimizda maktabda olgan bilimlarini hayotda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish, buning uchun ma’sul vazirlik va idoralar tomonidan quyidagi ishlarni amalga oshirishimiz zarur bo’ladi:

-Ta’lim sifatini xolisona monitoring qilish imkonini beradigan milliy baholash tizimini yaratish.

-Ta’lim sifatiga tasir qiluvchi moddiy-texnik bazani shakllantirish.

-Xalqaro ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.

-Xalqaro tadqiqotlar asosida qo’shimcha metodik qo’llanma va adabiyotlarni yaratish.

-Xalqaro tadqiqotlar yo’nalishilaridagi savollar milliy bazasini yaratish va o’quv dasturlariga integratsiya qilish .

-Xalqaro tadqiqotlariga asoslangan holda tegishli fanlardan o’qitishning shakillari metodlari va texnologiyalarini yangilash va o’quvchilarning bu borada xabardorligini oshirish,tayyorgarligini  kuchaytirish bo’yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish

-Pedagok kadrlar tayorlovchi oliy ta’lim muassasalarida o’quv dasturlarini xalqaro tadqiqotlar talabalarga moslashtirish.

Xulosa qilib aytganda hozirgi kunda milliy innovatsion tizimni rivojlantirish hamda innovatsion potensialini takomillashtirmoq mamlakatning iqtisodiy o’sishning eng muhim omillari hisoblanmoqda. Shuning uchun mazkur omillarni tadqiq etish muammolari dunyoning ko’plab davlatlar va xalqaro tashkilotlar uchun dolzarbdir.

 


Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test