Uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi va undan foydalanish.

Uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi va undan foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-sonli “O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” gi

Farmonida

ta’lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, professor-o‘qituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi o‘rni va maqomini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag‘batlantirish;

pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida takomillashtirib borish masalalariga e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-sonli “TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” GI qarorida
xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish jarayonini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirishni nazarda tutuvchi tizimga aylantirish;

xalq ta’limi xodimlarining kasbiy ehtiyojlarini tashxis qilish asosida ularning individual rivojlanish dasturini ishlab chiqish va dasturga muvofiq malakasini oshirish tartibini amaliyotga kiritish;

xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish, har bir xodimning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobini yuritish imkoniyatini ta’minlovchi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasini ishga tushirish vazifalari belgilab berilgan.         O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev

Zamonaviy o‘qituvchining uzluksiz kasbiy rivojlanishi:

1.Individual ta’lim dasturi

2.Individual ta’lim yo‘nalishi

3.Individual ta’lim trayektoriyasi


Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test