Tabiiy fanlarni o‘qitishda STEAM yondashuv. STEAM –ta’limining afzalliklari (“Ekologik qog`oz loyihalash”, “Biosfera modelini yasash”)

Tabiiy fanlarni o‘qitishda STEAM yondashuv. STEAM –ta’limining afzalliklari (“Ekologik qog`oz loyihalash”, “Biosfera modelini yasash”)

Tayanch tushunchalar: yondashuv, integratsiya, aql, qo‘llar, bilim, ko‘nikmalar, hayotiy ko‘nikmalar, ijodkorlik, moslashuvchanlik, g‘oyalar.

 

    Bugungi davr dunyo ta‘limi oldiga ham katta vazifalarni qo‘ymoqda. Bunda qo‘yilgan    asosiy talab yosh avlodni ma‘naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, tez o‘zgarayotgan dunyoga moslashishni o‘rgatishdan iboratdir. Shu bilan birga o‘quv-tarbiya jarayoniga ta‘limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishga qaratilgan.

    Shuningdek, uzluksiz ta‘lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash va ta‘lim  samaradorligini oshirishda quyidagilarga e‘tibor qaratish zarur:

   - har bir o‘quvchining qiziqishlari, ehtiyojlari, qobiliyatlari, shaxsiy sifatlari, intellektual xususiyatlarini aniqlash, o‘quvchilarda o‘qishga sog‘lom, kuchli va  ta‘sirchan motivasiyani shakllantirish;

   - iqtidorli va iste‘dodli o‘quvchilarni tanlash va individual yondashish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirish;

    - yoshlarni tarbiyalsh va ularning bandligini ta‘minlashda maktabdan tashqari ta‘limning zamonaviy usullarini va yo‘nalishlarini joriy etish;

   - o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta‘lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot- kommunikasiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish.

     Ta‘lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 2018 yil 5 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq ta‘limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PF-5538-son Farmoni qabul qilindi. Unda xalq ta‘limi tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari sifatida: Xalq ta‘limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta‘lim berishning innovatsion usullarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish belgilangan.         

       Ushbu Farmon ijrosini ta‘minlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi                Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi Xalq talimi tizimiga boshqaruvning  yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi № PQ-3931 son qarori bilan tasdiqlangan 2018-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi xalq talimi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining II bo‘lim, 11 bandida

        Umumiy o‘rta ta‘limning yangi davlat ta‘lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish va shu bilan birga STEAM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) metodlarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish belgilab berilgan.

        Mazkur vazifalarni bajarish uchun avvalo ta‘lim ishtirokchilari pedagoglar, metodistlar, o‘quvchilar, ota-onalar va boshqalar STEAM metodi va ta‘lim sifati yo‘nalishida o‘tkaziladigan xalqaro tadqiqotlar xaqida ma‘lumotlarni bilishi hamda ularni amaliyotda qo‘llash uchun malakalarga ega bo‘lishlari zarur bo‘ladi.


Mavzu bo'yicha onlayn test