Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlash.

Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlash.

Respublikamizda    olib    borilayotgan    barcha      islohotlarning      maqsadi davlatimz    kelajagiga    mustahkam    poydevar    qurishdan    iborat.  Bu    poydevor  sog‘lom,    yetuk      va    barkamol      shaxslarni    tarbiyalab    voyaga    yetkazish  natijasida  yaratiladi.  Shuning  uchun  ham  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi» va    «Ta’lim    to‘g‘risida»gi    Qonun      qabul    qilindi.    Ta’lim    sohasidagi    bu  islohotlar  bugungi  kunda  o‘z  samarasini  bermoqda. Mazkur  huquqiy   me’yoriy  hujjatlar   doirasi  maxsus  ehtiyojli  bolar  ta’lim-tarbiyasini  ham  qamrab  olgan.      

Imkoniyati cheklangan yoki maxsus  ehtiyojli  bolalar  ta’lim  tarbiyasi  masalasi  bugungi  kunda  eng  dolzarb masalalar  sirasiga  aylanib  bormoqda.  Inkyuziv  ta’lim  imkoniyati  cheklangan  bolalar  uchun  ta’lim  tizimi  sifatida  rivojlangan.    Ushbu    ta’lim    imkoniyati    cheklangan    bolalarning    ehtiyojlarini  umumta’lim    muasasalarida    qondirib    bo‘lmaydi    degan    taxminlar    asosida  qurilgan.   Inkyuziv      ta’lim    butun    dunyoda    maktab    yoki    internat    shaklida,  shuningdek    umumta’lim    maktablarining    katta    bo‘lmagan    qismlari    sifatida  faoliyat  yuritadi.  Maxsus  ehtiyojli  bolalarning  maxsus  ta’lim  tizimda  o‘qitilishi  ularning  maktabni    tugatgach    ijtimoiy  jamiyatga  moslashib  ketishlarini    qiyinlashtiradi.  Shuningdek  ularning  o‘z  oilasidan  uzoqda  bo‘lishlariga  majbur   qiladi. Bu  toifa  bolalar  boqimandalikka  o‘rganib  qoladilar, o‘z-o‘ziga  xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch  keladilar. Bundan  tashqari  juda  ko‘plab  maxsus  ehtiyojli  bolalar  ta’limdan  chetda  qolib  ketmoqdalar. Hozirgi  kunda  Respublikamizda  alohida  yordamga  muhtoj  bolalarni  rivojlanish  darajasi,  imkoniyati  nuqson  xususiyatlari  va  qobiliyatlariga ko‘ra  maxsus  yoki  umumta’lim  tizimida ta’lim  olishini    amalga    oshirish    maqsadida    inklyuziv    ta’lim    siyosati    amalga  oshirilmoqda.

         Biroq  inklyuziv  ta’limning  mazmun mohiyati   to‘g’risidagi  bilim  va  ma’lumotlar  hali  jamiyatda  yetarli  emas. «Inklyuziv»  va  «integratsiyalashgan» 

atamalari  ko‘pincha  bir  xil  ma’noda    ishlatiladi.  Shunga    qaramasdan    falsafada  ushbu  tushunchalar  orasida  juda  katta  farq  bor.    Nogiron    bolani    oddiy    sharoitga    joylashtirish      integratsiyaga    qarab  qo‘yilgan  birinchi  qadamdir.  Integratsiyalashgan  ta’lim  bu-diqqat    markazida    bolaning    aynan  maktabga  kelib  ketish  muammosi  turgan,  maxsus  ehtiyojli  bolaning  maktabga  qatnash  jarayonidir.   Integratsiyalashgan  ta’limda  bolaga  muammo  sifatida  qaraladi. Bu  ta’lim  tizimining  quyidagicha  shakllari  mavjud:

   Inklyuziv ta’limning mohiyati shundaki,  1990 yildan buyon maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida bir qancha jahon miqiyosida deklorasiyalar va qarorlar qabul qilindi. Ularni jahonning ko‘plab davlatlari e’tirof etdilar. Ammo bugungi kunga qadar ularni hayotga joriy qilish borasida ko‘plab muammolar mavjud. Ba’zi davlatlarda esa umumiy ta’lim borasida qonun yoki qarorlar qabul qilinganda nogiron bolalarning ta’lim masalasi unga kiritilmaydi. Ammo inklyuziv ta’limni tan olish faqatgina qonun chiqarish bilangina bog‘liq bo‘lmaydi. Diskriminasiya (odamlarni ajratish) va ijtimoiy noto‘g‘ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim narsadir. Ya’ni inklyuziv ta’limni e’tirof etgan holda, aholi o‘rtasida targ‘ibat-tashviqot ishlarini olib borish eng birinchi galdagi masaladir.          Inklyuziv    ta’lim  bu  -davlat      siyosati    bo‘lib,    nogiron    va    sog‘lom  bolalar  o‘rtasidagi  to‘siqlarni  bartaraf  etish,  maxsus  ta’limga  muhtoj  bolalar,  (ayrim  sabablarga  ko‘ra  nogiron   bo‘lgan)  o‘smirlar  rivojlanishda  uchraydigan  nuqsonlar    yoki    iqtisodiy    qiyinchiliklardan    qat’iy    nazar    ijtimoiy    hayotga  moslashtirishga   yo‘naltirilgan  umumta’lim  jarayoniga  qo‘shishni  ifodalovchi  ta’lim  tizimidir.  Inklyuziv    ta’lim    alohida    yordamga    muhtoj    bolalarni    normal  rivojlanishdagi  bolalar  bilan  teng  huquqlilik  asosida  ta’lim  tarbiya  olishlarini  taminlaydi.  Shuning  uchun  ham  ahamiyatlidir. 

     jumlasiga  kiradi.   Maxsus  yordamga  muhtoj   bolalar    asosiy  muamolarini  ular  o’zlari  yashab    turgan    muxitdan,  oiladan      uzoqda  ta’lim  tarbiya  berish  bilan  hal  qilib bo’lmaydi.   Jamiyat  o‘z  a’zolariga  javobgarlikni  o‘z  bo‘yniga  olmas  ekan,   cheklab  qo‘yilgan  huquq  va  imkoniyatlar  qaytarib  berilmas  ekan   ijtimoiy  integratsiyaga  erishish  qiyin.  Maxsus ehtiyojli bolalarni  ta’lim tarbiyasida tenghuquqlilik muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo bugungi kunda ham juda  ko‘plab  bolalar  turli  xildagi  sabablarga  ko‘ra  ta’limdan  chetda  qolib ketmoqdalar.  Inklyuziv    ta’limga    jalb    qilishning  tashkiliy,  ilmiy-uslubiy  choralarini    ko‘rib    chiqish    ya’ni    mutaxassislarini  tayyorlash,    malakasini  oshirishga  oid   tadbirlarni  ishlab  chiqish  lozim. Alohida  yordamga  muhtoj  bolalarni  umumta’lim  muassasalariga  jalb  qilishning  ikki  asosiy  omili  bor: Birinchidan,  alohida  ehtiyojga  ega  bo‘lgan  bolalar  ham  sog‘lom  bolalar  bilan    birgalikda    o‘zaro    faoliyat    ko‘rsatishlari  mumkin.  Inklyuziv    ta’lim  maqsadga   muvofiq   tarzda   tashkil   etilsa,   maxsus   ehtiyojli   bolalar   ijtimoiy  tomondan  himoyalanadilar,  sog‘lom  bolalar  esa  ijtimoiy  adolat  va  tenglikning  tan    olinishi    buyukligini    nogiron    bolalarga    nisbatan    yanada    mehribon    va  e’tibor  bilan  munosabatda  bo‘lishni  his  etadilar. Ikkinchidan,  nogiron  bolalar  ham   sog‘lom  tengdoshlari  bilan  yonma-yon  o‘qish,  tarbiyalanish  huquqiga  ega  ekanligi.            

Inklyuziv ta’limning O‘zbekistonda joriy etilishi va ahamiyati.

Bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etilishi kerak. UNICEF inklyuziv ta’limni O‘zbekiston ta’lim tizimiga kiritish masalalari bilan shug‘ullanadi. Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi. O‘tgan yillar davamida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ammo inklyuziv ta’limi tizimini joriy qilish asosan shaharlar miqiyosida bo‘lib qishloqlardagi hududlarda hali-hamon maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqda yoki qishloqlardagi ota-onalar nogiron farzandini shaharlardagi maxsus muassasalarga qatnashlarini ta’minlash uchun qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shuning uchun ham maxsus ehtiyojli bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish barcha hududlarda barcha maxsus ehtiyojli bolalarni qamrab olgan bo‘lishi ta’minlanishi lozim. Inklyuziv ta’lim tizimini qo‘llab –quvvatlashda siyosat asosiy rol o‘ynaydi. Siyosat tomonidan inklyuziv ta’limning qo‘llab-quvvatlanishi bu ta’lim tiziminig samarasini va rivajini ta’minlaydi.

Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o’qitish ularni o’ziga xos xususiyatlari, nuqson turi, darajasi va sinfdagi bolalar sonini e’tiborga olgan holda tashkil qilinadi. Avvalo shuni ta’kidlash joizki, o’quvchilarning yoshlari bir xil bo’lsada, lekin ular bir birlariga o’xshamaydilar. Barcha bolalarning individual psixologik shaxs xususiyatlari, qabul qilish darajasi, zehn va idroki turlichadir. Shu bois maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bola ta’lim olayotgan inklyuziv sinflardagi o’quv tarbiya jarayonini tashkil etish masalasi yanada murakkabroq muammolarni hal etishni talab etadi. Inklyuziv sinfda o’qituvchi bolalarning ikoniyatini e’tiborga olib, darslarni shunga muvofiq rejalashtira olsa, bolalarning nogironligi bilim olishiga qanday ta’sir qilishini bilib, bu qiyinchiliklarni bartaraf etishning uslubiy yo’llaridan foydalansa, maktab va oila hamkorligini to’la yo’lga qo’ya olsa hamda nogiron bolaning kelajagiga ishonch bilan qarasagina dars jarayoni muvaffaqiyatli kechishiga erishish mumkin. Har bir bola o’z imkoniyat darajasida rivojlanadi, buni L.S. Vigotskiyning ilmiy qarashlariga ko’ra “Har qanday ruhiy yoki jismoniy nuqsonda ham taraqqiyot davom etadi” fikri bilan ham tasdiqlash mumkin .

Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi ta’limni boshlash imkoniyatiga ega bo’lgan barcha bolalar, shu jumladan alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalarni umumta’lim jarayoniga qamrab olishdir. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarga ta’lim olishni taqdimetishi bilan katta ahamiyatga ega. Bu ana shunday bolalarni uzluksiz umumiy ta’lim tizimiga kiritishni bildiradi. Ushbu jarayon o’zining quyidagi huquqiy, ijtimoiy asoslariga ega bo’lmog’i zarur. Ya’ni:

Har bir bola ta’lim olish uchun asosiy huquqga ega va kerakli darajada bilim olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.


Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test