Pedagog-oʻqituvchilarning ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatida samarali foydalanishga oʻrgatish
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Davlat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tantanali marosimda ta’kidlaganidek, “O’zbek xalqi bugun tom ma’noda qudratli kuchga aylandi. Moziy guvoh – Renessans boqiy bo’lishi uchun uning poydevori mustahkam bo’lishi kerak. Bugun ana shunday poydevor barpo etilayapti. Keyingi uch-to’rt yilda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijasi poydevorning g’ishtchalaridir. Masalan, keyingi to’rt yilda yurtimizda 43 ta oliy ta’lim muassasasi tashkil etilib, ularning soni 121 taga yetkazildi. Tamomila yangi mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, ijod va ixtisoslashtirilgan va zamonaviy maktablar barpo etildi, maktablarimizda “Tarbiya” fani joriy qilindi. “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi asosida 8 mingdan ziyod o’g’il-qizlarimizning biznes loyihalariga 1,7 trillion so’m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi”[1].
Mamlakatimiz ta’lim tizimini xalqaro andozalarga yetkazish, ilg’or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlarni yaratish davr talabidir.
2022 yilning 28 yanvar kuni Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. Shu asosda besh yilga mo’ljallangan Taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi.
Harakatlar strategiyasidan farqli o’laroq, Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi O’zbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo’nalishi doirasida 100 ta maqsadga erishishga qaratilgan va 2022 yilda amalga oshirilishi lozim bo’lgan 398 ta chora-tadbirni o’z ichiga olgan. Taraqqiyot strategiyasining to’rtinchi ustuvor yo’nalishida ta’lim islohotlarini jadallashtirish, mamlakatimiz ta’lim tizimini jahondagi eng rivojlangan davlatlar andozasiga yetkazish bilan bog’liq tadbirlar belgilangan.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Yangi davr ostonasi maktabdan boshlanadi”. Har qanday davlat rivojlanishining asosida ta’limga bo’lgan e’tibor yotadi. Shu nuqtai nazardan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha milliy dasturni tasdiqlash to’g’risida”gi PF-134-son Farmonida ta’lim islohotlarining eng muhim talablaridan biri sifatida o’qituvchilarni yangi, zamonaviy metodikalarga o’rgatish muhim vazifa sifatida belgilandi. Bundan kutilgan pirovard maqsad – ta’limning eng samarali metodlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish orqali kutilgan natijaga erishish, ya’ni o’quvchi yoshlarda erkin fikrlash, tafakkur madaniyatini shakllantirish, ularni mustaqil mantiqiy fikrlashga o’rgatishdan iborat.
Ayniqsa, O’zbekiston Prezidentining PF-5538-sonli Farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasining qabul qilinishi sohada ta’limni tizimli, mintaqaviy va maqsadli rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berdi. Konsepsiya joriy etila boshlandi va yaqin kelajakda uning olamshumul natijalarini tasavvur qilish qiyin emas.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 avgustdagi «Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish, mamlakat ilm-fanining xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshliligini ta’minlash, mavjud ilmiy maktablar salohiyatini yanada mustahkamlash hamda ularning innovasion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Qarorga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasi yuridik shaxs maqomisiz tashkil etildi. Yoshlar akademiyasiga rahbarlik O’zbekiston Respublikasi innovasion rivojlanish vazirining birinchi o’rinbosariga yuklandi.
Yoshlar akademiyasiga o’zlarining innovasion loyihalari va g’oyalariga ega iqtidorli yoshlar va talabalar, 40 yoshgacha bo’lgan olimlar va tadbirkorlardan tashkil topgan jamoalar tanlov asosida qabul qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 sentyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida» qaror iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, o’qitish va tarbiyalash, yosh iste’dodlarni yanada qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, darsliklar va o’quv-uslubiy qo’llanmalarni tayyorlash va nashr etishdagi muammolarni bartaraf qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, shuningdek, umumta’lim muassasalari faoliyatini boshqarish va tashkil etishning maxsus tizimini yaratishga qaratilgan.
Qarorga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo’ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. O’quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko’p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash zarur.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108 sonli “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” dagi Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884 sonli Qarorlarida Xalq ta’limi vazirligi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2021 yil 1 martga qadar malakali pedagog, ilmiy xodimlar, psixolog va xorijiy ekspertlarni (shu jumladan, Finlyandiyaning malakali mutaxassislarini) jalb qilgan holda Milliy o’quv dasturini (keyingi o’rinlarda - Dastur) ishlab chiqsish nazarda tutilgan. Shu bilan bir qatorda Xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish jarayonini “Hayot davomida o’qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirishni nazarda tutuvchi tizimga aylantirsish, xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish jarayoniga kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish, xalq ta’limi xodimlarining kasbiy ehtiyojlarini tashxis qilish asosida ularning individual rivojlanish dasturini ishlab chiqish va dasturga mavofiq malakasini oshirish tartibini amaliyotga kiritish, xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish, har bir xodimning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobini yuritish imkoniyatini ta’minlovchi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasini ishga tushirish kabi vazifalar o’rin olib, hozirgi kunda amaliyotda mazkur masalalar o’z ijrosini topmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy tadqiqot faoliyatini qo’llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4963-sonli Qarori sohada ilmiy izlanishlarni rivojlantirish borasidan yangi imkoniyatlar yaratdi, sohada mehnat qilayotgan har bir xodimning kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuzilishi, ularning elektron portfoliosi shakllantirilishi belgilandi.
Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test