Biologiya fanidagi yangiliklar, kashfiyot va ixtirolar. Fanning ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha dolzarb muammolar, yangiliklar, ilmiy izlanishlar, dissertatsiyalar, ilmiy, ilmiy-metodik maqolalar, anjumanlar materiallaridan fanni o‘qitishda foydalanish.
Biologiya fanidagi yangiliklar, kashfiyot va ixtirolar. Fanning ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha dolzarb muammolar, yangiliklar, ilmiy izlanishlar, dissertatsiyalar, ilmiy, ilmiy-metodik maqolalar, anjumanlar materiallaridan fanni o‘qitishda foydalanish.
Biologiya fanining taraqqiyoti yo‘nalishlari. Hozirgi zamon biologiyasi hayot bilan bog‘liq bo‘lgan turli fanlarning assotsiasiyasi bo‘lib, uning eng asosiy izlanish predmeti hayotning har qanday tuzilish darajalarida umumiy va xususiy qonuniyatlarni o‘rganishdir. Biologiya fani nisbatan mustaqil maxsus tarmoqlarni (zoologiya, botanika, mikrobiologiya, mikologiya va h.k.) hamda fanlararo (bioximiya, biofizika, ijtimoiy biologiya, bioetika, bioestetika, biosiyosat va h.k.) fanlarni o‘z ichiga oladi
Hozirgi zamon biologiya fanining rivojida bir necha yo‘nalishlari shakllanmoqda.
Hayot fenomeni molekuladan koinot va mega darajalarda o‘rganilishi. Biologik o‘rganish ob’ektlarning sferasiga organizm usti hosilalari (populyatsion-tur, biogeotsenotik, biosfera, antropobiogeotsenotik) va ularning o‘zaro ta’sirlari ham kirmoqda. Biologiya fanlarining o‘zaro va boshqa fanlari bilan integrasiyasining kuchayishi kuzatilmoqda. Biologiya fanining ijtimoiy-madaniy statusining mustahkamlanishi kompleks va fanlararo izlanishlarning kengayishida, biologiyaning aniq fanlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqalarining mustahkamlanishida namoyon bo‘ldi. Biologiyaning gumanitar yondashuvi tibbiy biologik va biotexnologik izlanishlarning chuqurlashuvi tufayli biologiya yutuqlari faqat odamzot farovonligiga emas, butun tiriklikning farovonligiga yo‘nalgan bo‘lmog‘i lozimligi ta’n olindi.
Biologiya fani tekshirish uslublarning rivojlanishi.
Biologiyaning an’anaviy usullari (kuzatish, solishtirish, tarixiy-rekonstruktiv, eksperimental)ga tiriklikni o‘rganishning yangi usullari va yondashishlari (idealizasiya, aksiomatizasiya, formalizasiya, matematik modellash, informasion-ehtimoliy, kibernetik va sinergetik yondashishlar) qo‘shilmoqda.
Tibbiyot biologiyasi va genetik izlanishlar tufayli populyatsion darajada turlarning ontogenetik shakllanish va rivojlanishi haqida tassavurlarning kengayishi kuzatilmoqda. Gen injeneriyasi (gen, xromosoma, hujayra injeneriyasi) izlanishilarning faollashuvi tufayli XX asrning ikkinchi yarmida biologiya o‘z rivojining ikkinchi bosqichiga – bioinjeneriyaga o‘tdi. Biologiya fani va ijtimoiy amaliyot o‘rtasida aloqalarning kuchayishi tufayli biologiya faqat atrof-muhitni o‘rganuvchi fan bo‘lib qolmay, atrof-muhitga kuchli ta’sir qila oladigan fanga aylanib qolmoqda. YAngi bioob’ektlarni loyihalash, konstruksiyalash va yaratish (DNKning rekombinant molekulalari, geni o‘zgargan viruslar, ozuqaning sintetik mahsulotlari) tendensiyalari rivojlanmoqda Organizmlar genlari yoki genlar majmuasining faoliyatini inson manfaatlarini ko‘zlagan holda o‘zgartirilishiga gen muhandisligi (gen injeneriyasi yoki genetik injeneriya) deb ataladi. Gen muhandisligi – rekombinant RNK va DNKlar olish, organizm (hujayra)dan genlarni ajratish, genlarni boshqarish (manipulatsiya), genlarni boshqa organizmlarga kiritish va DNKdan tanlangan genlarni olib tashlash yo‘li bilan sun’iy organizmlar yaratish texnologiyalari va usullari jamlanmasidir. Gen muhandisligi (gen injeneriyasi) fani irsiyatning moddiy asosi – DNKmolekulasini spetsifi k tarzda bo‘laklarga bo‘luvchi va har qanday DNK bo‘lagini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi enzimlar hamda DNK bo‘laklarini uzunligi bo‘yicha bir-biridan o‘ta aniqlik bilan ajrata oluvchi elektroforez usulining kashf etilishi oqibatida vujudga keldi. Ayniqsa, DNK molekulasini tashkil etuvchi nukleotidlarning spetsifi k ketma-ketligini (izchilligini) aniqlash hamda xohlagan DNK bo‘lagini avtomatik tarzda sintez qilish usullarining va uskunalarining kashf etilishi bu fanning jadal sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minladi. Gen muhandisligi fanining maqsadi – bir organizmdagi qimmatbaho xususiyatga ega genlarni ikkinchi organizmga ko‘chirib o‘tkazish yoki shu genlar faoliyatini kuchaytirish orqali ikkinchi organizmda yo‘naltirilgan o‘zgarishlar (transformatsiya) keltirib chiqarish va bu o‘zgarishlardan inson manfaatlari yo‘lida foydalanishdir. Senozlar injeneriyasi. Bugungi kunda suniy bio- va agrotsenozlarni konstruksiyalash va yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ishlab chiqarish amaliyotining ekologiyalizasiyasi. Biologiya fanlarning kompleksi faqatgina biotexnologiyaning rivoji orqali jamiyatning kuchli ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanmasdan, ishlab chiqarishning mavjud bo‘lgan shart-sharoitlarini o‘zgartirish va tabiatdan rasional foydalanish, tabiiy resurslarni tiklash kabi malasalar bugungi kunda dolzarb, chunki biologiya va ekologiya jamiyatning, ma’naviy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib shakllanmoqda.
Taqdimotni ko'rish