Fanning yangi tahrirdagi DTS, Milliy o‘quv dasturi, darslik va o‘quv qo‘llanmalari va ularning tahlili.

Fanning yangi tahrirdagi DTS, Milliy o‘quv dasturi, darslik va o‘quv qo‘llanmalari va   ularning tahlili.

Tayanch  so`zlar: Davlat ta’lim standarti, davlat ta’lim standartining maqsadi, davlat ta’lim standartining vazifalari, davlat ta’lim standartining prinsiplari, davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi, davlat ta’lim standartining joriy etish tartibi, davlat ta’lim standarti talablariga rioya etilishini nazorat qilish.

«Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 6 aprelda 187-son Qarori asosida Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti taqsdiqlandi. DTS 6 ta bob, 22 banddan tashkil topgan.

1-bob. Asosiy qoidalar

1. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti (keyingi o‘rinlarda davlat ta’lim standarti deb ataladi) davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi


Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test