Biologiya fanda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish metodikasi. maktab dasturida ko‘rgazmali tajribalar.
Biologiya fanda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish metodikasi. maktab dasturida ko‘rgazmali tajribalar.
Ta’lim sohasida Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosoiy maqsadi hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida va erkin demokratik jamiyatga moslashgan, ijtimoiy munosabatlarga kirisha oladigan, faol, ma’naviy yetuk va har tomonlama bilimdon komil insonni tarbiyalashdan iborat. Umumta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o`qitishda o`quvchilar uchun belgilangan bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlarida laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarini bajarish muhim ahamiyatga ega.Maktab o`qituvchisi biologiyadan dars berar ekan, DTS ni to`liq bajarishi, unda qayd qilingan bilimlar hajmini o`quvchilarga yetkazishi, o`quv-ko`nikma malakalarini shakllantirishishi lozim.
Biologiya dars samarodorligining muhim sharti – barcha o‘quvchilarni butun dars jarayonida faol ishlashlarini faollashtiruvchi asosiy vosita – ular bajaradigan laboratoriya mashg`ulotdir. Laboratoriya mashg`uloti - butun sinf o’quvchilari tomonidan bitta mavzu bo’yicha bir xil asboblardan foydalanib bajariladi. Laboratoriya mashg`uloti darsning uzviy tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Bunda o`quvchilar avval o`rgangan bilimlarini amaliyotda tekshirib ko’rish bilan birga asboblarni ishlatish, biologik jarayonlarni kuzatish amaliy ko’nikmalarini shakllantiradilar.
Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazishda avvalo o`quvchilar mavzular yuzasidan puxta nazariy bilimga ega bo`lishlari kerak. O`quvchilar laboratoriya mashg`ulotda yangi materialni o`rganib, kuzatib, tabiiy obyektlardan foydalanib, yakka holda yoki guruhda bajaradilar. Ushbu uslubiy ko`rsatmada rsatmada 8-sinf odam va uning salomatligi fanidan laboratotiya mashg`ulotlarini bajarilish tartibi tartib qoidalari, mashg`ulotning borishi va xulosalar berilgan. Biologiya fan o`qituvchilari ushbu qo`llanmadan foydalanib, odam va uning salomatligi darslarida laboratoriya mashg`ulotlarni o`tkazish davomida keng foydalanishlari mumkin.
Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test