Biologiya fanidan laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarini tashkil etishda o`qituvchi kompetentligini rivojlantirish
Biologiya fanidan laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarini tashkil etishda o`qituvchi kompetentligini rivojlantirish
Amaliy mashg’ulot va laboratoriya ishlarini bajarish belgilangan Davlat ta’lim standartlari asosida o‘tkaziladi Biologiya fanidan olingan barcha nazariy bilimlar amaliyotda ko'rsatilmay o'z samarasini, bermaydi. Shuning uchun Biologiya qonuniyatlarni, tushunchalar, moddalarning xossalari, ularning hosil qilinishi tajribalar asosida o'ganiladi. Biologiya fanidan tajribalar o'tkazish juda muhimdir. Tajribalar yordamida o'quvchilar o'z malakalarini oshiradilar. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarda o'quvchilarning aqliy qobiliyati, so'zlash madaniyati bir-biriga do'stlik inoqlik munosibatlari hisobga olinib, bu hislar guruhning bilim darajasini ko'tarilishida muhim o'rinni egallaydi. Hamkorlikda ishlash orqali o'quvchilarning malaka va ko'nikmalarning egallashlari osonlashadi. Biologiya fanidan o'quvchilarga chuqur va har tamonlama mukammal bilim berish albatta, har bir bo'lim va mavzuga tegishli bo'lgan laboratoriya hamda amaliy mashg'ulotlarni qanchalik o'z o'rnida va to'g'ri olib borilishiga bog'liq. Laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish, avvalo o'quvchilarning shu fandan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi, turli sifat va miqdoriy reaksiyalarning rang va miqdor o'zgarishibilan borishi, cho'kma tushishi va gaz ajralishi bilan boradigan tajribalar ularda fanga katta qiziqish uyg'otishi tabiiy. Amaliy mashg'ulot va laboratoriya ishlarini o'tkazishda turli xil Biologiyaviy idishlar, Biologiyaviy moddalar mavjudligi va o'qituvchining ulardan oqilona foydalana olishi zaruriy shartlardandir. Har bir darsda va ayniqsa, amaliy mashg'ulotlar vaqtida o'qituvchi o'quvchini zamonaviy fan-texnika yangiliklari bilan tanishtirib, imkon qadar ularga yana shu yangiliklar bilan bog'liq tajribalarni ko'rsatib borishi zarur. O'quvchi Biologiya fanidan dasturga berilgan bilimlar hajmini to'liq egallab, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarni egallashlari kerak.
Amaliy mashg’ulot: O‘quv fanining moddiy – texnik ta’minoti. O‘qituvchi va o‘quvchilar uchun stol va stullar; doska, fanni o‘qitishga oid stendlar, plakatlar, tarqatma materiallardan namunalar. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma`ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar. Amaliy darslarga mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalar tatbiq etiladi. malaka ishlari, diplom loyihalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi. Test, yozma savollar xajmi fanga ajratilgan soatdan kelib chiqib belgilanadi.
Seminar: (lot. seminarium - koʻchatxona; maktab) oliy yoki oʻrta maxsus maktab talaba (oʻquvchi)larining muayyan nazariy kursni qanchalik oʻzlashtirganliklarini aniqlash usuli, mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirilgan oʻquv amaliyotining muhim turlaridan biri. Talaba tomonidan bajarilgan referat, maʼruza muhokamasidan iborat. Seminar mavzuni ilmiy tadqiq etgan o‘qituvchi yoki tegishli mutaxassislar rahbarligida amalga oshiriladi. Oʻquv predmeti xarakteri, mashgʻulot maqsadi, oʻquv yurti yoʻnalishiga koʻra ayrim oʻziga xosliklar bilan universitet, institutda keng tarqalgan. Baʼzan maʼruzaga bogʻliq boʻlmagan holda, muayyan mavzudagi mustaqil taʼlim shakli sifatida ham oʻtkaziladi. Taʼlimning bu shakli darslar, bahs-munozara tarzida uyushtiriladigan Yunoniston va qadimyi Rim maktablarida vujudga kelgan. 17-asrdan boshlab Gʻarbiy Yevropa universitetlarida gumanitar yoʻnalishda oʻqiydigan talabalarning asl manbalar bilan ishlash usuli taʼlimning asosiy shakli sifatida qoʻllaniladi. Bu xil mashgʻulotlarning 3 turi mavjud:
1. kursni chuqurlashtirib oʻrgatishga yoʻnaltirilgan;
2. kurs doirasida asosiy va muhim hisoblangan mavzularni oʻrganishga qaratilgan;
3. ilmiy izlanishga yoʻnaltirilgan, maʼruza mavzusiga aloqador boʻlmagan seminar. Seminar oʻtkazishning asosiy shartlaridan biri barcha ishtirokchilar uchun mavzu yoki mutaxassislikka bogʻliq adabiyotlar, manbalar, arxiv materiallari va qoʻlyozmalardan foydalanishda birdek imkoniyat yaratilishidir.
Biologiya fani maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, ta'lim jarayonini quyidagi tashkiliy shakllarda o‘tkazish ko‘zda tutiladi: Dars an’anaviy ta'lim jarayonining eng dinamik, barcha jihatlardan muqobil va asosiy tashkiliy shaklidir. Darsning asosiy ko‘rsatkichlari: o‘qituvchi-ta'lim berish texnologiyalari; o‘quvchi-bilim darajasi, o‘zlashtirish; davlat ta'lim standarti - darslik; o‘quv xonasi - ko‘rgazmali qurollar; dars jadvali - ta'lim jarayoniga ajratilgan (cheklangan 45 daqiqa) vaqt. Darsga qatnashish - majburiydir. Kuzatish - hodisa va obyektni tabiiy sharoitda kuzatish. Kuzatish jarayoni o‘quvchilardan ziyraklikni talab etadi. Namoyishli tajriba - o‘tilgan mavzu, olingan nazariy bilimlarni tajribada tasdiqlash va ko‘rsatish maqsadida o‘quv-laboratoriya sharoitida o‘qituvchi (yoki maxsus tayyorgarlik ko‘rgan assistent) tomonidan namoyish etiladigan tajriba.
Amaliy ish - o‘quvchilar egallagan bilimlarga asoslangan holda muayyan mehnat malaka-ko‘nikmalarini talab etuvchi topshiriq (xona o‘simliklarini ko‘paytirish, urug’larni undirish). Yakka tartibda yoki bir guruh o‘quvchilar bilan bajarilishi mumkin. Amaliy ish sinfdan tashqari vaqtda ham o‘tkazilishi mumkin (uy sharoitida pichan ivitmasini tayyorlab kelish, ipak qurtini parvarish qilish).
Amaliy mashg’ulot - o‘qituvchi rahbarligida va uning hamkorligida bajariladi. Mashg’ulot bir nechta tashkiliy qismlarga boiinadi. Amaliy mashg'ulotni darsga qiyoslash mumkin.
Laboratoriya ishi - maxsus jihozlangan o‘quv-laboratoriya xonasida tashkil etilib, o‘qituvchi ishning maqsadini tushuntiradi va o‘quvchilarni topshiriqni bajarish algoritmi (tartibi) bilan tanishtiradi. Laboratoriya ishida bajarilishi lozim bo‘lgan amallar aniq o‘rnatilgan tartibda bajarilishi talab etiladi.
Laboratoriya mashg’uloti - maxsus jihozlangan o‘quv-laboratoriya xonasida tashkil etilib, o‘quvchilar egallagan bilimlarini aniqlashtirish, uni tajribaviy uslubda isbotlash, tushunchalarini mustahkamlash, o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ishlashda amaliy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida o‘tkaziladi. Mashg’ulot bir nechta tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida bir nechta laboratoriya ishi o‘tkazilishi mumkin (pichan bakteriyasi tayoqchasi va urug’ tukchalarini mikroskopda ko‘rish).
Ekskursiya - tabiiy sharoitda biron-bir obyekt, tabiiy hodisani o‘rganish imkoniyatini yaratuvchi tashkiliy-pedagogik jarayon. Ekskursiya sinfdan tashqarida o‘tkaziladi, o‘tkazilish vaqti bilan cheklanmagan, o*quvchilar tarkibi o‘zgarishi (sinflardan terma qilib olingan) ham mumkin
Eksperiment - sinov, tajriba, ilmiy-tadqiqot metodlaridan biri bo‘lib, pirovard natijada ilmiy bashorat o‘z isbotini topishi lozim. Eksperiment muayyan tartibdamuntazam qayd etilib borilishini talab etadi.
Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test