O‘zaro munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan muloqot maneralari

O‘zaro munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan muloqot maneralari

Muloqot - yunoncha soʻz bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va oʻzaro fikr almashuv maʼnosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning soʻzlashuvida paydo boʻladi. Inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, taʼlim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me'yorlar gʻoya va mafkura omillari taʼsirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida kamolotga yetadi. Kishilar oʻrtasidagi oʻzaro muloqot pedagogik-psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o;z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.

Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng maʼnoda tushuniladi hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, oʻzaro taʼsir va oʻzaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi.

Pedagogikada muloqot oʻqituvchi va oʻquvchilar jamoasining oʻzaro taʼsir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, oʻzaro axborot almashishida, taʼlim va tarbiyaviy taʼsir oʻtkazishida, oʻzaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon boʻladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:

• muloqot oʻqituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;

• muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni taʼminlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega;

• oʻqituvchi va oʻquvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol oʻynaydi;

• pedagogikada muloqot - oʻqituvchining oʻquvchilarga taʼsir oʻtkazish asosida oʻzaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;

• muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiqadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining koʻp qirrali jarayoni hisoblanadi;

• notoʻgʻri pedagogik muloqotdan oʻquvchilarda qoʻrquv, oʻz kuchiga ishonchsizlik paydo boʻladi, ularning diqqat-e'tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.

Pedagogik muloqot - bu oʻqituvchining oʻquvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda oʻzi uchun eng qulay boʻlgan psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.

Rahbarlik faoliyatining eng nozik jihati – bu oʻquv muassasasida oʻqituvchi va xodimlar bilan ish olib borish, ular faoliyatini tashkil etish, pedagogik jamoani bir maqsad-muddao yoʻlida birlashtirish, ularning hurmatini qozonish, sevimli rahbariga aylanish hisoblanadi. Bu esa rahbardan ijtimoiy psixologiya, muloqot san’ati va mahorati toʻgʻrisidagi bilim, koʻnikma va malakalarga hamda kommunikativ, konstruktiv va tashkilotchilik qobiliyatlarga ega boʻlishni talab etadi.

Har bir rahbar oʻzi uchun muloqotning etikaviy tartiblarini oʻzlashtiradi, shaxsiy fazilatlari va tajribalari bilan boyitadi, manfaat hamda ehtiyojlari doirasida undan foydalanadi. Muhimi u, oʻz-oʻzini baholay olish, tashqaridan kuzatish, xatti-harakatlarini muntaazam ravishda tahlil qilish, tanqidiy baho berish salohiyatiga ega boʻlishi lozim. Mazkur etikaviy meʼyorlarga amal qilish, zero, uning talablari axloqqa nisbatan nisbiy koʻrinish kasb qilsada, professional xizmat doirasida muvaffaqiyatga erishish garovi boʻlib xizmat qiladi.

Ma’lumki, rahbar odamlar orasida va ularga xos turli hissiyotlar ogʻushida yashaydi. Binobarin, atrofdagilarning salbiy yoki ijobiy his-tuygʻulari oʻzaro kundalik muloqotda tez «yuqish» xususiyatiga ega. Shuning uchun rahbar qaltis va ziddiyatli vaziyatlarda nafaqat boshqalarning hissiyoti ta’siriga berilmaslik, balki atrofdagilarga oʻz muvozanati va jilovlangan his-tuygʻusi bilan ta’sir eta olishi kerak. Shaxsning bu fazilati bir tomondan asab tizimining tugʻma xususiyati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan orttirilgan hayotiy tajribaga bogʻliqdir. Asab tizimining moʻtadilligi uchun rahbar oʻz sogʻligi haqida qaygʻurishi lozim. Mehnat faoliyatini ratsional tarzda tashkil etish, ya’ni mehnatdagi ijobiy jihatlarga koʻproq e’tibor berish, noxush vaziyatlarni donolik bilan bartaraf etish, koʻproq yaqin doʻstlari davrasida boʻlish, jismoniy tarbiya va foydali mashgʻulotlarga ishqibozlik kayfiyatida vaqtni oʻtkazish, har qanday stressga qarshi tura olishni kuchaytiradi, shuningdek, organizmning ishchanlik qobiliyatini qayta tiklashga xizmat qiladi.

Navbatdagi zaruriy xislatlardan yana biri muloqotga moyillikdir. Aniqlanishicha, rahbar oʻz kundalik faoliyatining toʻrtdan uch qismini turli-tuman muloqotga sarflaydi. Muloqotning boshqaruvdagi ahamiyatini koʻzdan kechirar ekanmiz, beixtiyor Li Yakokka esdaliklariga duch kelamiz: «Men avtomobil sohasida bir umr ishlagan odamni bilaman. U oliy ma’lumotli boʻlib, oʻzini boshqarish qobiliyatiga ega, shuningdek, ajoyib strateg va oʻz kompaniyasining yirik mutaxassisi edi. Lekin, uni hech qachon hech kim yuqori lavozimga tayinlamagan, chunki u oʻzga bilan muloqotda boʻlishni bilmas edi»

Muloqot-bu eng avvalo muloqot ishtirokchilari uchun ahamiyatli boʻlgan axborotlar almashinuvidir. Muloqotning barcha vositalari ikkita katta guruh: Verbal (nutqiy) va noverbal (nutqiy boʻlmagan) vostialarga ajratiladi. Koʻpchilik olimlarning fikriga koʻra suhbat jarayonida nutqiy muloqot 35% dan kam qismini tashkil etgan holda, 65% ziyod axborot noverbal vositalar yordamida uzatiladi. Nutqiy (verbal) kommunikasiya orqali toza axborot uzatiladi. Noverbal kommunikatsiya boʻiycha esa muloqot sherigiga boʻlgan munosabat uzatiladi. Odamning noverbal xulq-atvori uning psixik holati bilan chambarchas bogʻlangan va ularni ifodalash vositasi boʻlib hisoblanadi. Noverbal xulq-atvor asosida shaxsning ichki dunyosi ochiladi. Muloqot hamkorlikdagi faoliyatning psixik mazmuni shakllanishi amalga oshiriladi. Odamlar oʻzining nutqiy (verbal) xulq-atvorini oʻzgarayotgan sharoitlarga tezda moslashtirib olishlari mumkin, lekin tana tili (noverbal namoyon boʻlish) kam oʻzgaruvchandir. Muloqotning noverbal vositalariga tananing barcha harakatlari, ovozning intonaеsiya xarakteristikasi, taktil ta’sir, muloqotning makondagi tashkil etilishi kabilar kiradi. Noverbal muloqotda eng muhimlaridan biri kinestetik vositalar-boshqa odamning muloqotda ifodalovchi regulyativ vazifani bajaruvchi koʻrish orqali idrok etiladigan harakatlaridir. Buni mimika, gavda holati, imo-ishora, nigoh yurishda namoyon boʻladigan ifodalovchi harakatlar kiradi. Informaеsiya uzatishda asosiy rolni mimika bajaradi. Tadqiqotlar koʻrsatishicha suhbatdoshning yuzi harakatsiz boʻlsa yoki uni koʻrmasangiz 10- 15% axborot yoʻqotilar ekan. Mimika bilan nigoh yoki vizual kontakt juda chambarchas bogʻliq. Koʻz yordamida odamning holati toʻgʻrisida eng aniq signallar uzatiladi, chunki koʻz qorachigʻining kengayishi va torayishi ongli nazoratga boʻysunmaydi.


Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test