Ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish.

Ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish.

AKTdan foydalangan holda o‘quvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish.

Kun sayin hayotimizning har bir sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) joriy etilib, kasbiy faoliyatimiz samaradorligini oshirmoqda. Bugungi kundalik hayotimizni nafaqat televizor, radio, balki mobil telefonlari, kompyuter, planshet kabi zamonaviy qurilmalarsiz o‘tkaza olmay qoldik, ulardan foydalanib, turmushimiz mazmunini boyitamiz, ish va ta’lim olishdagi vazifalarimizni yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar qatorida ta’lim tizimida ham turli fanlarni o‘qitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. AKT nafaqat o‘quvchilarda bilim va malakalarini shakllantirishga, balki ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga oid qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi. Keyingi davrlarda ko‘plab psixologik va ilg‘or pedagogik sohalarda chop etilayotgan maqolalarda, AKT o‘quvchilarning bilimi, ijodiy tafakkurini rivojlantirishi haqidagi fikrlar ta’kidlanayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. AKT imkoniyatlaridan foydalanish ta’lim jara­yonida beriladigan axborotlar doirasini boyitish va o‘quvchilar tomonidan qiziqish bilan o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi bilan zamonaviy axborot muhitiga xos bo‘lgan ta’limga yangicha yondashuv shakllana boshladi.

Ma’lumki, bugungi kunda deyarli ko‘pchilik zamonaviy o‘quvchi-bolalar umumta’lim maktab­lari ostonasiga qadam qo‘ygunga qadar, oilada axborot-kommunikatsiya texnologiya­lari vositalari bilan tanish bo‘lgan, hatto ulardan foydalana biladigan holda kelmoqdalar. Ular haqiqatdan ham axborot asrida tug‘ilib, hali atrof-olamni anglamay turib, zamonaviy aloqa qurilmalari, kompyuter va boshqa gadjetlarni ko‘rib, ularning funksiyalari bilan tanish bo‘lgan holda ulg‘aymoqdalar. Bunday vaziyatda barcha sinf o‘qituvchilarining eng muhim ahamiyatga molik vazifalari — bu o‘quvchilarga mazkur qurilmalar, ulardan foydalanish me’yorlari haqida ilk tushunchalarni berishdan iborat. O‘quvchilarda axborotlar olamidan o‘zlariga taalluqli axborotlarni to‘g‘ri tanlay bilish dastlabki salohiyatini shakllantirishda birinchi o‘qituvchining o‘rni muhim ahamiyatga molik. Bunda nafaqat o‘qish, ta’lim va tarbiya jarayonida tushuntirish ishlari, balki matematika fanida AKTdan foydalanish darajasi, o‘quv dasturidagi boshqa asosiy fanlarni o‘qitish jarayoniga ham AKTni joriy etib borish katta ahamiyat kasb etadi.

Shunday qilib, AKTni joriy etish va Internet tarmog‘idan foydalanish o‘qituvchi kasbiy mutaxassislik sohasida quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

·         o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi;

·         o‘qituvchining o‘z kasbiga ijodiy yondashuvi uchun ko‘plab imkoniyatlar taqdim etadi;

·         o‘qituvchining mustaqil ta’lim olishi, masofaviy malaka oshirishi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi.

Shunday ekan, bunday zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarga dars o‘tuvchi o‘qituvchidan ham AKT vositalaridan keng foydalanish, dars jarayoniga tatbiq etish uchun turli loyiha va taqdimotlar tayyorlash hamda o‘quvchilar uchun darsni interaktiv va innova­tsion texnologiyalar asosida yanada qiziqarli qilib, taqdim etish talab etiladi. O‘quvchi atrof-olamga oid bilimlar bilan bir qatorda, AKTga oid bilimlarning asosini ham aynan o‘qituvchidan olgani ma’qul deb hisoblayman. Shu bois, bugungi kunda o‘qituvchining AKTga oid va innova­tsion texnologik malakalari darajasini muntazam oshirib borish zarurati yuzaga keladi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etishdan maqsad ham aynan o‘quvchilarni zamonaviy axborotlar, texnika vositalari bilan tanishtirish, bu sohada savodxonlik darajalarini oshirish, eng asosiysi, mazkur axborotlardan to‘g‘ri foydalanish malakalarini oshirishdan iboratdir. Maktab amaliyotchi psixoliklari sifatida shuni ta’kidlamoqchi edimki, maktab o‘quvchilari internetdan to’g’ri foydalanish, darslarida o‘quvchi hayotida har bir o‘zlashtirib boradigan bilim va malakalarining poydevori bo‘lib hisoblanadi, shu sababli ham o‘quvchilarning hayotda to’g’ri yo’lini tanlashda maktab amaliyotchi psixoliklari zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi.

Ta’lim jarayonida AKTdan foydalanish xavfsizligi.

Kompyuterlar ham boshqa elektr jihozlari kabi elektr toki yordamida ishlaydi. ish ko‘rishni talab etadi.

Kompyuter xonasidagi qurilmalardan noto‘g‘ri foydalanish yong‘in chiqishi, baxtsiz hodisalar ro‘y berishi va buning natijasida inson salomatligiga zarar yetishi hamda kompyuter jihozlarining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Yuqoridagi noxush holatlarning oldini olish maqsadida xavfsizlik texnikasi qoidalari hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilishingiz talab etiladi.

Zamonaviy o‘qituvchi va uning dars o‘tish usuli bundan hatto 10–15 yil avval faoliyat yuritgan o‘qituvchilar va ularning dars o‘tish usullaridan katta farq qilishi shart. Bugungi kun o‘qituvchisi kompyuter va AKT hamda Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan keng foydalana bilishi zarur. Ta’limiy dasturlar, raqamli ta’limiy resurslar hamda axborot manbalaridan foydalanish, zarur axborotlarni topish va ta’lim masalalarini hal etishga muvofiqlarini tanlab ola bilish, axborot muhiti vositalaridan, shuningdek, skaner, raqamli fotosuratga olish qurilmasi va videokamera, raqamli mikroskop, proyeksion uskunalardan foydalanishni bilishlari shart deb hisoblayman.

Pedagogik faoliyatga o‘qituvchi kadrlarni tayyorlashda ta’lim jarayonini axborotlashtirish va axborot texnologiyalari tizimi haqida chuqur bilim berilishi zarur. Hozirgi davrda o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) taqdim etayotgan zamonaviy imkoniyatlardan foydalanish ta’lim jarayoni samarasini oshirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. AKT ta’lim jarayonida o‘quvchilarga nafaqat bilim va mazkur sohada malakalarini shakllantirish, balki ularning dunyoqarashlarini kengaytirish, shaxsiy sifatlariga ta’sir etib, intellektual rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi.

Bu haqda ko‘plab olimlar tadqiqotlarida ta’kidlanganligi, OAV materiallari ham guvohlik beradi. AKT o‘quvchilarning ijodiy tafakkurlari rivojlanishiga ham kuchli ta’sir etadi. O‘quvchilarga bilim berish jarayonida axborotlarning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini yanada boyitib, oson o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Umuman olganda, ta’lim-tarbiya jarayoniga AKT joriy etilishi quyidagi afzalliklarga ega ekanligi haqida ko‘p ta’kidlanadi:

·         AKT vositalari o‘quvchilarni ta’lim jarayonida fanlarni o‘zlashtirishga alohida jalb etish va qiziqishlarini oshirishda muhim omillardandir;

·         o‘quvchilarni intellektual faoliyatga undaydi;

·         o‘quvchilarni fanlar bo‘yicha turli olimpiada, viktorina, tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rishlarida ijobiy imkoniyatlarni taqdim etadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, bo‘lajak o‘qituvchilar faoliyatida quyidagi tavsiyalar foydadan holi bo‘lmaydi deb o‘ylaymiz: zamonaviy o‘qituvchi o‘quvchilar bilan axborotlashgan ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlikda muloqot qilishi uchun ham axborot texnologiyalariga oid bilim va malakalarga ega bo‘lishi, ta’lim jarayonidagi turli vaziyatlarda o‘z bilim va malakasi bilan o‘quvchilarning talablariga javob berishi zarur; AKTdan foydalanib, yangi metodik masalalarni hal etishi, fanga oid bilimlarini chuqurlashtirishi, o‘z kasbiy mahorati darajasini oshirishi zarur;


Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test