Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashning turli strategiyalari
REJA:
1. Inklyuziv ta’limni sifatli va samarali tashkil etish shart-sharoitlari
2. Inklyuziv ta’lim o‘qituvchisining kasbiy va shaxsiy tayyorgarligi uchun zarur ko‘nikmalar
3. Ta’lim muassasasini ilmiy-metodik boshqarishda innovatsion ta’lim va uni amaliyotga kiritish bosqichlari
O‘zbekiston Respublikasida xar bir bolaning yashash, rivojlanish, ishtirok etish, himoyalanishida teng huquqliligi kafolatlanishi belgilangan. Jumladan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘‘Nogironligi bulgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisidagi PQ-5270-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-son farmonlarida jamiyatning ajralmas qismi bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning farovon yashashi, mazkur toifa bolalarining tengdoshlari kabi bekamu-ko‘st kamol topishi, ta’limtarbiyasi davlat axamiyatiga ega bulgan vazifa sifatida qaralib, bu yunalishdagi tadbirlar ko‘lamini yanada kengaytirish, alohida extiyojli bolalarni umumta’limga jalb qilish asoslarini pedagogika sohasi mutaxassislari tomonidan ilmiy-nazariy jixatdan asoslash, ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar va pedagog xodimlar jamoasiga yetkazish, targibot ishlarini olib borish belgilandi.
Keyingi yillarda davlatimiz tomonidan ta’lim olishida qiyinchiligi bo‘lgan, ya’ni alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga ta’lim muassasalarida ta’lim olish bilan bir qatorda ularni qobilyat va imkoniyat darajasini e’tiborga olgan holda umumta’lim muassasalarida integratsiya va inklyuziv usulda ta’lim-tarbiya olishiga alohida e’tibor berilmoqda. Ta’lim sohasidagi bu islohotlar bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda.
Imkoniyati cheklangan yoki maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylandi. Inkyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bo‘lmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Inkyuziv ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining katta bo‘lmagan qismlari sifatida faoliyat yuritadi. Maxsus ehtiyojli bolalarning maxsus ta’lim tizimda o‘qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek ularning o‘z oilasidan uzoqda bo‘lishlariga majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o‘rganib qoladilar, o‘z-o‘ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko‘plab maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarni rivojlanish darajasi, imkoniyati nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga ko‘ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishini amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmoqda.
Dastlab inklyuziv ta’lim g‘oyasi, o‘qituvchilar ongini egallasa, ularning professional tafakkurining ajralmas qismiga aylanishi lozim. Buni amalga oshirish uchun alohida harakat kerak. Inklyuziv ta'limni joriy etish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar va boshqa mutaxassislar ta’limning ushbu shakli uchun zarur bo‘lgan kasbiy rollarga darhol mos kela olishmaydi. Ular bir necha bosqichlardan o‘tadilar. Yashirin qarshilikdan boshlab, keyin aniq qarshilikka o‘tish holatlari kuzatiladi. Jarayonni asta sekin tushuna boshlagandan so‘ng voqealarni faol qabul qilishga o‘tishadi. Professionallar qo‘rqishadi:
“Men buni qila olamanmi?”. Ular o‘z vazifalarini bajara olmaslikdan va ishini yo‘qotishdan, javobgarlikdan, tavakkal qilishdan, qo‘rquv va noaniqlikdan qo‘rqishadi. Shuningdek, mutaxassislar nima bo‘layotganini to‘liq nazorat qila olmasliklaridan, o‘quvchilardan, ota-onalardan yoki o‘qituvchilardan yordam so‘rashdan va shu bilan barcha savollarga javob topaolmaslikdan hayiqadi. Bunday hollarda berilgan maslahat oddiy: Nima bo‘lishidan qat'iy nazar, o‘z ishini vazifasini bajarishi kerak.
Siz qo‘rquvingizga qarshi turishingiz va ularga qaramasdan ishlashni davom ettirishingiz lozim, shunda ular kichrayib, uzoqlashib ketadi. Islohotlardan keyin o‘qituvchilarning aytishicha, ular bir necha hafta davomida qo‘rquvni boshdan kechirishgan, keyin esa xuddi sehrlangandek o‘tib ketgan. Har bir inson qo‘rqqanini eslaydi, lekin u nimadan qo‘rqganini hech kim eslay olmaydi, lekin qo‘rquv o‘tib ketadi. Bu odatda 6 hafta davom etadi - har qanday inqirozdan chiqish uchun zarur bo‘lgan vaqt. “Xavotir olmang. Qo‘rqmang” so‘zlarini talaffuz qilish kifoya. Bir yo‘nalishdan boshqa yo‘nalishga o‘tish bu o‘zgarish jarayonidir. O‘zgarish hammani qo‘rqitadi. Bizning tanamiz shunday ishlaydi. Ma’lumki, bunday davrda o‘qituvchilar rahbarlarning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘ladi.
O‘qituvchining nutqi hamma vaqt o‘zbek adabiy tilini o‘zida aks ettiruvchi, zamonaviy texnika, texnologiya, xalqaro qabul qilingan terminologiyalardan to‘g‘ri va o‘rinli ravishda qo‘llashi, bu hozirgi kun va zamon talabi. Agar o‘tiladigan dars mashg‘uloti mavzusi o‘qish, hikoya, roman yoki doston bo‘lsa, u obrazga kirib, yorqin, ya’ni rolga kirib, bolaning qalbiga kirib boradigan darajada qiziqtira olishi talab etiladi. Agar mashg‘ulot mavzusi og‘zaki bayon etish, tushuntirishdan iborat bo‘lsa, nutq tekis, ravon, bir maromda va osoyishta bo‘lishi maqsadga muvofiq. Butun jarayonda o‘qituvchi o‘z nutqining grammatik va leksik savodxonligiga e’tibor bergan
holda sustkashlikka yo‘l qo‘ymasdan, kerakli o‘rinda obrazli qilib, o‘quvchilar havas bilan taqlid qiladigan darajada to‘g‘ri, til ko‘nikmalariga kuchli e’tibor qaratilishi lozim. Shu o‘rinda inklyuziv ta’lim jarayonida alohida ehtiyojli o‘quvchilarning nutqni to‘g‘ri va savodli egallashi uchun aynan o‘qituvchiga taqlid qilish orqali amalga oshirilishi hisobga olinishi, birinchi o‘rinda turishi lozim.
Inklyuziv ta’lim jarayonida o‘qituvchi maksimal darajada xushmuomalalik va sabr-toqatni namoyon qilishi, qo‘pollik va hurmatsizlikka mutlaqo yo‘l qo‘ymasligi talab qilinadi. O‘quvchi bilan muloqot do‘stona ruhda, optimistik kayfiyatda bo‘lishi talab etiladi.
O‘qituvchining bolalarga berayotgan har qanday ma’lumotida insonparvarlik, samimiylik aks etib turishi, inklyuziv ta’limda faoliyat olib borayotgan bunday o‘qituvchi bilan bir marta muloqotga kirishgan shaxs(ota, ona, bola)da u bilan yana suhbatlashish, muammolari bilan dardlashish istagi paydo bo‘ladigan bo‘lsin. Shunda ko‘zlangan maqsadga tez va samarali erishish mumkin.
Inklyuziv ta’limda faoliyat olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qobiliyati, gnostik ko‘nikma, didaktik mahorat, o‘yin qobiliyati, tashkiliy ko‘nikmalar, kommunikativ-rejissyorlik, prognostik va aks ettirish qobiliyatlari hamda ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Undan tashqari doimiy ravishda motivatsion ko‘nikmalarni ham rivojlantirib borishi, ya’ni o‘quv jarayonida bolalar nima uchun va nima o‘rganayotganliklarini va bu qanday yordam berishi mumkinligini anglashi, ularning istak va xohishlarini aniqlay olishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. Karimov I.A. “Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”. Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa konserni. 1997
2. Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxassislar-taraqqiyot omili.- Toshkent. O`zbekiston. 1995.
3. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni (1997 yil 29 avgustda qabul qilingan). Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. –Toshkent: O`zbekiston. 1997.
4. Aminova V.Yu. Integrirovannoye obrazovaniye dlya detey s osobыmi nujdami v doshkolnыx i shkolnыx uchrejdeniyax massovogo tipa (Metodicheskiye rekomendatsii) MNO RTsO Resursno’y sentr YuNESKO Tashkent 2002)
5. Imkoniyati chyeklangan bolalar va o`smirlar uchun inklyuziv ta'limni tashkil etish to’g’risida muvaqqat NIZOM. O`RXTV T.,19 syentyabr, 2005.
Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test