Fanni o‘qitishda o‘quvchilarni kreativ fikrlashga yo‘naltirish asosida darslarni tashkil etishning interfaol metodlari
Fanni o‘qitishda o‘quvchilarni kreativ fikrlashga yo‘naltirish asosida darslarni tashkil etishning interfaol metodlari
Dars - ta’limning asosiy shaklidir. Darsni mazmunan va shaklan takomillashtirish, bu didaktikaning bosh masalalaridan biri hisoblanadi. Faqatgina darsda emas, darsdan tashqari, ya’ni sinfdan tashqari ishlarda noan’anaviy interfaol usullarni qo‘llab sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazish, uni yuqori pog‘onaga ko‘tarish o‘quvchilarda shu fanni o‘rganishga bo‘lgan havaslarini orttirish lozim.
Geografiya darslarini va sinfdan tashqari ishlarni hayotga tadbiq etish, ularni qiziqarli va ijodiy tashkil etish bosh masaladir. Darsda o‘yinlardan foydalanish muhim o‘rin egallaydi. Shu o‘rinda geografik topishmoqlarni darslarga olib kirish ko‘zlangan maqsadga erishishda benihoyat katta yordam beradi. Sababi, topishmoqlar katta so‘z o‘yini asosida vujudga keladi. Bu qadimiy geografik o‘yin ham katta badiiy mahoratni va topqirlikni talab etadi. Topishmoqlar xalq ijodiga obrazli so‘zga muhabbat uyg‘otadi. Bolalarga estetik zavq bag‘ishlab, ularni she’riyat dunyosiga olib kiradi. San’atning o‘ziga xos bo‘lmish bu she’rlar o‘sib kelayotgan avlodning ma’naviy ehtiyojlariga ozuqa bo‘ladi. Ezgulikka chorlab, inson uchun eng aziz bo‘lgan ona tiliga, tug‘ilgan yurtiga muhabbat uyg‘otadi. Shuningdek, topishmoqlar darslarda olingan bilimlarni mustahkamlashga, fikrlashga o‘rgatib, fanga qiziqishini orttiradi.
«Geografik topishmoqlar» asosida tashkil etilgan dars o‘quvchilar ongini, tafakkur qobiliyatini o‘stirishga xizmat qiladi. Sababi, o‘quvchi har bir topishmoqqa mos javobni topishdan oldin mazkur jumboqqa taaluqli o‘zi bilan barcha ma’lumotlarni esga olishi, geografik kartalarni tasavvur qilishi, materiklar, davlatlar tabiatidagi o‘ziga xos xususiyatlarni esda saqlash qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Topishmoqni hozirjavoblik bilan topgan o‘quvchi o‘z bilimiga ishonch hislarini shakllantiradi, javob esa keyingi egallanajak bilimlariga kuch baxshida etadi. Bunda o‘quvchini fikrlashga, o‘qituvchining har bir so‘ziga e’tibor berishga, o‘z fikrini ilmiy asoslab bayon etishga o‘rgatishdan iborat.
«Geografik topishmoqlar» darsning boshlanishida o‘quvchi diqqatini jalb etish va o‘tgan mavzular bo‘yicha bilimini sinashga dars so‘ngida esa yangi materialni qay darajada qabul qilganligini bilish va o‘quvchilarga ijodiy dam berish maqsadida foydalaniladi.
«Geografik suhbatlar» darsda texnika vositalaridan foydalanish vaqtida magnit tasmasiga yozib olingan har xil mavzuga xos suhbatlarni o‘quvchilarga eshittirib, so‘ng mavzu bo‘yicha suhbatdan olingan ma’lumotlarni tashkil etishga qaratilgan. Bundan tashqari bu suhbatlardan kichik sahna ko‘rinishlari tashkil etishda foydalanish mumkin.
«Geografik tavsifda xato bormi?» mavzusidan yangi dars tushuntirilgandan so‘ng o‘quvchining qay darajada tushuncha olganligini bilish maqsadida o‘qituvchi tomonidan tavsif bayon etiladi va o‘quvchilardan xatolarni topish talab etiladi. Bu tavsiflar o‘quvchilarni test savollarini yechishlariga zamin yaratadi.
«Test topshiriqlari» o‘quvchilarni oraliq va yakuniy nazoratlarida o‘quv jarayonida olingan bilim va ko‘nikmalarini baholashda yordam beradi.
Topishmoqlar o‘zbek va jahon xalqlarining qadimgi xalq og‘zaki ijodlaridan biri hisoblanadi. Ulardan asosan, tabiatning turli hodisalari, jismlari, ishora orqali juda aniq tasvirlanadi. Bu topishmoqlar o‘z o‘rnida barchani qiziqtiradi va topqirlikka undaydi. Topishmoqlardan darsda samarali foydalanish o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishini zukko va fikrlash tezligini, topqirligini oshirishga xizmat qiladi. Dars jarayonida ruhiy charchashni oldini oladi. O‘qituvchiga esa o‘quvchilarni ichki dunyosini o‘rganishga, ularni individual xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi.
Geografik atama, hodisa, joy nomlari va boshqalarni topishmoq asosida bayon etilishi o‘quvchilarni unga mos javobni topish uchun bilgan barcha ma’lumotlarni eslashga, geografik kartalarni tasavvur qilish, materiklar, davlatlar rayonlari bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatlarni yodda saqlashga o‘rgatadi. Bunday topishmoqlarga misol keltirsak:
Maxsus adabiyotlar
1. Diane Belcher, Ann M. Johns, Brian Paltridge. New directions in English for specific purposes research. The University of Michigan Press. 2011.
2. Ишмухамедов Р.Ж., Юлдашев М. Таълим ва тарбияда инновацион педагогик технологиялар.– Т.: “Ниҳол” нашриёти, 2013, 2016.–279б.
3. Муслимов Н., ва бошқалар. Касб таълими ўқитувчиларининг касбий компетентлигини шакллантириш технологияси. 2013 й. Тошкент, «Фан ва технологиялар». 8 б.т.
4. Сайидаҳмедов Н.С. Янги педагогик технологиялар. – Т.: Молия, 2003. – 172 б.
5. Абдуғаниев И. ва бошқ. География майдончасида метеорологик кузатишларни олиб бориш.Тошкент. 2010. 32 бет
6. Маматкаримов А. Қизиқарли география. –Т.: “Тафаккур”, 2011
7. Рафиков В. Қизиқарли география. –Т.: “Шарқ” НМАК, 2010.
8. Ниғматов А.Н., Шивалдева Н.С. Иқлим ва биз. –Т.: “Чинор” ЭНК, 2010.
9. Ваҳобов Ҳ., Мирзахўжаев С. География. -Т.: Вектор-пресс 2011
10. Абдураззоқова Д. Дарсларда ва амалий машғулотларда инноватцион технологияларни қўллаш бўйича услубий кўрсатмалар.
11. Абдураззоқова Д. Интерфаол таълимнинг педагогик-психологик
хусусиятлари. Тошкент, 2012.
12. Йўлдошев Ж.Г., Усмонов С.А. Педагогик технология асослари.-Т, 2001.
13. Ишмуҳамедов Р.Ж. Инноватцион технологиялар ёрдамида таълим самарадорлигини ошириш йўллари.-Т.:Низомий номидаги ТДПУ, 2004, 2008 (қайта нашр). - 44 б.
14. Сафин Д.В., Мусина Р.Г. Таълим бериш ва ўқишнинг интерфаол усуллари. Ўқув қўлланма. -1-модул. Интерфаол ўқитишнинг назарий асослари. - Тошкент, 2007.
15. Қурбонниёзов.Р.География ўқитиш методикаси. Хоразм.2006. 212 бет
16. Рақибов Ж. Дарсларда ва амалий машғулотларда ЯПТларни қўллаш бўйича услубий кўрсатмалар.Фарғона, 2009.67 бет.
17. Ғуломов П.Н., Миракмалов М.Т. Топонимика ва географик терминшунослик. -Т.: Университет, 2005.
18. Ата-Мирзаев О.Б. О современной системе географических наук. «Амалий география фанининг долзарб назарий ва амалий масалалари » – Тошкент: 2008.
19. Рафиқов А., Вахобов Х., Қаюмов А., Азимов Ш. «Амалий география» – Тошкент: 2008 й.
20. Вахобов Х. География ўқитиш методикаси. -Т.: 2007
21. Алимқулов Н.Р., Абдуллаев И.Ҳ., Ҳолмуродов Ш.А. Амалий география. 23. Абдуллаев И.Х., Сейтджелилова Э.С. Амалий география фанини ўқитишда инновацион технологиялар. –Т.:2015
22. Азизходжаева Н.Н. Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат. – Т.: Молия, 2003. – 192 б.
23. Samyayev A.K, Yarashev Q.S, Eshquvvatov B.B “ Geografiya fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish metodikasi ”.-Samarqand, 2018 yil. 70-bet
24. Samyayev A.K, Raximov I.N “ Geografiya darslarida amaliy mashg ‘ulotlarn va PISA tadqiqotlari ”.-T. “ Qamar Media ” nashriyoti, 2022 yil.72-bet
Mavzu bo'yicha onlayn test