Fanning yangi tahrirdagi DTS, modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalari va ularning tahlili.
Fanning yangi tahrirdagi DTS, modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalari va ularning tahlili.
Ishning maqsadi: Tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida Geografiya va iqtisodiyot fanini o‘qitishni rivojlantirish Konsepsiyasi, Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga bilim berishning zamonaviy pedagogik innovatsion uslublarini joriy etish haqida ma’lumotlar berish.
Topshiriqlar
1.1.Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qaroriga asosan Umumiy o‘rta ta’limning hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari qabul qilinganligi bilan tanishish.
1.2. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalari.
1.3.Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy
prinsiplariva tarkibiy qismlari
1. .Geografiya fani bo‘yicha joriy etilgan yangi DTS (Milliy o‘quv dasturi) o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarining mazmuni hamda tahlili bilan tanishish.
2. 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Geografiya fani bo‘yicha joriy etilgan yangi DTS (Milliy o‘quv dasturi) o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida guruhlarda ish tashkil etish.
1.1.Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qaroriga asosan Umumiy o‘rta ta’limning hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari qabul qilinganligi bilan tanishish.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qaroriga asosan Umumiy o‘rta ta’limning hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’liminingdavlat ta’lim standartlari qabul qilindi.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti (keyingi o‘rinlarda davlat ta’lim standarti deb ataladi) davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida” 1998 yil 5 yanvardagi 5-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013 yil 8 maydagi 124-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori;
O‘DSt 1.0-98. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar”;
O‘DSt 1.1-92. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasi standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari”;
DSt 1.5-93. “Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni ko‘rib chiqish, tekshirish, o‘zgartirish kiritish va bekor qilish tartibi”;
DSt 1157:2008. “Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi.
Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar”.
O‘ DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar.
Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
1.2.Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalari
Davlat ta’lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
- ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
- davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
III. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy
prinsiplariva tarkibiy qismlari
Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda
foydalanish.
Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi;
umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;
umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari;
baholash tizimi.
Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi (keyingi o‘rinlarda — tayanch o‘quv reja deb ataladi) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
1.Geografiya fani bo‘yicha joriy etilgan yangi DTS (Milliy o‘quv dasturi) o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarining mazmuni hamda tahlili bilan tanishish.
Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi , Geografiya va Iqtisodiyot
UMUMIY QOIDALAR
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida Geografiya va iqtisodiyot fanini o‘qitishni rivojlantirish Konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini” va 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan. Konsepsiya xalq ta’limi tizimida geografiya va iqtisodiyot fanini o‘qitishni rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab beradi. Jumladan, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasidagi yutuqlaridan foydalanib milliy xususiyatlarni va respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda ta’lim sohasini takomillashtirish; geografiya va iqtisodiyot fani davlat ta’lim standarti talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash; geografiya va iqtisodiyot fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini amaliyotga tatbiq etish; geografiya va iqtisodiyot fani mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, tabiatni o‘rganish, undan foydalanish va muhofaza qilish, o‘lkashunoslik va turizm, moliyaviy-iqtisodiy savodxonlikni oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarni hosil qilishda maktabdan tashqari ta’limning to‘garak, ekskursiya va boshqa zamonaviy yo‘nalishlarini joriy etish; geografiya va iqtisodiyot fanini umumta’lim fanlari bilan o‘zaro integratsiyasi va o‘quvchilarni tabiat, aholi va xo‘jalikni o‘rganish, atrofmuhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassisliklarga qiziqtirish orqali kasbga yo‘naltirishni tashkil etish; geografiya va iqtisodiyot fanining mazmuni, mustaqil hayotda qo‘llash imkoniyati bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy va ekologik savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish; o‘quvchilarni dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish, loyihalashtirishga yo‘naltirilggeografiya va iqtisodiyotdan zamonaviy darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda multimedia ilovalarini yaratish; geografiya va iqtisodiyot fanidan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish, kundalik hayotiy jarayonlarda duch kelgan muammolarni hal qilishda foydalana olishga yo‘naltirish; geografiya ta’limida uzluksiz ekologik ta’limni amalga oshirish va o‘quvchilarda atrof-muhit masalalarida qaror qabul qilishni shakllantirish; geografiya va iqtisodiyot fani milliy o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan kompetensiyalarni shakllantirishda o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish; o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini va natijaviyligini ta’minlashda innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish; ta’lim va tarbiyani uyg‘un olib borish, o‘quvchilarni nafaqat bilimli, balki mehnatsevar, ma’naviy, ahloqiy yetuk shaxs sifatida shakllantirish; ta’lim-tarbiyada fanlararo bog‘lanishni ta’minlash; o‘quvchilarni Davlat ta’lim standartlari asosida egallagan kompetensiyalarini baholashning barcha sinflarda qo‘llanila oladigan yagona tizimini yaratish va joriy etish; umumiy o‘rta ta’lim maktablarida geografiya va iqtisodiyot fanidan ta’lim berish, uning ilm-fan taraqqiyotida, ishlab chiqarish va tabiatdan foydalanish sohalari, ijtimoiy-madaniy va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.
GEOGRAFIYA VA IQTISODIYOT TA’LIMINING AMALDAGI HOLATI VA MAVJUD MUAMMOLAR.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga bilim berishning zamonaviy pedagogik innovatsion uslublarini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti keyingi 10 yil ichida dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga kirishi, ya’ni 2030 yilga kelib iqtisodiyotning fan va texnika yo‘nalishi bo‘yicha jahonda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga zamin yaratishda muhim shartlardan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim maktablari uchun majburiy bo‘lgan Davlat ta’lim standartlari talablarida berilgan tayanch ta’lim mazmuni bajarish, o‘quv dasturiga zamon talablaridan kelib chiqib, yangilanishini, ta’lim mazmuni va o‘qitishning takomillashtirilgan, samarali boshqaruv usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Xalq ta’limi vazirligi tizimida 11 yillik ta’lim joriy qilinishi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimining funksiyalari o‘zgarishi hisobiga geografiya va iqtisodiyot fanini o‘qitish mazmuni va metodikasining rivojlanishida Loyiha ayrim bo‘shliq va kamchiliklar yuzaga kelgan, jumladan: geografiya va iqtisodiyot fanining o‘quv metodik ta’minoti (o‘qituvchi kitobi, multimedia ilovalar, didaktik materiallar va boshqa) yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi; o‘quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, fan bo‘limlari va mavzularining o‘qitish ketma-ketligi hamda murakkablik darajasini qaytadan ko‘rib chiqish; fanni o‘qitishda mavzular kesimida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash metodikasining ishlab chiqilmaganligi; STEAM zamon talablari asosida xalqaro miqyosida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda umumta’lim fanlari bo‘yicha fanlararo bog‘lanish va amaliy yondashuvga e’tibor qaratilmaganligi; o‘quvchilarning tanqidiy, mantiqiy fikrlashi va amaliy ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltirilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, TIMSS) talablariga mos keladigan mashg‘ulotning shakl va usuli ishlab chiqilmaganligi; mavjud oliy ta’lim muassasalarida geografiya fani yo‘nalishida pedagog-kadrlarni o‘qitishni tubdan qayta ko‘rib chiqish va zamon talabiga mos kompetent kadrlarni tayyorlashni taqazo etadi.
GEOGRAFIYA VA IQTISODIYOT FANI KONSEPSIYASINING ASOSIY MAQSADI VA RIVOJLANISHINING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida geografiya va iqtisodiyot fanini o‘qitishning maqsadi: o‘quvchilarda hozirgi zamon talablari, ta’lim sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan geografik madaniyatni, ya’ni geografik dunyoqarash, tafakkur va bilimlar, ularni hayotiy va kasbiy amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini (kompetentlikni) hamda moliyaviy-iqtisodiy savodxonlikni shakllantirish; o‘quvchilarda Yer sayyorasi va uning hududiy qismlari haqida yaxlit bilimlarni shakllantirish, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ekologik hodisa va jarayonlarni tushunish uchun ilmiy-metodologik zamin yaratish, tabiatdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, iqtisodiy resurs va ne’matlardan tejamkorlik bilan foydalanish borasida hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni taxliliy fikrlashga o‘rgatish, olgan nazariy bilimlari asosida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, TIMSS) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashini rivojlantirishdan iborat. Geografiya va iqtisodiyot ta’limining vazifalari: Yer sayyorasi va uning alohida hududlari, jumladan Vatanimiz O‘zbekistonning tabiati, aholisi va xo‘jaligi haqidagi tizimli bilimlarni hosil qilish; tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmalarini hosil qilish; jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarining mohiyati va xususiyatlari, sabab-oqibatlarini tushuntirish va yyechish yo‘llari to‘g‘risida tushuncha hosil qilish, yosh avlodning ekologik madaniyatini, milliy boyliklarga nisbatan ehtiyotkorlik va tejamkorlik munosabatini o‘stirish; turli axborot manbalaridan foydalangan holda, tabiiy hamda ijtimoiyiqtisodiy obyekt va hodisalarni tavsiflash, geografik xaritalar va statistik ma’lumotlar bilan ishlashning amaliy ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish; joy nomlari va geografik atamalarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish; geografik va iqtisodiy bilimlar asosida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish; yosh avlodning moliyaviy-iqtisodiy savodxonligini shakllantirish, iqtisodiy atamalarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatish; o‘quvchilarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik xususiyatlarini rivojlantirish; o‘quvchilarni o‘lkashunoslik tamoyili asosida Vatanga muhabbat, milliy iftixor, fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash; ta’lim-tarbiyada fanlararo bog‘lanishni ta’minlash; global Internet tarmog‘idan foydalangan holda dars jarayoniga innovatsion va axborot texnologiyalarini joriy etishdan iborat.
GEOGRAFIYA VA IQTISODIYOT O‘QUV FANINING TUZILISHI VA MAZMUNI
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida geografiya va iqtisodiyot fani tuzilishi quyidagi kurslarning ketma-ketligidan iborat: 7-sinf – Geografiya (Mteriklar va okeanlar tabiiy geografiyasi); 8-sinf – Geografiya (O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi); 9-sinf – Geografiya va iqtisodiyot (O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Iqtisodiyot asoslari); 10-sinf – Geografiya va iqtisodiyot (Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Jahon iqtisodiyoti asoslari); 11-sinf – Geografiya (Umumiy geografiya). Geografiya va iqtisodiyot kurslarining tayanch mazmuni: 7-sinf Geografiya (Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi) kursi okeanlar, materiklar va qit’alar haqida umumiy tushuncha, geografik qobiqning mohiyati va chegaralari, materik va okeanlarning shakllanishi va rivojlanishi, iqlim hosil qiluvchi omillar, iqlim mintaqalari, tabiat komplekslari va ularning zonalligi, Yer yuzi aholisi, uning joylanish xususiyatlari, tabiat bilan aloqadorligi, okean tubi relyefi, okean suvining xususiyatlari, dengiz oqimlari, har bir materikning geografik o‘rni, tabiatini o‘rganish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi va iqlim mintaqalari, ichki suvlari, tabiat zonalari, tabiiy geografik o‘lkalari, aholisi va uning hududiy tarqalishi, tabiatiga insonning ta’siri, antropogen landshaftlar, ekologik muammolari, tabiatini muhofaza qilish, har bir okeanga kompleks tabiiy geografik tavsif kabi masalalarni qamrab olgan. 8-sinf Geografiya (O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi) kursi O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning geografik o‘rni va tabiatining o‘ziga xos xususiyatlari, tabiatining o‘rganilish tarixi, siyosiy-ma’muriy xaritasi, geologik tuzilishi va tarixi, seysmikligi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat mintaqalari va tabiiy geografik rayonlashtirilishi, geografik xarita va atlaslarning tasniflanishi, topografik xaritalar, vaqt o‘lchovi, soat mintaqalari va taqvimlar kabi masalalarni qamrab olgan. 9-sinf Geografiya va iqtisodiyot (O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Iqtisodiyot asoslari) kursi iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, iqtisodiyot fanlarining obyekti va predmeti, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy-geografik o‘rni, ma’muriy-hududiy tuzilishi, tabiiy sharoit va resurslarining aholi joylashuvi va xo‘jalikka ta’siri, aholisining soni, o‘sishi, tabiiy va mexanik harakati, tarkibi va joylashuvi, mehnat resurslari va aholi bandligi, shahar va qishloq aholi punktlari, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti, turizmi, tashqi iqtisodiy aloqalari, har bir iqtisodiy rayon, 12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahriga kompleks tavsif, bozor iqtisodiyoti tamoyillari, iste’molchilarning daromad va xarajatlari, korxonalar va tadbirkorlik faoliyati, uning moliyaviy natijalari, soliq va soliqqa tortish kabi masalalarni qamrab olgan. 10-sinf Geografiya va iqtisodiyot (Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Jahon iqtisodiyoti asoslari) kursi dunyoning siyosiy xaritasi, mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi, boshqaruv shakli va davlat tuzilishi jihatidan tasniflanishi, dunyoning tabiiy resurslari geografiyasi, zamonaviy ekologik muammolar, Yer shari aholisi, urbanizatsiya jarayoni, jahon xo‘jaligi, uning tarmoq va hududiy tuzilishi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar va inqirozlar, qit’alarning geografik o‘rni, siyosiy xaritasi, tabiiy resurslari, aholisi, iqtisodiyoti, tayanch mamlakatlarining kompleks tavsifi kabi masalalarni qamrab olgan. 11-sinf Geografiya (Umumiy geografiya) kursi geografiya fanlari tizimi, uning qisqacha tarixi va hozirgi kundagi rivojlanishi, Yer yuzi tabiati rivojlanishining fazoviy va sayyoraviy omillari, geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari, geotizimlar va ularning iyerarxik tuzilishi, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning tarixiy bosqichlari, landshaftlarning antropogenlashuvi va ularni muhofaza qilish, dunyo aholisi va zamonaviy demografik vaziyat; urbanizatsiya va migratsiya jarayonlarining global va regional jihatlari, dunyoning geosiyosiy tizimi, uning rivojlanishi va hozirgi holati, insoniyatning global muammolari, Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika va Okeaniyaning subregionlari, Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning kompleks geografik tavsifi, O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik barqaror Loyiha rivojlanishining geografik jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
GEOGRAFIYA VA IQTISODIYOT FANINING O‘QUV-METODIK TA’MINOTINI RIVOJLANTIRISH.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida geografiya va iqtisodiyot fanining ilmiy metodik ta’minotini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro standartlar va milliy an’analar uyg‘unligida geografiya fani bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqish; geografiya va iqtisodiyot fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqish; umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasida belgilangan geografiya va iqtisodiyot fani o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti yuzasidan takliflar tayyorlash; tayanch o‘quv rejaga muvofiq geografiya va iqtisodiyot fanining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari asosida o‘quv dasturlarini ishlab chiqish; geografiya va iqtisodiyot fani bo‘yicha sinflar kesimida o‘quv-metodik majmualarni (darslik, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovalari) bosqichma-bosqich takomillashtirish; geografiya va iqtisodiyot fanining mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, malaka talablari va shakllantiriladigan kompetensiyalardan kelib chiqqan holda baholash tizimini ishlab chiqish; geografiya va iqtisodiyot fani bo‘yicha sinflar kesimida o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi: o‘quv-metodik majmualar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari asosida yaratilganligi; o‘quvchilarning yoshi, psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi; o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishga qaratilganligi; umumiy o‘rta ta’limning zarur hajmi berilganligi, o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga quyidagicha talablar qo‘yiladi: a) didaktik talablar: o‘quvchi tomonidan o‘quv materiallarining to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash; matnlar axborot berishga emas, balki o‘quv fanining mazmunmohiyatini tushuntirish maqsadlariga xizmat qilishi; o‘lkashunoslik tamoyili asosida o‘quvchilarni Vatanga muhabbat, milliy iftixor, yosh avlodning ekologik madaniyatini, milliy boyliklarga nisbatan ehtiyotkorlik va tejamkorlik munosabatini o‘stirishi; ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, vatanparvarlik va millatlararo totuvlik talablariga javob berishi, aniq dalillarga asoslangan materiallardan tarkib topishi; ta’limning kundalik hayot va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqligini ta’minlashga, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish layoqatlari shakllantirilishiga, boshqa o‘quv fanlari bilan uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi; rasmlar ko‘rinishidagi illyustratsiyalar: xaritalar, jadvallar, diagrammalar va fotosuratlar bilan bezatilgan bo‘lishi; tayanch tushunchalar, atamalar va shu kabilar lug‘at ko‘rinishida ifodalangan bo‘lishi lozim. b) ilmiy-metodik talablar: fan-texnikaning so‘nggi yutuqlarini o‘zida aks ettirishi; o‘quv fani mavzularining mazmunan yaxlitligi ta’minlangan bo‘lishi; o‘quv fani mavzulari o‘zbek adabiy tili qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda oddiy va sodda, tushunarli va ravon tilda bayon qilinishi; mantiqiy ketma-ketlikka va izchillikka amal qilinishi; milliy g‘oya va O‘zbekiston xalqining mentalitetiga zid bo‘lmagan tegishli illyustratsiyalar bilan boyitilishi; savollar va amaliy mashg‘ulot topshiriqlari aniq ifodalangan bo‘lishi; o‘quvchilarni fikrlashga, yozishga, tasvirlashga, tahlil qilishga, hisoblashga, amaliy topshiriqlarni bajarishda pedagogik texnologiyalarning turli metod va usullaridan foydalanish nazarda tutilgan bo‘lishi; bir tushunchaning ikki xil atama bilan ifodalanishiga, sanalar, statistik ma’lumotlarni keltirishda ikki xillikka yo‘l qo‘yilmaslik. v) pedagogik-psixologik talablar: keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan ma’lumotlar, o‘quvchilarning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri hisobga olingan holda voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga va amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olishga va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi; o‘quv fani mavzularining o‘quvchi yoshi va psixofiziologik xususiyatlariga mos holda berilishi, ma’lum faktlar, tushunchalar, qoidalar va fanlararo bog‘liqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi; o‘quvchilarning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini o‘zlashtirganlik darajasi hisobga olingan bo‘lishi lozim. g) estetik talablar: imkon darajasida yorqin, rangli, qiziqarli va chiroyli bo‘lishi; matnlar o‘quvchiga ma’lum ijobiy hissiy ta’sirlarni o‘tkazishi va o‘quv faniga qiziqish uyg‘otishi; bo‘lim, bob, paragraf va mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan Loyiha ajratilishi, mutanosibligi ta’minlanishi; rasm va xaritalar badiiy estetik talablarga javob berishi, aniq va tiniq ifodalanishi lozim. d) gigienik talablar: matn va illyustratsiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mos bo‘lishi; harflarning kattaligi va qog‘ozning sifati (og‘irligi, qalinligi, oqligi va shaffofligi) me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga mos bo‘lishi lozim.
GEOGRAFIYA VA IQTISODIYOT FANINING MODDIY-TEXNIK TA’MINOTINI RIVOJLANTIRISH.
Geografiya va iqtisodiyot fani o‘quv xonalarini jihozlashda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: “Zamonaviy maktab” davlat dasturi doirasida umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda yangi turdagi zamonaviy o‘quv jihozlari dunyoni virtual ko‘rish va topshiriqlarni bajarish uchun dasturiy ta’minot bilan ta’minlash; zamonaviy mebel, jihozlar (tabiiy, siyosiy globus, geografik xaritalar) geografiya maydonchasida foydalaniladigan asbob-uskunalar va moslamalar; o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter, interaktiv doska va o‘quv ko‘rgazmali qurollarning elektron resurslar planshet va multimedia resurslari, internet, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlashni ta’minlash, ularning o‘z vaqtida yangilab borish choralarini ko‘rish.
GEOGRAFIYA VA IQTISODIYOT TA’LIMI JARAYONIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ZAMONAVIY USULLARNI JORIY ETISH ORQALI INNOVATSION INFRATUZILMASINI SHAKLLANTIRISH.
Geografiya va iqtisodiyot fanini o‘qitish jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: zamonaviy raqamli texnologiyalar va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish; geografiya fani bo‘yicha elektron kitoblarni mobil uskunalarga yuklab va ko‘chirib olish maqsadida QR-kod yordamida sinflar kesimida o‘quv metodik majmualar (innovatsion darslik, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovalari) haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish; o‘quvchilarni qo‘shimcha qiziqarli yangiliklardan matn, audio, video shakllarida xabardor kilib turish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim dasturlarini tashkil etish; masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimiga geografiya fani bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv-metodik majmualarni, elektron ta’lim rusurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; ta’lim jarayonida elektron resurslar salmog‘ini bosqichma-bosqich oshirib borish, elektron o‘quv adabiyotlar yaratish, ularni mobil qurilmalarga yuklab olish maqsadida QR-kod yordamida elektron resurslar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish va undan foydalanishni tizimli yo‘lga qoyish. Geografiya va iqtisodiyot ta’limining innovatsion infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: o‘quvchilar tomonidan yaratilgan ijodiy loyiha ishlari natijalarini tijoratlashtirish ishlarini bosqichma-bosqich joriy etish; pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqqan holda geografik startap loyihalari asosida tijoratlashtirish salohiyati yuqori iqtidorli o‘quvchi-yoshlarning ilm-fanga keng jalb etilishini rag‘batlantirish; geografiya va iqtisodiyot fanidan o‘qituvchilar uchun amaliy topshiriqlarni bajarishga mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanmalar, o‘quvchilar uchun esa ishchi daftarlarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish; sinflar kesimida elektron darslik va elektron videonamoyishlar to‘plamini yangi dastur asosida takomillashtrish; geografik, iqtisodiy va ekologik bilimlarni oshirishga qaratilgan elektron o‘quv qo‘llanmalar, resurslar yaratish; geografiya fani bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish va iqtidorli o‘quvchilar ishtirokini oshirish.
KONSEPSIYANI AMALGA OSHIRISHDAN KUTILAYOTGAN NATIJALAR.
Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi. O‘quvchilar mantiqiy fikrlashini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, TIMSS) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar hamda topshiriqlarni mustaqil bajarishga va ijodiy, kreativ fikrlash o‘rgatadi. O‘quvchilarda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyekt, jarayon va hodisalar, Vatanimiz tabiiy sharoiti va boyliklari, aholisi va iqtisodiyoti, jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqadorligi, tabiatdan oqilona foydalanish va ishlab chiqarishni oqilona tashkil etishning global va hududiy muammolari haqida ilmiy va amaliy tushunchalarni shakllantiradi. Fanni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda xaritalardan foydalana olish ko‘nikmalari, ekologik, iqtisodiy va geosiyosiy savodxonlikni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quvchilar yaratilgan elektron kitoblar mobil uskunalarga yuklab va ko‘chirib olish maqsadida QR-kod yordamida sinflar kesimida o‘quvmetodik majmualar (innovatsion darslik, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasi) dan tizimli foydalanadilar. O‘quvchilar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim olishga erishadilar. Geografiya va iqtisodiyot fani o‘quvchilarda tabiat, aholi va xo‘jalik haqida tushunchalarni shakllantirish jarayonida fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix fanlariga oid ma’lumotlardan foydalanadi, turdosh fanlar sohasidagi bilimlarni o‘z maqsad va vazifalaridan kelib chiqib mazmunmohiyatiga singdiradi. Geografiya va iqtisodiyot fanini o‘qitish natijasida shakllantiriladigan tushuncha va kompetensiyalar boshqa tabiiy fanlarda o‘rganiladigan obyekt, hodisa va jarayonlar haqida kompleks tasavvurni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Loyiha 19 umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
Foydalanish uchun tavsiya etiladigan o‘quv-uslubiy adabiyotlar ro‘yxati
I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari
1. Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. - T.: “O‘zbekiston”, 2016. - 56 b.
2. Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. - T.: “O‘zbekiston”, 2017. - 48 b.
3. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -T.: “O‘zbekiston”. - 2017.- 102b.
4. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: “O‘zbekiston”, 2017. - 488 b.
5. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - T.: “O‘zbekiston”, 2018. - 80 b.
II. Normativ-huquqiy hujjatlar
1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O‘zbekiston, 2014.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 7- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-son Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 5- sentabrdagi “Xalq ta’limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3931 Qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 -yil 15 -martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi №140-sonli Qarori.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 - yil 6- apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi № 187-sonli Qarori.
III. Maxsus adabiyotlar
Diane Belcher, Ann M. Johns, Brian Paltridge. New directions in English for specific purposes research. The University of Michigan Press. 2011.
Ишмухамедов Р.Ж., Юлдашев М. Таълим ва тарбияда инновацион педагогик технологиялар.– Т.: “Ниҳол” нашриёти, 2013, 2016.–279б.
Муслимов Н., ва бошқалар. Касб таълими ўқитувчиларининг касбий компетентлигини шакллантириш технологияси. 2013 й. Тошкент, «Фан ва технологиялар». 8 б.т.
Сайидаҳмедов Н.С. Янги педагогик технологиялар. – Т.: Молия, 2003. – 172 б.
Абдуғаниев И. ва бошқ. География майдончасида метеорологик кузатишларни олиб бориш.Тошкент. 2010. 32 бет
Маматкаримов А. Қизиқарли география. –Т.: “Тафаккур”, 2011
Рафиков В. Қизиқарли география. –Т.: “Шарқ” НМАК, 2010.
Ниғматов А.Н., Шивалдева Н.С. Иқлим ва биз. –Т.: “Чинор” ЭНК, 2010.
Ваҳобов Ҳ., Мирзахўжаев С. География. -Т.: Вектор-пресс 2011
Абдураззоқова Д. Дарсларда ва амалий машғулотларда инноватцион технологияларни қўллаш бўйича услубий кўрсатмалар.
Абдураззоқова Д. Интерфаол таълимнинг педагогик-психологик
хусусиятлари. Тошкент, 2012.
Йўлдошев Ж.Г., Усмонов С.А. Педагогик технология асослари.-Т, 2001.
Ишмуҳамедов Р.Ж. Инноватцион технологиялар ёрдамида таълим самарадорлигини ошириш йўллари.-Т.:Низомий номидаги ТДПУ, 2004, 2008 (қайта нашр). - 44 б.
Сафин Д.В., Мусина Р.Г. Таълим бериш ва ўқишнинг интерфаол усуллари. Ўқув қўлланма. -1-модул. Интерфаол ўқитишнинг назарий асослари. - Тошкент, 2007.
Қурбонниёзов.Р.География ўқитиш методикаси. Хоразм.2006. 212 бет
Рақибов Ж. Дарсларда ва амалий машғулотларда ЯПТларни қўллаш бўйича услубий кўрсатмалар.Фарғона, 2009.67 бет.
Ғуломов П.Н., Миракмалов М.Т. Топонимика ва географик терминшунослик. -Т.: Университет, 2005.
Ата-Мирзаев О.Б. О современной системе географических наук. «Амалий география фанининг долзарб назарий ва амалий масалалари » – Тошкент: 2008.
Рафиқов А., Вахобов Х., Қаюмов А., Азимов Ш. «Амалий география» – Тошкент: 2008 й.
Вахобов Х. География ўқитиш методикаси. -Т.: 2007
Алимқулов Н.Р., Абдуллаев И.Ҳ., Ҳолмуродов Ш.А. Амалий география. 23. Абдуллаев И.Х., Сейтджелилова Э.С. Амалий география фанини ўқитишда инновацион технологиялар. –Т.:2015
Азизходжаева Н.Н. Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат. – Т.: Молия, 2003. – 192 б.
Samyayev A.K, Yarashev Q.S, Eshquvvatov B.B “ Geografiya fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish metodikasi ”.-Samarqand, 2018 yil. 70-bet
Samyayev A.K, Raximov I.N “ Geografiya darslarida amaliy mashg ‘ulotlarn va PISA tadqiqotlari ”.-T. “ Qamar Media ” nashriyoti, 2022 yil.72-bet
IV. Elektron ta’lim resurslari
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining elektron sayti: www.edu.uz.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining elektron sayti: www.uzedu.uz.
3. Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining elektron sayti: www.multimedia.uz
4. Ijtimoiy axborot ta’lim portalining elektron sayti: www. ziyonet. uz.
5. http: //www.avloniy.uz. А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти электрон сайти
6. t.me/avloniyuz- А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти телеграмм канали
Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test