Ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish.
Ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish.
Reja:
1.Ta’lim mazmuniga mos bo‘lgan AKTni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning turli strategiya va yondashuvlari.
2. “Kundalik” avtomatlashtirilgan ta’lim axborot tizimi.
Ta’limni modernizatsiyalash strategiyasida barcha darajalarda o‘qitish uslublari va texnologiyalarini o‘zgartirish, axborotni tahlil qilish, o‘z-o‘zini o‘rganish, o‘quvchilarning mustaqil ishlarini rag‘batlantirish, mas’uliyatli tanlov va mas’uliyatli faoliyat tajribasini shakllantirishning amaliy ko‘nikmalarini shakllantiradiganlarning og‘irligini oshirish zarurligi ta’kidlangan. Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida qurilgan talabalarga yo‘naltirilgan ta’limga ehtiyoj bor edi.
Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va bir qator xorijiy universitetlar filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalarga o‘qitish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.
Shu bilan birga, respublikaning mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmovchiligi axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv dasturlari va uslublarini takomillashtirish, ta’lim muassasalarining IT-kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirishni taqozo etmoqda.
Axborot texnologiyalarining o‘qitilishini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, mehnat bozorining malakali IT-mutaxassislarga bo‘lgan talabini qoniqtirish, ko‘zda tutilgan hisoblanadi.
“Kundalik” avtomatlashtirilgan ta’lim axborot tizimi.
Nazariy qism
“Kundalik” - o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilari o‘rtasida eng samarali va samarali muloqotni nazarda tutadigan yagona axborot-ta’lim muhitidir.
“Kundalik“ avtomatlashtirilgan axborot tizimini modellashtirish konsepsiyasi. Tizimdagi o‘quv jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini tartibga solish uchun Tizim Administratsiyai tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu konsepsiya foydalanish maqsadidan qat’iy nazar, tizimning barcha foydalanuvchilariga tanishish uchun majburiy bo‘lgan ochiq va ommaviy hujjatdir.
Hozirgi kunda yurtimizda ko‘p maktablarimizda “Kundali.com” platformasi joriy qilinmoqda. “Kundalik.com” platformasi bizga nima uchun kerak deganimizda fan o‘qituvchilari birinchi navbada AKT ya’ni kompyuter vositalaridan, va yana internetdan foydalanishni o‘rganadi.
Birinchi navbatda brauzerga murojaat qilib Kundali.com deb yozamiz va bizga mana shunday oyna chiqadi:
Unda so‘ng kirish tugmasini bosamiz va albatta bizga login parol berilgan bo‘ladi, login parol orqali tizimga kirish tugmasini bosamiz:
Endi tizimga kirish tugmasi bosilganda bizga bosh menyu oynasi ochiladi
Bunda bizda 4 ta menyular oynasi ochiladi ya’ni:
TA’LIM
PROFIL
MULOQOT
ILOVALAR
Endi asosan biz ta’lim yo‘nalishidan foydalanamiz va ish stoli bo‘limidan ishimizni boshlaymiz:
Ish stolida bizda dastlabki holatda darslar yo‘q ya’ni bizda darslar bor vaqtda 4 chorak bo‘yicha qaysi guruhda, soatda ya’ni sinflarda dars bor bo‘lsa albatta sizda dars jadvalida ko‘rsatiladi:Undan so‘ng Mening maktabim bo‘limiga kiramiz va bu bo‘lim ichida quyidagi ketma-ketlik menyular paneli bor albatta bularni ham ko‘rib utamiz;
E’lonlar__
O‘qituvchi__
Taqvim__
Sinflar__
Odamlar__
Guruhlar__
Fayllar__
Bu yerdan E’lonlar bo‘limiga kiradigan bo‘lsak maktabingizdagi yangiliklar har xil e’lonlarni ko‘rib borishingiz mumkin bo‘ladi
O‘qituvchi__bo‘limiga kiradigan bo‘lsak albatta bu yerga o‘zingizga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni doimiy saqlab va qo‘yib borish imkoniyati mavjud va bu fayl qo‘shish tugmasi orqali amalga oshiriladi:
Taqvim__bu bo‘limimizga maktabdagi har kungi hodisalar, jarayonlar aynan shu qismida ko‘rsatib boriladi
Sinflar__Endi siz bu yerdan ixtiyoriy sinfni tanlab olishingiz mumkin, ya’ni siz qaysi sinflarga dars o‘tasiz, ixtiyoriy tanlab olasiz uzingizga kerakli sinflarni va bu yerda aynan o‘sha belgilangan sifdagi o‘quvchilarnigiz va o‘zingizni ma’lumotingizni qo‘shib borishingiz mumkin bo‘ladi:
Odamlar__bu bo‘limga kiradigan bo‘lsak bu yerdan biz uzimizga kerakli bo‘lgan odamlarni topib olishimiz mumkin bo‘ladi ism va albatta sinfini yozgan holatda
Guruhlar__Siz o‘zingiz bu yerga yangi guruh kiritishingiz mumkin hozircha bu yerda guruhlar soni bir nechtadan iborat ko‘rib turganingizdek:
Fayllar__bu bo‘limga kirib siz o‘zingizga kerakli bo‘lgan fayllaringizni yuklab olishingiz mumkin albatta papka yaratgan holda fayllar rasm,audio,video va matnli bo‘lishi ham mumkin:
Endi mening sinflarim bo‘limiga kirib bu yerdan ham bizga kerakli bo‘lgan sinflarga kirib tahrir qilib ishlasak ham bo‘ladi:
Hisobot__bo‘limiga kirib hisobotlarni qanday tayyorlaganligini ham ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi, maktab haqida ma’lumot maktabning nomi va boshqalar
Undan so‘ng bizga va o‘quvchilarimizga eng kerakli bo‘lgan uy vazifasi bo‘limiga kirib o‘quv yili, fan, sinfni tanlab ko‘rib chiqsak bo‘ladi yoki yangi uy vazifa ham qo‘shsak bo‘ladi
Mana hurmatli ustozlar biz kerakli jarayonlarni ko‘rib chiqdek bosh menyuga qaytish uchun Kundalik matni ustiga bosamiz va bosh menyuga qaytamiz
Topshirqlar
1. “Kundali.com” platformasiga kirishni va u bilan ishlashni o‘rganing.
2.Odamlar bo‘limidan uzingizni o‘quvchingizni toping.
3.Profilingizni o‘zgartirib ko‘ring.
4. “Kundali.com” platformasi tarkibi bilan tarnishing.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Pedagogika nazarivasi va tarixi. 1-qism: Pedagogika nazariyasi. (М.X.Toxtaxodjayeva va boshqalar) - Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007. - 380 b.
2. Pirmuxamedova M. Pedagogik mahorat asoslari.- Т.: 2001.
3. Hasanboyev J., va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. Т.: Fan va texnologiya, 2009. - 672 b.
4. Barkamol avlod orzusi //Tuzuvchilar: Sh.Qurbonov, H.Saidov,
RAhliddinov. - Toidirilgan 2-nashri. - Т.: “0 ‘zbekiston Milliy Ensiklopedivasi”, 2000. - 248 b.
Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. - Т.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005,- 149 b.
Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2011. – 420 b.
Ziyomuhammedov B. Pedagogika . T.: “ Turon-Iqbol”, 2006.-111 bet.
Словарь, Психология, Издательство политической литературы – Москва, 1990 г.
Энциклопедия. Общая и социальная психология, М.И. Еникеев, Издательство ПРОИР – Москва, 2002 г.
Umumiy psixologiya, A.V.Petrovskiy, “O‘qituvchi” nashriyoti – Toshkent, 1975 y.
Деловая психология, А.В. Морозов, Издательство Союз – Санкт-Петербург, 2000 г.
Internet manbalar:
http://elibrary.bsu.az/books
https://ru.wikipedia.org/
http://bookz.ru/authors/muhina-valeria
https://www.uzggkb2.by/index.php/ru/novosty/item/157-psikhologicheskoe-zdorove-cheloveka
https://cyberleninka.ru/article/n/psihologicheskaya-gramotnost-i-psihologicheskoe-zdorovie-kak-vozmozhnoe-reshenie-psihologicheskih-problem
https://ppt-online.org/1084876
http://www.psyarticles.ru/view_post.php
Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test