Muammoga asoslangan ta‘lim
Muammoga asoslangan ta‘lim
REJA
1.Muammoli ta'lim tеxnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari
2.Muammoli vaziyatni yaratish va muammoni yechishda qo‘llaniladigan usullar:
Muammoli ta’limning asosiy g’oyasi bilimlarni o‘quvchilarga tayyor holda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo‘yicha o‘quv-tadqiqotlarini bajarish asosida o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat.
O‘zbekistonda muammoli ta’limni qo‘llash bo‘yicha bir necha asrlar davomida maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida o‘quvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda go‘zal nutq tarkib toptirilgan.
Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta’lim usullaridan biri sifatida qo‘llaniladi. Bunda o‘quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va to‘g’ri so‘zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o‘rgatilgan. Masalan, suqrotona suhbatlar deganda o‘qituvchining o‘quvchini mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi noto‘g’ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan holda ularni tuzatish yo‘liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi.Bunday suhbat bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin;
Savol-javoblar orqali o‘quvchining bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini umumiy tarzda aniqlash.
O‘rganilayotgan mavzuning mazmunini o‘quvchi motivlariga muvofiqlashtirish. Bu, asosan, o‘quvchining qiziqish va qobiliyatlariga mos bo‘lgan misollar tanlash orqali amalga oshiriladi.
O‘quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan rag’batlantirish usullaridan foydalaniladi.
O‘qituvchi o‘zini bilmaydigan odamdek, o‘quvchidek tutib, savollar berib boradi.
O‘quvchining to‘g’ri fikrlarini maqtash orqali uni yanada erkin va chuqurroq fikrlashga, so‘zlashga jalb qilish.
O‘quvchining xato fikrlarini aniqlab borish.
O‘quvchining xato fikrlariga nisbatan to‘g’ri fikrni o‘qituvchi tomonidan yaqqol mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tushuntirish orqali o‘quvchi uchun muammoli vaziyat yaratiladi va o‘quvchini o‘z xatolarini o‘zi tuzatishiga yo‘naltiriladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija berishi shubhasiz bo‘lib, ammo buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular o‘qituvchining keng bilimga va ijodiy fikrlash qobiliyatiga, yuqori muloqot madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega bo‘lishi kabilardan iborat.
Muammoli ta’lim – ta’lim jarayonini olib borishda o’quvchilar oldiga yechish uchun muammoni qo’yish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltirish va mashg’ulot davomida uning yechimini topish. Muammo o’qituvchi tomonidan yoki o’quvchilar tomonidan qo’yilishi mumkin.
Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko’rinishga ega.
1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish.
2. Muammoning qo’yilishi.
3. Muammoning yechimini topish.
Muammoli vaziyatni o’quv mashg’ulotlarining barchasida shakllantirish mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko’p shakllantirish o’qituvchiga bog’liq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o’quvchilar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va o’quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o’rgatadi.
Muammoli ta’lim o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi.
Foydalanish uchun tavsiya etiladigan o‘quv-uslubiy adabiyotlar ro‘yxati
I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari
1. Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. - T.: “O‘zbekiston”, 2016. - 56 b.
2. Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. - T.: “O‘zbekiston”, 2017. - 48 b.
3. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -T.: “O‘zbekiston”. -2017.- 102b.
4. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: “O‘zbekiston”, 2017. - 488 b.
5. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - T.: “O‘zbekiston”, 2018. - 80 b.
II. Normativ-huquqiy hujjatlar
1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O‘zbekiston, 2014.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 7- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-son Farmoni.
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 5- sentabrdagi “Xalq ta’limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoni.
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3931 Qarori.
5.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 -yil 15 -martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi №140-sonli Qarori.
6.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 - yil 6- apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi № 187-sonli Qarori.
III. Maxsus adabiyotlar
Diane Belcher, Ann M. Johns, Brian Paltridge. New directions in English for specific purposes research. The University of Michigan Press. 2011.
Ишмухамедов Р.Ж., Юлдашев М. Таълим ва тарбияда инновацион педагогик технологиялар.– Т.: “Ниҳол” нашриёти, 2013, 2016.–279б.
Муслимов Н., ва бошқалар. Касб таълими ўқитувчиларининг касбий компетентлигини шакллантириш технологияси. 2013 й. Тошкент, «Фан ва технологиялар». 8 б.т.
Сайидаҳмедов Н.С. Янги педагогик технологиялар. – Т.: Молия, 2003. – 172 б.
Абдуғаниев И. ва бошқ. География майдончасида метеорологик кузатишларни олиб бориш.Тошкент. 2010. 32 бет
Маматкаримов А. Қизиқарли география. –Т.: “Тафаккур”, 2011
Рафиков В. Қизиқарли география. –Т.: “Шарқ” НМАК, 2010.
Ниғматов А.Н., Шивалдева Н.С. Иқлим ва биз. –Т.: “Чинор” ЭНК, 2010.
Ваҳобов Ҳ., Мирзахўжаев С. География. -Т.: Вектор-пресс 2011
Абдураззоқова Д. Дарсларда ва амалий машғулотларда инноватцион технологияларни қўллаш бўйича услубий кўрсатмалар.
Абдураззоқова Д. Интерфаол таълимнинг педагогик-психологик
хусусиятлари. Тошкент, 2012.
Йўлдошев Ж.Г., Усмонов С.А. Педагогик технология асослари.-Т, 2001.
Ишмуҳамедов Р.Ж. Инноватцион технологиялар ёрдамида таълим самарадорлигини ошириш йўллари.-Т.:Низомий номидаги ТДПУ, 2004, 2008 (қайта нашр). - 44 б.
Сафин Д.В., Мусина Р.Г. Таълим бериш ва ўқишнинг интерфаол усуллари. Ўқув қўлланма. -1-модул. Интерфаол ўқитишнинг назарий асослари. - Тошкент, 2007.
Қурбонниёзов.Р.География ўқитиш методикаси. Хоразм.2006. 212 бет
Рақибов Ж. Дарсларда ва амалий машғулотларда ЯПТларни қўллаш бўйича услубий кўрсатмалар.Фарғона, 2009.67 бет.
Ғуломов П.Н., Миракмалов М.Т. Топонимика ва географик терминшунослик. -Т.: Университет, 2005.
Ата-Мирзаев О.Б. О современной системе географических наук. «Амалий география фанининг долзарб назарий ва амалий масалалари » – Тошкент: 2008.
Рафиқов А., Вахобов Х., Қаюмов А., Азимов Ш. «Амалий география» – Тошкент: 2008 й.
Вахобов Х. География ўқитиш методикаси. -Т.: 2007
Алимқулов Н.Р., Абдуллаев И.Ҳ., Ҳолмуродов Ш.А. Амалий география. 23. Абдуллаев И.Х., Сейтджелилова Э.С. Амалий география фанини ўқитишда инновацион технологиялар. –Т.:2015
Азизходжаева Н.Н. Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат. – Т.: Молия, 2003. – 192 б.
Samyayev A.K, Yarashev Q.S, Eshquvvatov B.B “ Geografiya fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish metodikasi ”.-Samarqand, 2018 yil. 70-bet
Samyayev A.K, Raximov I.N “ Geografiya darslarida amaliy mashg ‘ulotlarn va PISA tadqiqotlari ”.-T. “ Qamar Media ” nashriyoti, 2022 yil.72-bet
IV. Elektron ta’lim resurslari
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining elektron sayti: www.edu.uz.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining elektron sayti: www.uzedu.uz.
3. Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining elektron sayti: www.multimedia.uz
4. Ijtimoiy axborot ta’lim portalining elektron sayti: www. ziyonet. uz.
5. http: //www.avloniy.uz. А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти электрон сайти
6. t.me/avloniyuz- А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти телеграмм канали
Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test