Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari

Pedagog-oʻqituvchilarning talimning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatida samarali foydalanishga oʻrgatish

Reja

1.     Umumta’lim maktablarida ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangilashga qaratilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar.

2.     Umumta’lim maktablarida o’qitish metodikasini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari

 

Mavzuga doir tayanch iboralar: “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahrirda), O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha milliy dasturni tasdiqlash to’g’risida”gi  PF-134 sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11-maydagi “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-241-son Qarori,  “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi, ilg’or xorijiy tajribalar asosida ta’lim sifatini oshirish, jamiyatda o’qituvchi kasbi va nufuzini oshirish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mehnatini rag’batlantirish, ta’lim tizimini raqamlashtirish, ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning infratuzilmasini yaxshilash, mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish, inklyuziv ta’lim jarayonlarini jadallashtirish, pedagog kadrlarni zamonaviy metodikalar asosida o’qitish amaliyotini joriy etish.

 1.     Umumta’lim maktablarida ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangilashga qaratilgan xuquqiy-meyoriy hujjatlar

 

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Davlat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tantanali marosimda ta’kidlaganidek, “O’zbek xalqi bugun tom ma’noda qudratli kuchga aylandi. Moziy guvoh – Renessans boqiy bo’lishi uchun uning poydevori mustahkam bo’lishi kerak. Bugun ana shunday poydevor barpo etilayapti. Keyingi uch-to’rt yilda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijasi poydevorning g’ishtchalaridir. Masalan, keyingi to’rt yilda yurtimizda 43 ta oliy ta’lim muassasasi tashkil etilib, ularning soni 121 taga yetkazildi. Tamomila yangi mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, ijod va ixtisoslashtirilgan va zamonaviy maktablar barpo etildi, maktablarimizda “Tarbiya” fani joriy qilindi. “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi asosida 8 mingdan ziyod o’g’il-qizlarimizning biznes loyihalariga 1,7 trillion so’m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi”[1].

1.     Umumta’lim maktablarida o’qitish metodikasini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari

Pedagog kadrlarni zamonaviy metodikalar asosida o’qitish amaliyoti

joriy etiladi:

-  2022 yil 1 sentyabrga qadar Pedagogika markazlariga aniq va tabiiy fanlar bo’yicha malakali xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi;

-  trenerlar guruhlari shakllantiriladi, ular 20 foiz maktablarda pedagoglar uchun sayyor o’quv mashg’ulot va seminar-treninglar o’tkazadi;

-  trenerlarga faoliyati natijasiga qarab, oylik ish haqiga 100 foizgacha miqdorda qo’shimcha ustama haq to’lab boriladi.

-  2022 yil yakuniga qadar maktab o’qituvchilari uchun “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasida pedagogik faoliyatdan ajralmagan holda amalga oshiriladigan qo’shimcha individual malaka oshirish kurslarini joriy etiladi.

-  Milliy o’quv dasturiga mos ravishda darsliklar, mashq daftarlari hamda pedagoglar uchun o’quv qo’llanmalarni yaratish rejasini tasdiqlash;

-  Xorijiy ekspertlarni o’quv dasturi, o’quv-metodik majmua va darsliklarni yaratish hamda yangilash uchun jalb qilish;

-  Ilg’or tajribaga ega bo’lgan va faoliyatida zamonaviy metodikalarni qo’llaydigan o’qituvchilarni aniqlash tartibini ishlab chiqish va xalq ta’limi vaziri buyrug’i bilan tasdiqlash.

-  Ilg’or tajribaga ega bo’lgan va faoliyatida zamonaviy metodikalarni qo’llaydigan o’qituvchilar ro’yxatini shakllantirish.

-  Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi malaka oshirish muassasalari, umumiy o’rta, o’rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining malakali xodimlari hamda xorijiy mutaxassislardan iborat bo’lgan trenerlar guruhlarini shakllantirish.

-  Trenerlar guruhlari tomonidan joylarga chiqqan holda pedagog kadrlarning bilim va mahoratini baholash hamda baholash natijasi bo’yicha aniqlangan bo’shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan hamda ilg’or metodikalarga asoslangan sayyor o’quv mashg’ulot va seminar-treninglar o’tkazilishini ta’minlash.

  • Yosh mutaxassislar (5 yilgacha pedagogik stajga ega bo’lgan) zimmasiga darsga tayyorgarlik ko’rish jarayonida maxsus pedagogik xarita va dars ishlanmalarini tayyorlash majburiyatini yuklash yuzasidan pedagogik jamoatchilik fikrini o’rganish (so’rov o’tkazish).

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni – Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son.

3. “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to’g’risida”. O’zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. - 2019 yil 30 oktyabr. 03/19/576/3970-son.

4. Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida. O’zbekiston Respublikasining Qonuni. - Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022 y., 03/22/770/0424-son).

5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi PF-5712-son Farmoni. - Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 06.19.5712.3034-son.


Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test