Turli shakldagi axborotlarni tahlil qilish, baholash, boshqarish va yangi ma’lumotlarni yaratish.

Turli shakldagi axborotlarni tahlil qilish, baholash, boshqarish va yangi ma’lumotlarni yaratish.

Reja:

EdrawMax dastur imkoniyatlari.

Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan xozirgi davrda axborot oqimini ko‘p ekanligi undan o‘zimizga foydali va kerakligini ajrata olish ham xozirda muhim va dolzarb muammoga aylanmoqda desak ham bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda o‘quvchi yoshlarni ham ongini zaharlamaydigan engil-elpi axborot oqimlaridan himoya qilish vazifasi ham barchamizning burchimizga aylanib ulgurdi. Turli vositalarda, tarmoqlarda kelayotgan axborotning rost yoki yolg‘on foydali yoki befoyda ekanligini bilish uchun esa barchamiz fikrlashimiz ishonchli va ishonchsiz manbalarni ajrata olishimiz juda muhimdir. Ma’lumotlarning ko‘pligi sinflarda darslarning qiziqarli va mazmunli o‘tishiga ham sabab bo‘layotganligini ham aytib o‘tish muhim. Darslikdagi mavzuga doir, yoki darslikda berilgan ma’lumotlardan tashqari boshqa manbalardan shu mavzuga tegishli bo‘lgan turli tuman qiziqarli ma’lumotlarni qidirib topish o‘qituvchi uchun xozirgi kunda unchalik muammo bo‘lmay qoldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Lekin shu ko‘p ma’lumotni o‘quvchiga yetqazib berish (aynan shu vaqt oralig‘ida) birmuncha qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Shu ma’lumotlarni saralab keraklilarini o‘quvchiga tez va oson va eng asosiysi tushunarli tarzda yetqazish asosiy muammo bo‘lmoqda.

Ma’lumotlarni to‘plab ularni oson usulda bayon etishning usullaridan biri bu infografik materiallar tayyorlash xisoblanadi. Masalan infografik slayd qilishimiz munkin dars uchun yoki xujjat ko‘rinishida plakat ko‘rinishida taqdim etishimiz, qisqagina videorolik tayyorlab olish mumkin. Bu ishlarni amalga oshirish uchun esa amaliy dasturlar bilan tanish bo‘lishimiz kerak. Xozirgi kunda kompyuter savodxonligiga ega bo‘lmaslik xuddi o‘qish yozishni bilmagan o‘quvchi timsolidek gap. Har bir o‘qituvchi minimal darajada bo‘lsa ham kompyuterda amaliy dasturlarda xujjat qilish taqdimot tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur.

Edraw Max – keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan dasturiy vositalardan biri hisoblanadi. Edraw Max dasturida nafaqat tashkiliy sxemalar, tarmoq diagrammalari, blok-sxemalarni, balki UML diagrammalarni, tarmoq diagrammalarini, maʼlumotlar bazasi diagrammalarini, dastur strukturalarini, reja diagrammalari hamda ish jarayonlarini yaratish imkoniyati mavjud.

 

 

 

 

 

 

 

Dasturiy vositdada bir vaqtning oʼzida bitta oynada bir nechta loyiha bilan ishlash mumkin. Shuningdek, vkladkalar bilan ishlash interfeysini ham qoʼllab quvvatlaydi.

Ushbu dasturiy vosita Microsoft Windows oparetsion tizim uchun ishlab chiqarilgan bo‘lib, kompyuterga juda oson o‘rnatiladi. Dastur pullik hisoblanadi, lekin shunga qaramasdan foydalanuvchilar tomonidan uning ko‘plab funktsiyalarga egaligi hamda ko‘p miqdordagi instrumentlarga ega ekanligi sababli keng foydalanib kelinmoqda.

Yutuqlari:

Juda katta grafik imkoniyatlarga ega. U yordamida turli xildagi blok-sxemalar, tashkiliy diagrammalar hamda tarmoq sxemalarini yaratish imkoniyatlari mavjud;

Keng masshtabdagi ranglar, shriftlar, formalar, tasvirlar, matnlar, qoliplar va simvollarga ega;

Dastur interfesi MS Office 2007 dasturining interfeysiga juda ham o‘xshash;

Аniq vaqt birligida yaratilgan maxsulotni chop qilishdan oldin ko‘rish imkoniyati mavjud;

Yaratilgan sxemalar va boshqa mahsulotlarni MS Office 2007 dasturiga o‘tkazish imkoniyati mavjud;

Jadvallarni yaratish imkoniyati mavjud;

2000 dan ortiq klipart shakllarga ega.

Dastur А0, А1 kabi katta formatdagi tasvirlarni yaratish imkoniyatlariga ega.

 

         Edraw Soft Edraw Max – diagramma, grafik, biznes rejalar va boshqa sxemalarni yaratishga moʼljallangan koʼp funktsiyali dasturiy vosita hisoblanadi. Dasturiy vosita nafaqat professional shakldagi blok-sxemalar, tashkiliy sxemalar, tarmoq diagrammalari yoki biznes xaritalarini yaratish, shu bilan birga xaritalar, UM–diagramma, ish jarayoni, yaratiladigan dastur strukturasi, tarmoq diagrammasi, grafiklar, yoʼnaltiruvchi xaritalar hamda maʼlumotlar bazasining xaritalarini yaratish imkoniyatlariga ham ega dastur hisoblanadi.

5000 dan ortiq yaratilgan vektorli simvollari ham mavjudki, ular yordamida diagramma, grafiklarni chiziq juda ham oson va yengil amalga oshiriladi. Dasturdagi mavjud tayyor shablon va misollar asosida turli tipdagi taqdimotlarni va biznes rejalar yaratish imkoniyatlari ham mavjud.

Shuningdek, dasturiy vosita bilan ishlashda bir vaqtning oʼzida bir oynada bir nechta loyihalar bilan ham ishlash imkoniyatlari mavjud.

1. Ushbu dasturiy vositaning mualliflari haqida: «EdrawSoft» - EdrawSoft kompaniyasi diagramma va chizma sxemalar uchun asosiy provayder hisoblanadi. 2004 yilda asos solingan ushbu kompaniya web-dasturlari uchun turli tipdagi grafik komponentlar hamda diagrammalarni ishlab chiqish bilan shugʼullanadi. EdrawSoft dasturiy taʼminoti yangi texnologiyadagi grafiklar, tashkiliy strukturalar, blok-sxemalar, HR-diagrammalar, ish jarayoni sxemalari va maʼlumotlar oqimi, fizik va mantiqiy tarmoq sxemalar va boshqa shakllarni ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi.

2.  Dasturiy taʼminotni yaratilish davri 2004-2011 yillarni oʼz ichiga oladi.

3. Ko‘rinishi dastur va instrumentlar

4. Dasturiy taʼminot vaqtincha tekin, aslida pullik

5. Dastur interfeysi uchun rus va o‘zbek tillari mavjud emas.

6. Dasturni ishlatish uchun alohida registratsiya talab qilinmaydi. Dasturni to‘g‘ridan-to‘g‘ri internet tarmog‘idan ko‘chirib olish mumkin. Shuningdek, dasturni sotib olish ham mumkin.

7. Dasturni funktsional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

 

«Edraw Max» — bu dasturiy taʼminot Edraw funktsiyalari va bibliotekasini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, u talabalar, o‘qituvchilar hamda xususiy strukturadagilar uchun barcha turdagi diagrammalarni yaratish, vizuallashtirish va namoyish qilish uchun o‘zining g‘oyalarini ifodalashga mo‘lajallangan.

8. Foydalanish uchun manbalar: http://www.edrawsoft.com/salesfaq.php - FAQ, foydalanuvchilarga qollanmalar va videodarslari mavjud.

9. Matnlar uchun rus tili, yoki kiril alifbosini qoʼllab quvvatlaydi.

10. Matn va rasmlarni yuklash va foydalanish imkoniyatlari mavjud.

11. Microsoft Project, Excel, Outlook i XML tipida fayllarni saqlash imkoniyatlari mavjud.

12. Dasturga nisbatan cheklanishlar mavjud emas.

13. Dasturiy taʼminot bilan ishlash uchun yordam boʼlimi mavjud.

14. Mobil telefonlarida foydalanish imkoniyati mavjud emas.

Dastur yordamida pedagogik tarqatma materiallar va ular ustida turli 24 ta yo‘nalish bo‘yicha qo‘shimcha amallar bajarish imkonini beradi.

Edraw Max dasturining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

Andozalar uchun katta kutubxona: bitta narsa juda ko‘p shablonga ega bo‘lgan kutubxona.

Fayllaringizni import va eksport qilish: fayllarinni hech qanday muammosiz osongina eksport qilish va import qilish mumkin. PDF, Word, PPT, JPEG, HTML kabi formatlar to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi.

Ko‘plab belgilar: foydalanish mumkin bo‘lgan 50,000 dan ortiq vektor belgilariga kirish huquqiga ega va hatto ehtiyojlarga mos ravishda tahrirlash mumkin.

Dinamik vositalar to‘plami: Edraw dan, u juda moslashuvchan va oson ish jarayonini ta’minlaydigan dinamik asboblar to‘plami bilan ta’minlangan.

Bulutli: Yaratilgan turli xil ishlarni bulut ustiga qo‘yib, boshqalarga osongina ulashish imkoniyatiga ega.

Edraw Max-dan maqsadli foydalanish

Yaratish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar:

oqim sxemalari,

taxta rejalari,

ilmiy rasmlar,

tashkiliy jadvallar,

aql xaritalari,

tarmoq sxemasi,

elektr diagrammasi,

loyiha sxemalarini yaratish oson.

Dasturiy taʼminot bilan ishlash qisqa funktsional tugmalar bilan ishlash imkoniyatlari ham mavjud bo‘lib, ularni quyida keltirib o‘taylik:

Funktsional tugmalar Vazifalari

F1 Help oynasini ochish

Ctrl+1 tanlash

Ctrl+2 Matn instrumenti

Ctrl+Shift+V +Shrift asosida simvol qo‘yish

Ctrl+3 O‘ng tomonga bog‘lovchi

Ctrl+Shift+3 Curved connector.

Ctrl+4 Chiziq instrumenti.

Ctrl+Shift+4 Straight Connector.

Ctrl+5 To‘g‘ri to‘rtburchak instrumenti.

Ctrl+6 Ellipse instrumenti.

Ctrl+7 Bo‘sh chiziq instrumenti.

Ctrl+8 Nuqtali bog‘lash instrumenti.

Ctrl+9 Crop instrumenti.

Ctrl+A Hammasini belgilash.

Ctrl+Shift+A Same angle.

Ctrl+B Font bold.

Ctrl+Alt+B Send back.

Ctrl+Shift+B Send to back.

Ctrl+C Nusxalash.

Ctrl+Shift+C Formatni nusxalash.

Ctrl+E Pen instrumenti.

Ctrl+Alt+E Pencil instrumenti.

Ctrl+Shift+E Lock shape's aspect.

Ctrl+F Font Setup dialog.

Ctrl+Alt+F Bring forward.

Ctrl+Shift+F Bring to front.

Ctrl+G Save as graphics formats.

GLOSSARIY

 

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. Pedagogika nazarivasi va tarixi. 1-qism: Pedagogika nazariyasi. (М.X.Toxtaxodjayeva va boshqalar) - Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007. - 380 b.

2.  Pirmuxamedova M. Pedagogik mahorat asoslari.- Т.: 2001.

3. Hasanboyev J., va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. Т.: Fan va texnologiya, 2009. - 672 b.

4. Barkamol avlod orzusi //Tuzuvchilar: Sh.Qurbonov, H.Saidov,

RAhliddinov. - Toidirilgan 2-nashri. - Т.: “0 ‘zbekiston Milliy Ensiklopedivasi”, 2000. - 248 b.

Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. - Т.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005,- 149 b.

Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2011. – 420 b.

Ziyomuhammedov B. Pedagogika . T.: “ Turon-Iqbol”, 2006.-111 bet.

Словарь, Психология, Издательство политической литературы – Москва, 1990 г.

Энциклопедия. Общая и социальная психология, М.И. Еникеев, Издательство ПРОИР – Москва, 2002 г.

Umumiy psixologiya, A.V.Petrovskiy, “O‘qituvchi” nashriyoti – Toshkent, 1975 y.

Деловая психология, А.В. Морозов, Издательство Союз – Санкт-Петербург, 2000 г.

 

Internet manbalar:

http://elibrary.bsu.az/books

https://ru.wikipedia.org/

http://bookz.ru/authors/muhina-valeria

https://www.uzggkb2.by/index.php/ru/novosty/item/157-psikhologicheskoe-zdorove-cheloveka

https://cyberleninka.ru/article/n/psihologicheskaya-gramotnost-i-psihologicheskoe-zdorovie-kak-vozmozhnoe-reshenie-psihologicheskih-problem

https://ppt-online.org/1084876

http://www.psyarticles.ru/view_post.php


Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test