Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlash.
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlash.
REJA:
1.Inklyuziv ta’lim va uning mohiyati.
2.Inklyuziv ta’limning O‘zbekistonda joriy etilishi va ahamiyati.
3.Imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiylashuvida inklyuziv ta’limning o‘rni.
Respublikamizda olib borilayotgan barcha islohotlarning maqsadi davlatimz kelajagiga mustahkam poydevar qurishdan iborat. Bu poydevor sog‘lom, yetuk va barkamol shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazish natijasida yaratiladi. Shuning uchun ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Ta’lim sohasidagi bu islohotlar bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Mazkur huquqiy me’yoriy hujjatlar doirasi maxsus ehtiyojli bolar ta’lim-tarbiyasini ham qamrab olgan.
Imkoniyati cheklangan yoki maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormoqda. Inkyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bo‘lmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Inkyuziv ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining katta bo‘lmagan qismlari sifatida faoliyat yuritadi. Maxsus ehtiyojli bolalarning maxsus ta’lim tizimda o‘qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek ularning o‘z oilasidan uzoqda bo‘lishlariga majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o‘rganib qoladilar, o‘z-o‘ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko‘plab maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarni rivojlanish darajasi, imkoniyati nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga ko‘ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishini amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmoqda.
Biroq inklyuziv ta’limning mazmun mohiyati to‘g’risidagi bilim va ma’lumotlar hali jamiyatda yetarli emas. «Inklyuziv» va «integratsiyalashgan»
atamalari ko‘pincha bir xil ma’noda ishlatiladi. Shunga qaramasdan falsafada ushbu tushunchalar orasida juda katta farq bor. Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qo‘yilgan birinchi qadamdir. Integratsiyalashgan ta’lim bu-diqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayonidir. Integratsiyalashgan ta’limda bolaga muammo sifatida qaraladi. Bu ta’lim tizimining quyidagicha shakllari mavjud:
A) Jismoniy integratsiya. Integratsiyaning bu shakli nogiron va
nogiron bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga
qaratilgan. Oddiy maktab bilan yonma-yon joyda nogiron bolalar uchun maxsus bo‘lim yoki sinf tashkil qilish mumkin.
B) Funksional integratsiya. Bu shakl nogiron va nogiron bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi funksional muammolarni kamaytirishga
qaratilgan.
V) Ijtimoiy integratsiya. Itegratsiyaning bu shakli ijtimoiy muammolarni kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron
Bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani qo‘llab – quvvatlaydi.
Inklyuziv ta’limning mohiyati shundaki, 1990 yildan buyon maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida bir qancha jahon miqiyosida deklorasiyalar va qarorlar qabul qilindi. Ularni jahonning ko‘plab davlatlari e’tirof etdilar. Ammo bugungi kunga qadar ularni hayotga joriy qilish borasida ko‘plab muammolar mavjud. Ba’zi davlatlarda esa umumiy ta’lim borasida qonun yoki qarorlar qabul qilinganda nogiron bolalarning ta’lim masalasi unga kiritilmaydi. Ammo inklyuziv ta’limni tan olish faqatgina qonun chiqarish bilangina bog‘liq bo‘lmaydi. Diskriminasiya (odamlarni ajratish) va ijtimoiy noto‘g‘ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim narsadir. Ya’ni inklyuziv ta’limni e’tirof etgan holda, aholi o‘rtasida targ‘ibat-tashviqot ishlarini olib borish eng birinchi galdagi masaladir. Inklyuziv ta’lim bu -davlat siyosati bo‘lib, nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng huquqlilik asosida ta’lim tarbiya olishlarini taminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir.
“Ta’lim hamma uchun” – maksadlarini amalga oshirish va maxsus yordamga muxtoj bolalarning tulakonli mukammal ta’lim olishlarini ta’minlash maksadida 1994 yilning 7-10 iyunida Ispaniyaning Salamanka shaxrida YuNESKOning mazkur muammoga bagishlangan ikkinchi yirik Umumjaxon Konferensiyasi bulib utdi. Mazkur Konferensiya ‘‘Salamanka Deklarasiyasi” va aloxida yordamga muxtoj bolalar ta’limining kelgusida ijrosini ga’minlash Ramkasi" deb atalib, shu yili “Salamanka bayonoti va Ish faoliyat rejasi” nomi bilan xukuklar buyicha bayonotlar mazmunini yorituvchi tadbirlar belgilandi.
“Integrasiya’’ – ingliz tilidan olingan bo‘lib, integrative kushiluvchi, birlashuvchi, integration-qo‘shilish, birlashish-degan ma’nolarni bildiradi. Integrasion ta’limgan jaxon mikyosida turlicha yondashishlar
mavjud.
Integrasion ta’lim bu – segregasion ta’limning aksi bulib, bunda maxsus extiyojli bolalar umumta’lim muassasalari tizimiga kiritiladi.
Zaif eshituvchi bolalar – nogironligi bo‘lgan bolalar orasida inklyuziv ta’li.mga erta jalb qilinishi mumkin bo‘lganlar tartibida peshqadamlik kiluvchi bolalardir.
Nogironlik – ba’zi insonlardagi o‘ziga xoslik bulib, biz bu xakida kancha ko‘p bilsak, aloxida e’tiborga muxtoj shaxslarni shuncha yaxshiroq tushunib, ularga yordam kursata olamiz. Barcha tibbiy nogironlik xam ijtimoiy jixatdan nofaol, yani ijtimoiy nogiron bo‘lib qolavermaydi.
To‘siqlar — boshkalar uchun shunchaki bo‘lgan narsalarni tabiiy va oson bajara olmaslik.
Ta'lim - tajribalar almashinishi jarayoni bo'lib, rejali ravishda amalga oshiriladigan "o'qituvchi-o'quvchi" muloqoti, uning natijasida ma'lumot, tarbiya va rivojlanish amalga oshadi.
Tarbiya - insonlar rivojlanishida asosiy rol o'ynaydigan jarayon bo'lib, bir avlod ijtimoiy tajribasining keyingi avlodlar tomonidan o'zlashtirilishi va ularning ijtimoiy hayotga qo'shilishlarini ta'minlab bemvchi zaruriy faoliyatdir.
Refleksiya – Muloqot jarayonida suhbatdoshning tasawurini anglashga harakat qilish, ya'ni uning o‘rnida turib o'ziga baho berishga harakat qilish, ya'ni bu ikkinchi shaxsning idrokiga taalluqli bo'lib, o'ziga birovning ko'zi bilan qarashga harakat qilish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g‘risida”gi Qonuni 2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta‘lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta‘lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta‘limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni.
6. “Salamanka dekloratsiyasi”. – Ispaniya, 1994 y.
Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test