Geografiya fanini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari va o‘qitish metodlari

Geografiya fanini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari va o‘qitish metodlari

Reja: 

1 .Hozirgi zamon an’anaviy ta’limi

2.An’anaviy dars o‘tishning asosiy tarkibiy qismlari

3.Zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish metodlari

4.Interfaol ta’lim nazariyasi

5.Interfaol usullarning maqsadi.

6.Interfaol ta’lim, uning shakllari va ishtirokchilari

7. O‘quvchilarning bilish faoliyatini oshirishda interfaol jarayonning ahamiyati

 

Tayanch tushunchalar: an’anaviy,zamonaviy, hamkorlik pedagogikasi, informatsion metod, reproduktiv metod, frontal metod.

 

1.Hozirgi zamon an’anaviy ta’limi

O‘nlab yillab o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy dars o‘tish ta’limning o‘ziga xos modellaridan biri bo‘lib qolmokda.

An’anaviy dars - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.

O‘quv materiali yangi va ancha murakkab bo‘lganda, an’anaviy dars - ko‘p hollarda ta’lim jarayonining birdan-bir metodi bo‘lib qolmoqda.

Ma’lumki, an’anaviy darsda ta’lim jarayonining markazida o‘qituvchi turadi. Shu bois ba’zida an’anaviy darsni markazida o‘qituvchi turgan o‘qitish usuli deb ham atashadi.

Markazda o‘quvchi bo‘lgan o‘quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi:

      O‘quvchining o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib borish;

      Ilgari egallagan bilimlarni ham inobatga olish;

      O‘qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish;

      O‘quvchi tashabbusi va majburiyatini qo‘llab-quvvatlash;

      Amaliyot orqali o‘rganish;

      Ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta’minlash;

      O‘qish jarayonini to‘gri yo‘lga qo‘yish;

      O‘qituvchi-o‘quvchilar uchun o‘quv jarayonini engilashtiruvchi shaxs;

      O‘quv jarayonini baholash.

An’anaviy dars o‘tish modelida ko‘proq ma’ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an’anaviy dars samaradorligi ancha past bo‘lib o‘quvchilar ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli - tuman o‘quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini ko‘tarilishiga olib kelar ekan.

Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil ragbatlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichikkichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash tadqiqot rolli o‘yinlar metodlarini qo‘llash, rang- barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o‘quvchilarni amaliy mashkdarni mustaqil bajarishga undash, rang-barang baholash usullaridan, ta’lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi.

2.       An’anaviy dars o‘tishning asosiy tarkibiy qismlari

1.Kirish.

-       o‘tgan materialni takrorlash

-       dars maqsadini tushuntirish

-       dars mazmuni va rejasi bilan tanishtirish.

2.       Yangi mavzuni yoritish.

-       yangi mavzuni kichik-kichik bo‘lakchalarga bo‘lib berish

-       rang-barang misollarni imkoni boricha ko‘rgazmali takdim qilish - mavzudan chetlashmaslik

-       materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish - o‘quvchilarning tushunuvchanlik darajasini tekshirib borish - teskari aloqani ta’minlash.

3.                «Teta - poya» mashq

Biror misol (yoki masalani) o‘quvchilar bilan qadamma-qadam hal qilish va tahlil qilish.

4.       Yo‘naltirib turiluvchi mashq.

O‘quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi, o‘qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi.

5.       Mustaqil bajariladigan mashq

O‘quvchilar mashqni mustaqil holda o‘qituvchi yordamisiz bajarishadi.

6.       O‘quvchilar mavzuni  tushunganlik darajasini tekshirish.

7.       Yakunlash

Dars mavzusining asosiy tushunchalari va o‘quv maqsadlarini jamlash.

O‘qitishning zamonaviy modellari

Bu modellarni shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin.

- hamkorlikda o‘rganish modeli

- modellashtirish

- o‘rganishning tadqiqot modeli.

Bu modellar asosan o‘quvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib ularni boshqacha qilib markazda o‘quvchi turgan ta’lim modellari deb ham atashadi.

Modellashtirish - real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o‘quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutuvchi metod.

Hamkorlikda o‘rganish modeli - o‘quvchilarni mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutadigan metod.

O‘rganishning tadqiqot modeli - o‘quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo‘naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko‘zda tutuvchi metod.

An’anaviy (ta’lim jarayoni markazida o‘qituvchi bo‘lgan) metodlarning

Afzalliklari

§   Ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni o‘rganishda foydali.

§   O‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayonini va o‘qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi.

§    Vaqtdan unumli foydalanish.

§    Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi.

Kamchiliklari

§    O‘quvchilar passiv ishtirokchi bo‘lib qoladilar.

§    O‘qituvchining to‘la nazorati barcha o‘quvchilar uchun motivasiyani vujudga keltirmaydi.

§   O‘quvchilar o‘qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi.

§   Eslab qolish darajasi hamma o‘quvchilarda bir xil bo‘lmaganligi sababli, sinf bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib qolishi mumkin.

§    Mustaqil o‘rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratiladi.

Zamonaviy (ta’lim jarayoni markazida o‘quvchi bo‘lgan) o‘qitish metodlarining          

Afzalliklari

Ø  O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi.

Ø  O‘z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi.

Ø  Tushunchalarni amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi.

Ø  O‘qitish usullarining turli xil ko‘rinishlari taklif etilishi.

Ø  Motivasiyaning yuqori darajada bo‘lishi.

Ø  O‘tilgan materialning yaxshi eslab qolishi.

Ø  Muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi.

Ø  O‘z-o‘zini baholashning o‘sishi.

Ø  O‘quvchilarning predmetning mazmuniga, o‘qitish jarayoniga bo‘lgan ijobiy munosabati.

Ø  Mustaqil fikrlay oldaigan o‘quvchining shakllanishiga yordam berish.

Ø  Nafaqat mazmunini o‘zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirish.

Ø  Muammolar yechish ko‘nikmalarning shakllanishi.

Kamchiliklari

Ø  Ko‘p vaqt talab etilishi.

Ø  O‘quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.

Ø  Juda murakkab mazmundagi material o‘rganilayotganda ham o‘qituvchi rolining past bo‘lishi.

Ø  «Kuchsiz» o‘quvchilar bo‘lganligi sababli «kuchli» o‘quvchilarning ham past baho olishi.

O‘qituvchining o‘zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolarni yechish ko‘nikmalariga ega bo‘lishining talab etilishi.

O‘qitish jarayonidagi mavjud an’anaviy ta’lim bilan qurollangan ta’lim muassasalari endilikda o‘z oldiga qo‘yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmani amalga oshirishga ojizlik qilmokda.

Tanikdi metodist olim M.N.Maxmutovning fikriga ko‘ra, o‘quv jarayonini tashkil etishning an’anaviy sxemasi o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini yetarli darajada rivojlantira olmaydi, ularning bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini, fanga bo‘lgan qiziqishlarini qondira olmaydi, faol fikrlashni hamda bilishni e’tiqodga, e’tiqodni esa ongli ijtimoiy maqsadga muvofiq faoliyatga aylantirishni ta’minlay olmaydi.

Maktab, kasb-hunar kolleji va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining ilgor tajribalari yoritilgan materiallarni o‘rganish, shuningdek, kuzatishlar va suhbatlardan ma’lum bo‘lishicha, ularning ko‘pchiligi o‘z amaliy faoliyatlarida kuchsiz avtoritar motivga asoslangan bir xildagi o‘qitish jarayonlarini qisman o‘zgartirgan holda foydalanishadi. Bunday hollarda o‘zlashtirishning yuqori darajasiga deyarli erishib bo‘lmaydi.

Maxsus adabiyotlar

1.  Diane Belcher, Ann M. Johns, Brian Paltridge. New directions in English for specific purposes research. The University of Michigan Press. 2011.

2.  Ишмухамедов Р.Ж., Юлдашев М. Таълим ва тарбияда инновацион педагогик технологиялар.– Т.: “Ниҳол” нашриёти, 2013, 2016.–279б.

3.  Муслимов Н., ва бошқалар. Касб таълими ўқитувчиларининг касбий компетентлигини шакллантириш технологияси. 2013 й. Тошкент, «Фан ва технологиялар». 8 б.т.

4.  Сайидаҳмедов Н.С. Янги педагогик технологиялар. – Т.: Молия, 2003. – 172 б.

5.  Абдуғаниев И. ва бошқ. География майдончасида метеорологик кузатишларни олиб бориш.Тошкент. 2010. 32 бет

6.  Маматкаримов А. Қизиқарли география. –Т.: “Тафаккур”, 2011

7.  Рафиков В. Қизиқарли география. –Т.: “Шарқ” НМАК, 2010.

8.  Ниғматов А.Н., Шивалдева Н.С. Иқлим ва биз. –Т.: “Чинор” ЭНК, 2010.

9.  Ваҳобов Ҳ., Мирзахўжаев С. География. -Т.: Вектор-пресс 2011


Mavzu bo'yicha onlayn test