Fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish . Kvest texnologiyasi metodi

Fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish . Kvest texnologiyasi metodi .

So‘nggi yillarda yurtimizda  ta’lim  sohasida ko‘plab o‘zgarishlar, tom ma’nodagi islohatlar amalga oshirilmoqda. Viloyat va tumanlarda Prezident maktablari, ixtisoslashgan maktablar qurilib, faoliyat ko‘rsatmoqda. Umumta’lim maktablari qaytadan ta’mirlanib, zamonaviy o‘quv jihozlari bilan jihozlanmoqda. Ta’lim muassasalarida  axborot olishning zamonaviy vositalari: kompyuterlar, Internet, interfaol doskalar va boshqalar keng qo‘llanilib boshlandi. Bunday sharoitda ta’limda yangi yondashuvlarni faol qo‘llash bugungi kunning asosiy vazifasidir.   Bugungi kunda  o‘quv jarayonida barcha ishtirokchilardan foydalanish va ularning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, mavjud bilim va ko‘nikmalarni amaliy faoliyatda qo‘llay olish imkonini beradigan zamonaviy interfaol metodlardan foydalanish  kundan-kunga  ommalashib bormoqda.

Zamonaviy talablarga javob beradigan ta’lim texnologiyalariga Kvest-texnologiyalarini ham kiritish mumkin. “Kvest” so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib  - “ izlamoq, qidiruv, sarguzasht ” ma’nolarini anglatadi. O‘tgan asrning 90-chi yillarida  kompyuter texnologiyalari va ular bilan bog‘liq turli xil o‘yinlar hayotimizga kirib keldi. Kompyuter o‘yinlari ayniqsa sarguzasht o‘yin ( “ Djumanji ” kabi,…) lari o‘quvchi yoshlarni kundan-kunga o‘ziga jalb qila boshladi. Maktablardagi odatiy o‘tiladigan darslar ularni qiziqtirmay boshladi( bu holat  O‘zbekistonda XX asrning boshlarida kuzatilgan ) . Farbning rivojlangan davlatlarida o‘quvchi yoshlar soatlab vaqtini uy kompyuterlarida yoki Internet kafelaridagi kompyuterlar qoshida o‘tkazadigan bo‘ladi. Bu holat farb davlatlari uchun “fojea” edi.

Sunday bir davrda ,yani 1995 yilda San-Diego universiteti professorlari Berni Dodj va Tom March  kompyuter o‘yinlari orqali  o‘quvchilarni darslarga qisiqtirish taklifini berdi. Ular taklif etgan o‘yin “ kvest”, keyinchalik “ Kvest texnologiyasi” deb atala boshlandi .Shunday qilib, ta’lim jarayonini individuallashtirish, barcha ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish va ta’lim  ishtirokchilarining rivojlanishi va o‘z-o‘zini anglashi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishga imkon beradigan nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchilar orasida ham tez sur’atlar bilan ommalashib borayotgan ta’lim kvesti yoki kvest texnologiyasi paydo bo‘ldi. Kvest texnologiyasidan foydalanib o‘tilgan darslar-bu kechagi zerikarli darslardan butunlay farq qilib, sinfdagi o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga to‘liq sho‘ng‘ishga imkon beradi va darslarning juda jonli o‘tilishiga olib keladi.

Kvest texnologiyasining afzallik tomonlari quyidagilardan iborat:

-         turli sarguzashtli o‘yinlar orqali o‘quvchini dars mashg‘ulotlariga qiziqtirish;

-          o‘quvchini jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgatish ;

-         o‘yindagi turli jumboqlar orqali o‘quvchini muammoli vaziyatga tushurish va muammoni echishga o‘rgatish;

-          dars mashg‘ulotlarida olgan nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olishga o‘rgatish ;

-         topshiriqlarni bajarish orqali mantiqiy fikrlashga o‘rgatish.

Geografiya darslarida Kvest texnologiyalaridan foydalanilsa darslar yanada qiziqarli o‘tiladi. Buning uchun dars beradigan o‘qituvchi tajribali bo‘lishi, kompyuterni yaxshi bilishi va mavzuga sarguzashtli o‘yinni bog‘lay olishi kerak. Quyida biz Kvest texnologiyasi asosida o‘tilgan geografiya darsidan namuna ko‘rsatamiz:

AQSH ning Gavayi shtatidagi yuqori sinf o‘quvchilaridan biri  uyining tom qismida    “ Xazinalar oroli ” nomli qadimiy qo‘lyozma topib oladi va ma’lumotlar bilan o‘rtoqlarini tanishtiradi. Qo‘lyozmada nomalum orol va uning xaritasi berilgan edi . Ular yozgi kanikul vaqtida “Santa-Mariya” yaxtasini ijaraga olib o‘sha orolga sayoxatga chiqishni rejalashtiradilar. O‘quvchilar sayoxatga uzoq vaqt va puxta tayyorgarlik ko‘rishadilar . Va nixoyat belgilangan kunda ular yo‘lga chiqishdilar.

1-Topshiriq:

O‘quvchilar Gavayi orollaridan ( 200 sh.k,1550 g‘.u) janubga qarab suza boshladi. Ular ekvatorga kelganda yo‘nalishini sharqga qarab o‘zgartiradi va 00 sh.k, 920 g.u. dagi orolga kelib yaxtani to‘xtatadi. O‘quvchilar qo‘lyozmadagi xarita bilan hozirgi xaritani taqqoslab bu yer ……… ekanligini aniqlashadi.

Topshiriqning echimi : O‘quvchilar berilgan ma’lumotlar va xaritadan foydalanib bu yer Galapogos orollari ekanligini aniqlaydi.

2-Topshiriq:

O‘quvchilar Gavayi orollaridan Galapogos orollarigacha qancha masofa suzib o‘tishgan ( Eslatma: meridianlarda 10 yoy uzunligi-111.1 km, ekvatorda 1 yoy uzunligi-111.3 km. ga teng ).

Topshiriqning echimi : O‘quvchilar dastlab 200 sh.k. dan ekvatorgacha suzib borishadi. Bu masofa 20 * 111.1=2222 km, so‘ngra 1550 g‘.u. dan 920 g.u.gacha suzib keladi va bu masofa 1550  - 920  = 630*111.3=7012 km, jami masofa qo‘shiladi:

2222 +7012 = 9234 km

3-Topshiriq:

     O‘quvchilar Gavayi orolidan 2020 yil 15-iyunda soat 12-00 da yo‘lga chiqishdi. Agar  yaxtaning o‘rtacha tezligi soatiga 62 km. ga teng bo‘lsa, o‘quvchilar Galapogos orollariga qaysi sanada va soat nechada etib keladi .

Topshiriqning echimi : O‘quvchilar suzib o‘tgan masofani yaxtaning tezligiga bo‘lamiz. 9234 : 62 = 149 soat . Demak o‘quvchilar masofani 149 soatda suzib o‘tishgan. Bir sutka 24 soatni tashkil etgan holda 149 soatni 24 ga bo‘lamiz. Bunda 6 sutka va 5 soat chiqadi. Bu vaqtni 15-iyun soat 12-00 ga qo‘shamiz. Javob: 21 iyun soat 17-00 bo‘ladi.

4-Topshiriq:

O‘quvchilar xarita bilan suzishib, orollardan biriga yaqinlashadi. Orollar atrofini qora toshlardan iborat qoyalar o‘rab olgan edi. Orolga yaqin borishi va yaxtaning tagini urib olmaslik uchun o‘quvchilar nimani bilishi talab etilardi. Javoblardagi harflarni taxlab kalit so‘z yasang.

1.     a,f,v,r,t,r,e,a

2.     e,n,m,a,d,a,r

3.     o‘,b,i,g‘,z

4.     a,r,q,y,i

Topshiriqning echimi : Bu erda o‘quvchilar 1-chi javobdagi farvater so‘zini topish kerak edi ( eslatma: farvater- chuqur suv osti yo‘li ).

5-Topshiriq:

O‘quvchilar yaxtadan orolga tushib olgach, xarita bo‘ylab xazinani izlay boshlaydilar. Dastlab o‘quvchilar shimolga, so‘ngra shimoli –sharqqa va oxiri janubi-sharqiy yo‘nalish bilan yurib xazina ko‘milgan joyga boradilar va XVII asrga tegishli bo‘lgan oltin tangalar ko‘milgan sandiqchani topishadilar. O‘quvchilar yaxtaga qaytib kelishlari uchun qaysi azimut bilan yurishlari kerak bo‘ladi.

1.     3600, 1350 , 2700

2.     1800, 2250 , 3150

3.     3150, 2250 , 1800

4.     900, 2250 , 1800

Topshiriqning echimi : Bu yerda o ‘quvchilar 3-chi javob yani 3150, 2250 , 1800 azimutlari bilan yaxtaga qaytishadi. Sababi to‘g‘ri orientirlash bilan teskari orientirlash oralig‘i 1800 ga teng bo‘ladi .

 

Foydalanish uchun tavsiya etiladigan o‘quv-uslubiy adabiyotlar ro‘yxati

I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari

1. Mirziyoyev  Sh.M.  “Erkin  va  farovon,  demokratik  O‘zbekiston davlatini  mard  va  oliyjanob  xalqimiz  bilan  birga  quramiz”  mavzusidagi  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  lavozimiga  kirishish  tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. - T.: “O‘zbekiston”, 2016. - 56 b.

2. Mirziyoyev  Sh.M.  “Qonun  ustuvorligi  va  inson  manfaatlarini ta’minlash  -  yurt  taraqqiyoti  va  xalq  farovonligi  garovi”  mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. - T.: “O‘zbekiston”, 2017. - 48 b.

3. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -T.: “O‘zbekiston”. -  2017.- 102b.

4. Mirziyoyev  Sh.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va  olijanob  xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: “O‘zbekiston”, 2017. - 488 b.

5. Mirziyoyev  Sh.M.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - T.: “O‘zbekiston”, 2018. - 80 b.

 

II.  Normativ-huquqiy hujjatlar

1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O‘zbekiston, 2014.

2.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017 - yil  7-  fevraldagi  “O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi  4947-son Farmoni.

3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018-  yil  5-  sentabrdagi “Xalq ta’limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PF-5538-son Farmoni.

4.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018  yil  5  sentabrdagi “Xalq  ta’limi  tizimiga  boshqaruvning  yangi  tamoyillarini  joriy  etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3931 Qarori.

5.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2017 -yil 15 -martdagi “Umumiy  o‘rta  ta’lim  to‘g‘risida  nizomni  tasdiqlash to‘g‘risida”gi №140-sonli Qarori.

6.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2017 - yil 6- apreldagi “Umumiy  o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi № 187-sonli Qarori. 

III. Maxsus adabiyotlar

1.  Diane Belcher, Ann M. Johns, Brian Paltridge. New directions in English for specific purposes research. The University of Michigan Press. 2011.

2.  Ишмухамедов Р.Ж., Юлдашев М. Таълим ва тарбияда инновацион педагогик технологиялар.– Т.: “Ниҳол” нашриёти, 2013, 2016.–279б.

3.  Муслимов Н., ва бошқалар. Касб таълими ўқитувчиларининг касбий компетентлигини шакллантириш технологияси. 2013 й. Тошкент, «Фан ва технологиялар». 8 б.т.

4.  Сайидаҳмедов Н.С. Янги педагогик технологиялар. – Т.: Молия, 2003. – 172 б.

5.  Абдуғаниев И. ва бошқ. География майдончасида метеорологик кузатишларни олиб бориш.Тошкент. 2010. 32 бет

6.  Маматкаримов А. Қизиқарли география. –Т.: “Тафаккур”, 2011

7.  Рафиков В. Қизиқарли география. –Т.: “Шарқ” НМАК, 2010.

8.  Ниғматов А.Н., Шивалдева Н.С. Иқлим ва биз. –Т.: “Чинор” ЭНК, 2010.

9.  Ваҳобов Ҳ., Мирзахўжаев С. География. -Т.: Вектор-пресс 2011

10.  Абдураззоқова Д. Дарсларда ва амалий машғулотларда инноватцион технологияларни қўллаш бўйича услубий кўрсатмалар.

11.  Абдураззоқова Д. Интерфаол таълимнинг педагогик-психологик

хусусиятлари. Тошкент, 2012.

12.  Йўлдошев Ж.Г., Усмонов С.А. Педагогик технология асослари.-Т, 2001.

13.  Ишмуҳамедов Р.Ж. Инноватцион технологиялар ёрдамида таълим самарадорлигини ошириш йўллари.-Т.:Низомий номидаги ТДПУ, 2004, 2008 (қайта нашр). -  44 б.

14.  Сафин Д.В., Мусина Р.Г. Таълим бериш ва ўқишнинг интерфаол усуллари. Ўқув қўлланма. -1-модул. Интерфаол ўқитишнинг назарий асослари. - Тошкент, 2007.

15.   Қурбонниёзов.Р.География ўқитиш методикаси. Хоразм.2006. 212 бет

16.  Рақибов Ж. Дарсларда ва амалий машғулотларда ЯПТларни қўллаш бўйича услубий кўрсатмалар.Фарғона, 2009.67 бет.

17.  Ғуломов П.Н., Миракмалов М.Т. Топонимика ва географик терминшунослик. -Т.: Университет, 2005.

18.  Ата-Мирзаев О.Б. О современной системе географических наук. «Амалий география  фанининг долзарб назарий ва амалий масалалари » – Тошкент: 2008.

19.  Рафиқов А., Вахобов Х., Қаюмов А., Азимов Ш. «Амалий география»  – Тошкент: 2008 й.

20.  Вахобов Х. География ўқитиш методикаси. -Т.: 2007

21.  Алимқулов Н.Р., Абдуллаев И.Ҳ., Ҳолмуродов Ш.А. Амалий география. 23. Абдуллаев И.Х., Сейтджелилова Э.С. Амалий география фанини ўқитишда инновацион технологиялар. –Т.:2015

22.  Азизходжаева Н.Н. Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат. – Т.: Молия, 2003. – 192 б.

23.  Samyayev A.K, Yarashev Q.S, Eshquvvatov B.B “ Geografiya fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish metodikasi ”.-Samarqand, 2018 yil. 70-bet

24.  Samyayev A.K, Raximov I.N “ Geografiya darslarida amaliy mashg ‘ulotlarn va PISA tadqiqotlari ”.-T. Qamar Media nashriyoti, 2022 yil.72-bet

 IV.  Elektron ta’lim resurslari

1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim vazirligining elektron sayti: www.edu.uz.

2. O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligining  elektron sayti: www.uzedu.uz.

3.  Xalq  ta’limi  sohasida  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini rivojlantirish markazining elektron sayti: www.multimedia.uz 

       4. Ijtimoiy axborot ta’lim portalining elektron sayti: www. ziyonet. uz. 

       5. http: //www.avloniy.uz. А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти электрон сайти

      6. t.me/avloniyuz- А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти телеграмм канали

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test