Geografiya fanidagi yangiliklar, kashfiyot va ixtirolar

FANDAGI YANGILIKLAR, KASHFIYOT VA IXTIROLAR 

Reja:

1.Fanning ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha dolzarb muammolar, yangiliklar, ilmiy izlanishlar, dissertatsiyalar, ilmiy, ilmiy-metodik maqolalar, anjumanlar materiallaridan fanni o‘qitishda foydalanish.

2.Geografiya darslarida PISA tadqiqotlari

Kashfiyotlar va ixtirolar

Ilm fan haqida gapirganimizda Kashfiyot yoki ixtiro degan so‘zlarni ko‘p ishlatamiz. Xo‘sh bu ikki so‘z ma'no jihatdan bir xilmi? kashf qildi bilan ixtiro qildi so‘zlari o‘rtasida qanday farq bor?. Aslida bu so‘zlar bir biridan farqli bo‘lgan ikki xil ma'noni bildiradi. Farqi shunday-ki: Misol uchun, tarix fanidan geografik kashfiyotlar degan jumlani ko‘p marta eshitgansiz. Nega endi geografik ixtirolar deyilmaydi? Endi, ixtiro va kashfiyot so‘zlariga alohida izoh bersak. Ixtiro bu avvaldan hayotda mavjud bo‘lmagan yoki hech qayerda bo‘lmagan biror qurilma yoki mexanizmni yaratish. Masalan televizor ixtiro qilinishi degan gapda, televizor avvaldan tabiatda yoki olamda umuman mavjud bo‘lmagan. Kimdir televizorni o‘z qo‘li bilan yasadi va televizor mavjud bo‘ldi. Kashfiyot esa, bu hayotda avvaldan mavjud bo‘lgan, lekin insonlarga noma'lum bo‘lgan va hech kim bilmagan biror yangilikni ochish. Boshqacha aytganda, Dunyoda bor bo‘lib, lekin odamzot bilmaydigan narsani insonlarga ma'lum qilinishi tushuniladi. Masalan, Amerikaning kashf qilinishi deganda, o‘z o‘zidan ma'lumki, Amerika avvaldan yerda mavjud bo‘lgan, biroq, insonlar bu haqda bilishmagan. Shu sababdan kashf qilindi iborasi ishlatiladi. Yana bir misol keltirsak: tortishish qonuni kashf qilindi deyilganda, bu qonun avvaldan olamda mavjud bo‘lgani, biroq bu haqda insonlar bilmaganlar. Haqiqtdan ham, fizika, kimyo, astronomiya va boshqa fanlarda topilgan qonunlar azaldan mavjud, ammo insonlar bu qonunni keyinroq bilib olganlari tufayli qonun kashf qilindi deb aytiladi.

Zarafshon daryosining quyi delta qismi Buxoro va Qorako‘l vohalaridan iborat bo‘lib, ko‘p asrlardan buyon sug’orma dehqonchilik rivojlangan hududlardan biri hisoblanadi. Arxeologlarning ma’lumotlariga ko‘ra bu yerda dastlabki sug’orma dehqonchilik miloddan oldingi IV asrlarda paydo bo‘lgan. Delta aholisi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanib kelgan. Deltaning 80% maydoni qumli cho‘llardan, 20% i voxa landshaftlaridan iborat. Aholining 90% idan ortig’i  vohalarda yashaydi.

XX  asrning 60-yillariga qadar inson xo‘jalik faoliyatining vohalar tabiat komponentlariga, geosistemalariga ta’siri sezilarsiz bo‘lgan. Ammo aholi sonining o‘sishi, yirik sanoat korxonalarining bunyod etilishi, gaz, neft konlarining topilishi, sug’orma dehqonchilikda suv resurslaridan noto‘g’ri foydalanilish, paxtachilikda qo‘llab kimyoviy o‘g’itlarning ishlatilishi, chorva mollari sonining me’yoridan ortiq bo‘lishi vohalar tabiatiga antropogen omilning ta’sirini kuchaytirdi. Buning natijasida havo, suv va tuproq ifloslandi. Ayniqsa, tuproqning tarkibi, strukturasining o‘zgarishi, sho‘rlanishi, ayrim joylarda botqoqlanishi kuchli bo‘ldi. Bu holat esa Zarafshon daryosining quyi qismida  yuz berayotgan cho‘llashish jarayonini yanada ham tezlashtirdi.

Buxoro va Qorako‘l  vohalarida aholi sonining ko‘payishi, yaylovlarda chorva mollari tuyog’i sonining me’yordan ortiq bo‘lishi, pillachilikda ko‘plab buta va butasimon o‘simliklarning ishlatilishi, cho‘l o‘simliklarining degradasiyalanishiga hamda ko‘chma qum barxanlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Tarixiy manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, XIX asrning boshlariga qadar Zarafshon deltasi atroflarida qalin saksovulzorlar bo‘lgan. Bular aholi tomonidan yoqilg’i sifatida, ayniqsa ko‘mir, ishqor (potash) tayyorlashda ayovsiz ishlatilgan. Buning natijasida Za­rafshon deltasi atrofidagi mustahkamlangan qumlar o‘rnida ko‘chma qumlar hosil bo‘lgan. Oqibatda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi choragi davomida delta atrofida ko‘chma qum «dengizi» yuzaga kelgan. Ko‘chma qumlarning bosib kelishi tufayli katta-katta maydondagi ekinzorlar, shaharlar, qishloqlar va cho‘l yaylovlari qum tagida qolib, uning qurboni bo‘lgan. Deltadagi cho‘l hududi Qorako‘l qo‘ylari boqiladigan asosiy yaylovlardan hisoblanadi. Cho‘l yaylovlarida boqilayotgan chorva mollarining soni me’yoridan 1,5-2 barobar ortiqligi kuzatilmoqda. Bu esa o‘simlik dunyosining degradasiyalanishiga va oqibatda ko‘chma qumlar maydonining kengayishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday holat ayniqsa chorva mollari sug’oriladigan quduqlar atrofida kuchli ruy bermoqda.

Bugungi kunda Buxoro va Qorako‘l  vohalari atrofida yashaydigan aholining yoqilg’i resurslari (gaz, ko‘mir, o‘tin) bilan ta’minlanmasligi yoki kam ta’minlanganligi sababli ko‘plab saksovulzorlar qirqilib, o‘tin sifatida foydalanilmoqda. Hududda  yashaydigan, yoqilg’i resurslari bilan ta’minlanmagan har bir xonadon o‘rta hisobda yiliga 1000-1500 tup saksovulni qirqib undan o‘tin sifatida foydalanmoqda. Qum deflyasiyasini kamaytirishga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga karamasdan Zarafshon daryosining quyi qismida qum ko‘chkilari qishloq xo‘jaligiga katta zarar yetkazmoqda.

Buxoro va Qorako‘l  vohalari agrolandshaftlariga antropogen omilning salbiy ta’siri sug’oriladigan yerlarda ayniqsa kuchli. O‘tgan asrning 60-yillariga qadar Zarafshon daryosining quyi qismida suv tanqisligi kuchli bo‘lgan. Vohalarda vujudga kelgan suv tanqisligining oldini olish maqsadida 1962-1975 yillarda Amu-Qorako‘l va Amu-Buxoro mashina kanallari qurilib foydalanishga topshirildi. Za­rafshon deltasining suvga bo‘lgan ehtiyoji deyarli qondirildi. Lekin bu kanallar relyefning qiyaligigi nisbatan teskari oqayotganligi sababli suvning ko‘p qismi bug’lanishga va yerga singishiga sarf bo‘lmoqda. Natijada kanallar atrofida grunt suvlarining sathi ko‘tarilib tuproklarning sho‘rlanishiga va ayrim joylarda botqoqlanishiga olib kelmoqda. Bugungi kunga kelib Buxoro va Qorako‘l  vohalarida oqar  suvlarning 30-40% i filtrasiya va bug’lanishga sarf bo‘lmoqda. Yangi yerlarning o‘zlashtirilishi va agrolandshaftlarni  sug’orishda me’yorga amal qilmaslik oqibatida so‘nggi yillarda Zarafshon daryosining quyi ya’ni del­ta qismida sug’oriladigan yerlarda grunt suvlari sathining ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Bu esa delta agrolandshaftlari tuproqlarining sho‘rlanishiga sabab bo‘lmoqda. Deltaning ayrim joylarida ekinlarni sug’orishda zovur suvlaridan foydalanish oqibatida ikkilamchi sho‘rlanish kuzatilmoqda. Bugungi kunda Zarafshon deltasi agrolandshaftlarining 90% i turli darajada sho‘rlangan.

Zarafshon deltasi agrolandshaftla­rining ifloslanishida kimyoviy o‘g’itlar va pestisidlarning ham ta’siri katta. O‘tgan asrning 80-yillarida Buxoro va Qorako‘l vohalarida har gektar paxta maydoniga 220 kg azot, 120-130 kg fosfor va 50 kg ga yaqin kaliy o‘g’itlari solinib kelingan. Tajriba natijasida shu narsa aniqlandiki, tuproqqa solingan azotning 30-40% ni, forforning 15-20% ni paxta o‘zlashtiradi, pestisidlarning 40-45% i o‘simliklarda, qolganlari esa tuproqda qoladi, havoga ko‘tariladi va 20-25% i suvga yuvilib tushadi (Samoylenko, Yakubova, 1987). Juda ko‘p xo‘jaliklarda paxtadan yuqori hosil olish maqsadida kimyoviy o‘g’itlar me’yoridan bir necha barobar ko‘p ishlatilib ke­lingan. Tuproqlarda, suvda ko‘paygan bu kimyoviy o‘g’itlarning bir qismi, so‘zsiz, sabzavot va poliz ekinlariga, mevalarga o‘tadi, bular orqali esa inson organizmiga ta’sir qiladi. Zarafshon deltasi agrolandshaftlarini zaharlagan yana bir guruh kimyoviy preparatlarga pestisidlar kiradi. Bir necha o‘n yillar davomida paxta va boshqa ekin dalalarida o‘ta zaharli bo‘lib hisoblangan DDT, GXSG, butifos, xloro­fos va boshqalar ishlatilib kelindi. Paxtazorlarning har bir gektariga 54 kg gacha pestisidlar ishlatilib kelindi. Tabiatda uzoq saqlanuvchanligi va inson salomatligiga o‘ta zaharliligi tufayli DDTni ishlatish 1970 yillari rivojlangan chet ellarda man qilindi. O‘zbekistonda esa bu haqdagi ko‘rsatma 1983 yilda amalga oshirildi. Man qilinishiga qaramasdan DDT Buxoro-Qorako‘l vohalarining ko‘plab jamoa xo‘jaliklarida yashirincha ishlatilib kelindi. Natijada vohalarning sug’oriladigan tuproqlarida DDTni qo‘llash man etilganiga o‘n yillab o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan me’yoridan  ortiqligi kuzatilmokda. Zarafshon deltasidagi barcha kanallar, ko‘llar va suv omborlari suvining tarkibida GXSG uchraydi. Ayniqsa, bu zaharli kimyoviy modda Quyimozor suv omborining chiqarish kanalida ko‘p uchraydi. Shuni ham qayd etish lozimki, Buxoro shahri aholisi ichimlik suvini asosan Quyimozor suv omboridan oladi. Zarafshon deltasida yashaydigan aholi ko‘pincha ichimlik suvi sifatida quduqlardan foydalanadi. Quduq suvi tar­kibida ham ochiq suv havzalariga tushadigan kimyoviy o‘g’itlar, pestisidlar uchraydi. Ichimlik suvining tarkibidagi tuz miqdori deltaning shimolidan janubga karab ortib boradi. Tuz miqdori Romitan tumanida 1506 mg, Jondorda 1577 mg, Peshkuda 1828 mg, Kogonda 2520 mg, Olotda 5320 mg ga ortib boradi .

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Zarafshon deltasi agrolandshaftlariga antropogen omilning salbiy ta’siri kuchli bo‘layapti. Antropogen omilning salbiy ta’siri bir qancha sosial oqibatlarga sabab bo‘lmoqda. Deltada yashayotgan aholi o‘rtasida turli xil kasalliklar (qamqonlik, endemik buqoq, gepatit, ginekologik kasalliklar) ko‘paygan.

  Elektron ta’lim resurslari

1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim vazirligining elektron sayti: www.edu.uz.

2. O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligining  elektron sayti: www.uzedu.uz.

3.  Xalq  ta’limi  sohasida  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini rivojlantirish markazining elektron sayti: www.multimedia.uz 

       4. Ijtimoiy axborot ta’lim portalining elektron sayti: www. ziyonet. uz. 

       5. http: //www.avloniy.uz. А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти электрон сайти

      6. t.me/avloniyuz- А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти телеграмм канали

 

 


Mavzu bo'yicha onlayn test