Mavzu: O‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirish yo‘llari TIMSS xalqaro baholash tadqiqotining o‘ziga xos xususiyatlari
Mavzu: O‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirish yo‘llari TIMSS xalqaro baholash tadqiqotining o‘ziga xos xususiyatlari
Pisa tadqiqotining tabiiy-ilmiy fanlar yo’nalishida o’quvchilarning tabiiyilmiy savodxonligi baholanadi. Tabiiy-ilmiy savodxonlik deganda shaxsning tabiiy fanlarga oid tushunchalarni bilishi, faol fuqaro sifatida tabiiy fanlar bilan bog’liq muammoli vaziyatlarni hal qila olishi tushuniladi. Tabiiy-ilmiy savodxon bo’lgan shaxsda quyidagi kompetensiyalar shakllangan bo’ladi [1]: · Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish; · Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash; · Ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish;
Pisa tadqiqotida muntazam ishtirok etib, yuqori natijalarga erishib kelayotgan Singapur davlatida tabiiy yo’nalishdagi fanlarni o’qitishning asosiy maqsadi o’quvchilarnng tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirish etib belgilangan. Ta’lim jarayonida o’quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalarining ko’nikmalarini tarkib toptirishga alohida e’tibor qaratiladi. Tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalari bir qator ko’nikmalarni o’z ichiga oladi. Jumladan, hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasiga quyidagi ko’nikmalar kiradi: · Tabiiy yo’nalishdagi fanlardan tegishli bilimlarni yodga olish va ulardan foydalanish; · Izohlovchi modellar va tasvirlarni anglash, yaratish va ulardan foydalanish; · Tegishli pragnozlar qilish va asoslash; · Izohlovchi farazlarni taklif etish; · Ilmiy bilishning jamiyat uchun amaliy ahamiyatini tushuntirish; Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasiga oid ko’nikmalar quyidagilardir: · Berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini baholash;
Ma’lumotlarning ob’yektivligi va ishonchliligini ta’minlashda olimlar ;tomonidan qo’llniladigan usullarni tavsiflash va baholash; · Ilmiy tadqiq etilishi mumkin o’lgan savollarni farqlash; · Berilgan muammoni ilmiy tadqiq qilish usulini taklif etish; · Berilgan ilmiy tadqiqotda o’rganilayotgan muammoni aniqlash; Ma’lumotlani va dalilarni ilmiy talqin qilish kompetensiyaga oid ko’nikmalar quyidagicha: · malumotlarni tahlil va talqin qilsh hamda tegishli xulosalar chiqarish; · ma’lum bir ko’rinishdagi ma’lumotlarni boshqa ko’rinishda ifodalash; · ilmiy dalil va nazariyalarga asoslangan mulohazalarni ilmiy bo’lmagan qarashlardan farqlay olish; · ilmiy adabiyotlardan olingan matnlardagi faraz, dalil va xulosalarni aniqlash; · turli manbalar(masalan,gazeta jurnal,internet) dan olingan ilmiy mulohazava dalillarni baholash . · O’quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirish uchun quyidagi bilimlar zarur: · Fizik sistemalar (fizika va kimyo fanlari), tirik sistemalar (biologiya fani), yer va fazo sistemalari (geografiya, geologiya, astronomiya)ga oid fanlarining mazmunini bilish; · Ilmiy ma’lumot (bilim)lar olish uchun qo’llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari,shuningdek ,standart tadqiqot jarayonlarini bilishga doir metodologik bilimlar; · Epistemik bilimlar,ya’ni bizning ilmiy tasavvurlarimiz ilmiy tadqiqot metodlari imkoniyatlarini tushunishimiz natijasi ekani, shuningdek ,faraz, gipoteza va kuzatish kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini bilish. PISA topshiriqlarida ifodalangan real, hayotiy muammoli vaziyatlar mansub bo’lgan mavzu sohasi (kontekst) quyidagilarni qamrab oladi.: salomatlik, tabiiy resurslar, atrof-muhit, xavf-xatar, ilm-fan va texnologiya sohasidagi yangi bilimlar. O’z navbatida, kontekstlar uchta darajada bo’ladi: shaxsiy , mahalliy/milliy, global. Shaxsiy darajadagi kontekslar o’quvchi , uning oilasi, o’rtoqlari bilan bog’liq muammoli vaziyatlarni aks ettirsa, mahalliy/milliy darajadagi kontekstlar biror mamlakat, hududga aloqador bo’ladi. Shuningdek, o’quvchilarning tabiiy fanlarga nisbatan munosabati (tabiiy fanlarga qiziqishi, tadqiq etilayotgan masalaga ilmiy yondashuv, atrof-muhit bilan bog’lq masalalardan xabardorlik) ularda tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalarini shakllantirishda muhim sanaladi [2]. O‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonligi kompetensiyalarni shakllantirishda ta’limga faol va interfaol yondashilishi kerak. Passiv yondashuvda o‘qituvchi mavzuni bayon etadi. O‘quvchi ularni tinglaydi va tegishli qismlarini yozib oladi. Uy vazifalarini qo‘llanma, darsliklardan o‘qib o‘rganadi. Bu jarayonda o‘quvchi bilan o‘qituvchi orasida bir tomonlama aloqa o‘rnatiladi. O‘quvchi o‘z darajasida, ya’ni qobiliyati, qiziqishi, istagi, xohishi darajasida o‘zlashtiradi. Unda ta’lim mazmunini o‘zlashtirish kafolatlanmaydi. O‘quvchilarda kompetensiyalar o‘qituvchi tomonidan tayyor aytib berilgan ma’lumotlar bilan shakllanmaydi [3]. Faol yondashuv. O‘qituvchi ta’lim mazmunini bayon etish uchun bor kuchini, mahoratini ishga solib dalil, ko‘rgazmali qurol, didaktik tarqatma materiallar yordamida tushuntirishga harakat qiladi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan mavzu yuzasidan fikr almashadi, ijodiy ishlar, amaliy topshiriqlar beradi. O‘quvchilar uy ishlarini mustaqil ishlash, takrorlash orqali bajaradilar. Bu jarayonda o‘quvchi bilan o‘qituvchi orasida ikki tomonlama aloqa o‘rnatiladi. Ta’lim mazmunini birmuncha o‘zlashtirishga erishiladi. Bunday yondashuvda o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarning elementlari to‘liq bo‘lmasada, shakllanadi. Bunday deyilishiga sabab shuki, kommunikativ kompetensiyaning “kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida guruh a’zolarining javoblarini tinglay olish”, “elementlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z o‘rtog‘iga tushuntirish” yoki ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasining “fizik sistemalarga oid o‘ziga xos jihatlarini bilishi, ularning asosiy jihatlarini, tomonlarini o‘zidan kichik bo‘lgan yoshlarga o‘rgatish jarayonida faol ishtirok etishi”, milliy va umumadaniy kompetensiyaning “insonlarga nisbatan mehr-muruvvat, sahiylik, o‘zgalarning dunyoqarashini hurmat qilishi” kabi elementlari shakllanishi o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati tashkil etilgandagina amalga oshadi. Faol yondashuv esa o‘qituvchi va yakka holdagi o‘quvchining muloqoti ko‘rinishida bo‘ladi [4]. Interfaol yondashuv. O‘quvchilarning o‘zaro fikr (axborot) almashishlariga imkon beriladi: yechimini kutayotgan masalalarni hamjihatlikda muhokama etadilar, yechadilar, vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim topadilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish etadilar. Bir-birlaridan ilhomlanib, ruhiy qoniqish hosil qiladilar. Ta’lim mazmunini to‘la o‘zlashtirishga erishiladi. Interfaol yondashuv o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirishga to‘liq imkon beradi.
TIMSS xalqaro tadqiqotlari
TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) Matematika va tabiiy fanlarni o‘qtish bo‘yicha xalqaro an’analar deb nomlangan xalqaro tadqiqotlari o‘quvchilarning o‘quv yutuqlari sifatini baholash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan har 4 yilda o‘tkaziladi. TIMSS matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha 4- va 8- sinf o‘quvchilari o‘quv yutuqlarini baholash orqali ishtirokchi mamlakatlarda bu fanlar bo‘yicha yutuqlarni kuzatib borish imkonini beradi. O‘quv yutuqlarini baholash uchun o‘quvchilar testdan o‘tkaziladi hamda o‘quvchilar, o‘qituvchilar va maktab ma’murlari so‘rov varaqalarini to‘ldirishadi, shuningdek bu bilan ta’lim natijalariga ta’sir ko‘rsatadigan omillar haqida ma’lumot olinadi.
Uyda topshiriqlar bajarish o‘quvchilarga maktabda o‘rganilgan materialni mustahkamlash imkonini beradi va o‘qituvchilar uchun mavzu bo‘yicha o‘qitish vaqtini uzaytiradi. Natijada, ko‘p miqdorda uy vazifasi olgan o‘quvchilar kam miqdorda uyga vazifa olgan yoki umuman olmagan o`quvchilarga qaraganda yuqori natijalarga erishishi kutiladi. Uy vazifasini bajarish an’analari ko‘p mamlakatlar tomonidan keng tarqalgan. Ba’zi mamlakatlarda 4- sinfda ular kamdan-kam hollarda uyda, asosan tuzatuv maqsadlarida, individual o‘quvchilarni o‘zlarining tengdoshlari bilan materiallarni o‘zlashtirib olishlariga imkon berish uchun so‘raladilar. Umuman olganda, uy vazifasining katta miqdori o‘quvchilarning ta’lim yutuqlari sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Taqdimotni ko'rish