Mavzu: Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlash

Mavzu: Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlash.

REJA:

1.Inklyuziv ta’lim va uning mohiyati.

2.Inklyuziv ta’limning O‘zbekistonda joriy etilishi va ahamiyati.

3.Imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiylashuvida inklyuziv ta’limning o‘rni.

Respublikamizda olib borilayotgan barcha islohotlarning maqsadi davlatimz kelajagiga mustahkam poydevar qurishdan iborat. Bu poydevor sog‘lom, yetuk va barkamol shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazish natijasida yaratiladi. Shuning uchun ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Ta’lim sohasidagi bu islohotlar bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Mazkur huquqiy me’yoriy hujjatlar doirasi maxsus ehtiyojli bolar ta’lim-tarbiyasini ham qamrab olgan.

Imkoniyati cheklangan yoki maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormoqda. Inkyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bo‘lmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Inkyuziv ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining katta bo‘lmagan qismlari sifatida faoliyat yuritadi. Maxsus ehtiyojli bolalarning maxsus ta’lim tizimda o‘qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek ularning o‘z oilasidan uzoqda bo‘lishlariga majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o‘rganib qoladilar, o‘z-o‘ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko‘plab maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarni rivojlanish darajasi, imkoniyati nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga ko‘ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishini amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmoqda.

Biroq inklyuziv ta’limning mazmun mohiyati to‘g’risidagi bilim va ma’lumotlar hali jamiyatda yetarli emas. «Inklyuziv» va «integratsiyalashgan»

atamalari ko‘pincha bir xil ma’noda ishlatiladi. Shunga qaramasdan falsafada ushbu tushunchalar orasida juda katta farq bor. Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qo‘yilgan birinchi qadamdir. Integratsiyalashgan ta’lim bu-diqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayonidir. Integratsiyalashgan ta’limda bolaga muammo sifatida qaraladi. Bu ta’lim tizimining quyidagicha shakllari mavjud:

A) Jismoniy integratsiya. Integratsiyaning bu shakli nogiron va

nogiron bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga

qaratilgan. Oddiy maktab bilan yonma-yon joyda nogiron bolalar uchun maxsus bo‘lim yoki sinf tashkil qilish mumkin.

B) Funksional integratsiya. Bu shakl nogiron va nogiron bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi funksional muammolarni kamaytirishga

qaratilgan.

V) Ijtimoiy integratsiya. Itegratsiyaning bu shakli ijtimoiy muammolarni kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron

Bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani qo‘llab – quvvatlaydi.

Inklyuziv ta’limning mohiyati shundaki, 1990 yildan buyon maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida bir qancha jahon miqiyosida deklorasiyalar va qarorlar qabul qilindi. Ularni jahonning ko‘plab davlatlari e’tirof etdilar. Ammo bugungi kunga qadar ularni hayotga joriy qilish borasida ko‘plab muammolar mavjud. Ba’zi davlatlarda esa umumiy ta’lim borasida qonun yoki qarorlar qabul qilinganda nogiron bolalarning ta’lim masalasi unga kiritilmaydi. Ammo inklyuziv ta’limni tan olish faqatgina qonun chiqarish bilangina bog‘liq bo‘lmaydi. Diskriminasiya (odamlarni ajratish) va ijtimoiy noto‘g‘ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim narsadir. Ya’ni inklyuziv ta’limni e’tirof etgan holda, aholi o‘rtasida targ‘ibat-tashviqot ishlarini olib borish eng birinchi galdagi masaladir.  Inklyuziv ta’lim bu -davlat siyosati bo‘lib, nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng huquqlilik asosida ta’lim tarbiya olishlarini taminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir.

Maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi ularni o‘qish va yozishga o‘rgatish muammolarini ijtimoiy hayotga moslashtirishga ko‘mak

berish, bu ishlarni samarali amalga oshirish, maxsus soha xodimlari hamda

nogron bolalar ota-onalariga amaliy yordam berish kabi masuliyatli ishlar

jumlasiga kiradi. Maxsus yordamga muhtoj bolalar asosiy muamolarini ular o’zlari yashab turgan muxitdan, oiladan uzoqda ta’lim tarbiya berish bilan hal qilib bo’lmaydi. Jamiyat o‘z a’zolariga javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmas ekan, cheklab qo‘yilgan huquq va imkoniyatlar qaytarib berilmas ekan ijtimoiy integratsiyaga erishish qiyin. Maxsus ehtiyojli bolalarni ta’lim tarbiyasida tenghuquqlilik muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo bugungi kunda ham juda ko‘plab bolalar turli xildagi sabablarga ko‘ra ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Inklyuziv ta’limga jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko‘rib chiqish ya’ni mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor: Birinchidan, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar ham sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘zaro faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, sog‘lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi buyukligini nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishni his etadilar. Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan yonma-yon o‘qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi. 

Inklyuziv ta’limning O‘zbekistonda joriy etilishi va ahamiyati.

Bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etilishi kerak. UNICEF inklyuziv ta’limni O‘zbekiston ta’lim tizimiga kiritish masalalari bilan shug‘ullanadi. Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi. O‘tgan yillar davamida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ammo inklyuziv ta’limi tizimini joriy qilish asosan shaharlar miqiyosida bo‘lib qishloqlardagi hududlarda hali-hamon maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqda yoki qishloqlardagi ota-onalar nogiron farzandini shaharlardagi maxsus muassasalarga qatnashlarini ta’minlash uchun qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shuning uchun ham maxsus ehtiyojli bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish barcha hududlarda barcha maxsus ehtiyojli bolalarni qamrab olgan bo‘lishi ta’minlanishi lozim. Inklyuziv ta’lim tizimini qo‘llab –quvvatlashda siyosat asosiy rol o‘ynaydi. Siyosat tomonidan inklyuziv ta’limning qo‘llab-quvvatlanishi bu ta’lim tiziminig samarasini va rivajini ta’minlaydi.

 


Taqdimotni ko'rish