Mavzu: Ispring dasturi va uning imkoniyatlari
Mavzu: Ispring dasturi va uning imkoniyatlari
Multimediali elektron o‘quv kurslarni yaratish imkoniyatini beruvchi pedagogik dasturiy vositalar ichida yuqori reytingga ega bo‘lgan iSpring dasturi haqida to‘xtalib o‘tamiz.
iSpring Free dasturi .PPT, .PPTX, .PPS, .PPSX formatdagi fayllarni Flash (.SWF) va HTML5 formatiga konvertatsiyalash imkoniyatini beradigan mualliflik dasturi hisoblanadi.
Dastur orqali foydalanuvchilar Flash-roliklar va YouTube-video resurslarni PowerPoint taqdimot slaydlariga joylashtirishlari mumkin.
Xususan:
• Yaratiladigan elektron o‘quv kontentlarni SCORM va TinCan tizimlarga o‘tkazish imkoniyatini beradi, bu esa ixtiyoriy LMS (Learning menegment system) bilan integratsiyalashtirish mumkin degani.
• PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot faylining xajmini 97% gacha siqish imkoniyati mavjud
· PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot faylining himoyalanishini ta’minlaydi
Ushbu paket o‘z ichiga 3 ta dasturiy modulni oladi. Ular yordamida audio, video, interaktiv elementlar va testlar bilan boyitilgan onlayn taqdimot materiallari va o‘quv kurslari, har xil so‘rovnomalar, anketalar, interaktiv testlar, 3D kitob kabi bir qancha elektron nashrlar tashkil etish imkoniyati mavjud.
iSpring Suite elektron nashrlar yaratish paketi modullari.
iSpring Suite elektron nashrlar yaratish paketini ushbu manzil orqali yuklab olish mumkin. Dastur avtomatik ravishda MS PowerPoint dasturi menyular satriga o‘rnatiladi va alohida menyuda joylashadi. Elektron testlar yaratish uchun Ispring Quiz Maker moduli tanlanadi va ekranda quyidagi oyna paydo bo‘ladi.(2-rasm)
Ispring Quiz Maker modulining ilk interfeysi
Dastur boshqa elektron testlar yaratish dasturlaridan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
· dasturning ishchi fayli ixtiyoriy kompyuterga ko‘chirib qo‘yilishi va ishlashi mumkin;
· juda kam amallar ketma ketligi bajariladi;
· maxsus bilimlar talab etilmaydi;
· testlarning 11 xil turini yaratish mumkin;
· test savollari va javoblariga rasm, formula va video joylashtirish mumkin;
· test natijalari to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron pochtaga junatiladi;
· dastur litsenziyaga ega va ochiq kalitli ekanligi.
Kompyuterga iSpring Suite dasturlar paketi o‘rnatilgach, Ispring Quiz Maker bloki yordamida elektron testlar tuzish imkoniyati mavjud. Testlar bazasi yaratilgach, darsning qaysi qismida foydalanishiga qarab testlar soni va test o‘tkazish vaqti belgilanadi. Interfeys ko‘rinishini foydalanuvchi ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirish mumkin. Tayyor testlar bazasini yaratib bo‘lgach, uni lokal tarmoq uchun, global tarmoq uchun, hujjat shaklda (MS Word) yoki LMS tizimi uchun saqlash imkoniyati mavjud. Dasturda yaratilgan elektron testlar bazasi ishchi fayli .swf formatda saqlanadi. Demak, ushbu testlar bazasidan foydalanish uchun kompyuterda Adobe Flash Player dasturi mavjudligi yetarli. Dasturda test savollarining quyidagi ko‘rinishlarini yaratish mumkin:
1. Bitta javobli test: bu testning qiyinligi javob variantlarining ko‘pligiga bog‘liq.
2. Ko‘p javobli test: bu test turi yordamida bir necha ma’lumotlar yuzasidan o‘quvchi fikrini aniqlash mumkin.
3. “To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test: bunda anketa savoli ko‘rinishiga mos test turi, javob varianti faqat ikkita bo‘ladi;
4. Yopiq test: bunda javob varianti o‘quvchi tomonidan kiritiladi;
5. O‘zaro moslik o‘rnatish: bunda bir necha savollar o‘zaro javoblari bilan birlashtiriladi;
6. Javoblarni tartiblash: savolning ushbu turida javob variantlari o‘zaro tartiblanadi;
7. Sonni kiriting: savolning javobi sifatida o‘quvchi sonni kiritishi kerak;
8. Bo‘sh joylarni to‘ldiring: matndagi bitta yoki bir necha bo‘sh joylarni kerakli so‘z bilan to‘ldirish talab etiladi;
9. Javoblari keltirilgan savol: savolning bo‘sh qismlarida javoblar variantlari keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob variantlardan to‘g‘risini belgilash mumkin.
10. So‘zlar banki: Matnning bo‘sh joylariga berilgan so‘zlardan keraklilarini tanlab joylashtiriladi. Savolni qiyinlashtirish uchun so‘zlar sonini bo‘sh joylar sonidan ko‘paytirish mumkin.
11. Faol hududni aniqlovchi savol: Savolda rasmdagi qaysidir maydonni belgilash vazifasi joylashtirilgan bo‘lib, ushbu rasmdagi hudud o‘quvchi tomonidan javob berish jarayonida tanlanadi.
ISpring QuizMaker dasturi yordamida testlar yaratish. Informatika va axborot tehnologiyalari fani misolida.
Ispring Quiz Maker modulini ishga tushirish quyidagicha amalga oshiriladi: ПУСК → Все программы → ISpring Suite → ISpring QuizMaker.
ISpring Quiz Maker modulini ishga tushirish
Yuqorida sanab o‘tilgan test turlarini yaratish ketma-ketligi quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Bitta javobli test: bu test turida javob variantlarini keraklicha “Добавить” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin. “Удалить” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin.
Bitta javobli test savoli interfeysi
2. Ko‘p javobli test: bunda savolga tegishli bir yoki bir necha javob variantini belgilash mumkin. Bu test turida ham javob variantlarini keraklicha “Добавить” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin. “Удалить” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin.
Ko‘p javobli test savoli interfeysi
3. “To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test: Bu savol turida javob faqat “to‘g‘ri” yoki “notog‘ri” bo‘lishi mumkin, ya’ni boshqa javob variantlarini qo‘shib bo‘lmaydi.
“To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test ko‘rinishidagi savol interfeysi
4. Yopiq test: Bu test turida javob variantini test topshiruvchi klaviaturadan kiritadi. Ammo tuzuvchi barcha kiritilishi mumkin bo‘lgan javob variantlarini avvaldan kiritib qo‘yishi kerak. Javob variantiga tasvir qo‘shish mumkin emas.
Yopiq test ko‘rinishidagi savol interfeysi
5. O‘zaro moslik o‘rnatish: Juda qiziq test turi hisoblanib, bir savolning o‘zida bir necha savollar banki yig‘ilgan bo‘ladi.
O‘zaro moslik o‘rnatish ko‘rinishdagi savol interfeysi
6. Javoblarni tartiblash: Tartibsiz holda berilgan javoblarni to‘g‘ri tartibda yozish kerak bo‘lgan holda ushbu test turidan foydalaniladi.
Javoblarni tartiblash ko‘rinishdagi savol interfeysi
7. Sonni kiriting: Sonli ko‘rinishdagi javob berilishi kerak bo‘lgan savollar uchun ushbu test turidan foydalaniladi. Bunda javobda ma’lum sondan katta, kichik, katta yoki teng, kichik yoki teng, teng emas kabi variantlardan foydalanish mumkin.
Sonni kiriting ko‘rinishidagi savol interfeysi
8. Bosh joylarni to‘ldiring: Bunda savol tarkibidagi bo‘sh joylarga kerakli javoblarni klaviatura yordamida kiritiladi. Ya’ni to‘gri javobni ko‘rsatilgan joyga yozish talab etiladi. Bunda test tuzuvchi tomonidan bo‘sh joylar bitta yoki bir necha joylashtirish mumkin
Bosh joylarni to‘ldiring ko‘rinishidagi savol interfeysi
9. Javoblari keltirilgan savol: savolning bo‘sh qismlarida javoblar variantlari keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob variantlardan to‘g‘risini belgilash mumkin.
“Javoblari keltirilgan savol” ko‘rinishidagi savol interfeysi
10. So‘zlar banki: Bu savol turida so‘zlarni kerakli joyga joylashtirish talab etiladi. Bo‘sh joylar va ushbu joylar soniga teng so‘zlar banki keltirilgan bo‘ladi.
“So‘zlar banki” ko‘rinishidagi savol interfeysi
11. Faol hududni aniqlovchi savol: Bu savol turida rasm beriladi va ushbu rasmning kerakli qismi javob sifatida belgilanadi. Javob berish jarayonida sichqoncha yordamida kerakli qism tanlanadi.
“Faol hududni aniqlovchi savol” ko‘rinishidagi savol interfeysi
Testlar bazasini sozlash.
Testlar bazasiga barcha savollarni kiritib bo‘linganidan so‘ng, bajarilgan ishni elektron shaklda saqlash kerak bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan elektron testni saqlashdan oldin ayrim sozlashlarni bajarish kerak. Chunki bu sozlashlar elektron testdan foydalanilayotgan vaqtda katta ahamiyatga ega. Buning uchun Ispring dasturining yuqori chap tomonida joylashgan “Настройка” tugmasi bosiladi. Natijada yangi oyna hosil bo‘ladi.
Bu oyna ro‘yxatining birinchi bandi “Основные“ deb nomlangan. Bu bandda elektron testga nom berish, testdan o‘tish balini o‘rnatish, testni bajarishning maksimal vaqtini o‘rnatish va test boshlanishdan oldin tizim topshiruvchining ismini va elektron pochtasini so‘rash funksiyalarini qo‘shish imkoniyatlari mavjud. Bundan tashqari har bir to‘g‘ri javob uchun maksimal ball, tizim test topshiruvchisi tomonidan barcha testlar topshirilmagan holatda ham testni tugatish imkoniyatini va har bir savolga javob berilgandan so‘ng to‘plangan ballni ko‘rish imkoniyatini ham o‘rnatish mumkin. Testga “Informatika fanidan test” deb nom berildi. O‘tish balini umumiy ballning 55 % miqdorida belgiladik. 20 ta savol uchun 30 daqiqa etib belgilandi. Test vaqtida qolgan vaqtni ko‘rsatib turishi belgilanib qo‘yildi.
“Основные” bandini sozlashlarni bajarish
“Навигация” bandi yordamida test savollariga javob berish usullari sozlanadi. Bunda bazada mavjud barcha savollarga javob berish yoki aniq miqdordagi savollar to‘plamiga javob berish, har bir savolga to‘gri yoki noto‘g‘riligi haqida ma’lumot berish, javob berilmagan test savollari mavjud bo‘lsada testni yakunlash imkoniyatlarini sozlash mumkin. Har bir javobda uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini foydalanuvchiga ko‘rsatib ketish mumkin. Yoki test topshiruvchi bu xabarni testning oxirida olishi ham mumkin
“Навигация” bandini sozlashlarni bajarish
“Резултаты” bandi yordamida test natijasiga tegishli ma’lumotlarni sozlash imkoniyatini beradi. Agar test topshiriqlarni yaxshi topshirgan bo‘lsa yoki yetarli ball to‘play olmasa, qanday xabar chiqishi, javoblarni qog‘ozga chop qilish imkoniyatini sozlash mumkin. Bundan tashqari test javoblarini test topshiruvchining elektron pochtasiga jo‘natish imkoniyati mavjud.
“Результаты” bandini sozlashlarini bajarish
“Настройка плеера” bandi yordami elektron test topshirish interfeysini rangi aniqlanadi.
“Настройка плеера” bandini sozlashlarini bajarish
Barcha sozlashlarni bajargandan so‘ng OK tugmasi bosiladi. Endi bemalol elektron testni saqlash mumkin. Buning uchun dasturning yuqori chap tomonida joylashgan “Publikovat” tugmasi bosiladi. Keyin yangi oyna paydo bo‘ladi. Bu oynada elektron test dasturini saqlash kerak bo‘lgan joyni (bizning misolmizda ish stoli ko‘rsatilgan), fayl nomini (bizning misolmizda Informatikadan test savollari), fayl tipini (bizning misolimizda .exe) va dastur oynasi o‘lchamini ko‘rsatish mumkin. Fayl tipi .exe deb belgilanganda, avtomatik ravishda .swf formatda elektron test saqlanadi. Shuning uchun bu elektron testdan foydalanish uchun Adobe Flash Player dasturi o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
So‘ngra “Публиковать” tugmasi bosiladi. Dastur faylni avtomatik ravishda ko‘rsatilgan joyga saqlaydi.
dasturining dasturining “Публиковать” bandida sozlashlarni bajarish
Ishchi stolda yaratilgan ushbu faylni ishga tushirib, test topshirig‘ini topshirish mumkin.
Testlar bazasini bir necha usullarda saqlash
Yaratilgan testlar bazasini to‘rt xil usulda saqlash imkoniyati mavjud. web sahifa, iSpring Online, LMS, Word sahifasi ko‘rinishida saqlash mumkin. Test formati sifatida html, exe, zip arxiv faylni tanlash, test nomini o‘zgartirish, qo‘llanilish ko‘lami, saqlanadigan o‘rni, fayl nomi va flash rolik hususiyatini tanlab “Публиковать” tugmasini bosamiz.
Testlar bazasini bir necha usullarda saqlash
Yuqorida yaratilgan testlar bazasi shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy testlarga qaraganda bu testda bir xillik bo‘lmaydi va o‘quvchilarga bir muncha qiziqarliroq bo‘ladi. Undan tashqari bu interaktiv testlarni rasm, ovoz va formulalar yordamida boyitish imkoniyati mavjudligi ularni yanada qiziqarli va o‘quvchini katta ishtiyoq bilan ishlashga chorlaydi. Oddiy testlardan foydalanish savollari tuzishda ma’lum bir chegarani hosil qiladi. Masalan, musiqa fani o‘qituvchisi faqat nazariyadan savollar tuzishi mumkin, bu dastur yordamida biror bir musiqadan parcha qo‘yib savollar tuzish imkoniyatini yaratadi. Boshqa yo’nalishlar masalan, matematika, fizika, biologiya, geografiya kabi fan o‘qituvchilari ham juda qiziq, interaktiv testlat tuzish imkoniyati mavjud.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Pedagogika nazarivasi va tarixi. 1-qism: Pedagogika nazariyasi. (М.X.Toxtaxodjayeva va boshqalar) - Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007. - 380 b.
2. Pirmuxamedova M. Pedagogik mahorat asoslari.- Т.: 2001.
3. Hasanboyev J., va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. Т.: Fan va texnologiya, 2009. - 672 b.
4. Barkamol avlod orzusi //Tuzuvchilar: Sh.Qurbonov, H.Saidov,
RAhliddinov. - Toidirilgan 2-nashri. - Т.: “0 ‘zbekiston Milliy Ensiklopedivasi”, 2000. - 248 b.
5. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. - Т.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005,- 149 b.
6. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2011. – 420 b.
7. Ziyomuhammedov B. Pedagogika . T.: “ Turon-Iqbol”, 2006.-111 bet.
8. Словарь, Психология, Издательство политической литературы – Москва, 1990 г.
9. Энциклопедия. Общая и социальная психология, М.И. Еникеев, Издательство ПРОИР – Москва, 2002 г.
10. Umumiy psixologiya, A.V.Petrovskiy, “O‘qituvchi” nashriyoti – Toshkent, 1975 y.
11. Деловая психология, А.В. Морозов, Издательство Союз – Санкт-Петербург, 2000 г.
Taqdimotni ko'rish