Mavzu: O’quvchilarning kompetensiyalarini baholash natijalarini tahlil qilish. Tahlillar asosida pedagogik faoliyatiga o’zgartirishlar kiritish
Mavzu: O’quvchilarning kompetensiyalarini baholash natijalarini tahlil qilish. Tahlillar asosida pedagogik faoliyatiga o’zgartirishlar kiritish.
REJA:
1. O‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash natijalarini tahlil qilllish.
2. Milliy o‘quv dasturi bo‘yicha formative va summativ baholashning mazmuni.
Taʼlimda baholash — bu taʼlimdagi turli darajadagi yutuqlar uchun standartlashtirilgan oʻlchovlarni qoʻllash jarayoni. Baholar harflar sifatida (odatda A dan F gacha), diapazon sifatida (masalan, 1 dan 6 gacha), foiz sifatida yoki mumkin boʻlgan umumiy raqamdan (koʻpincha 100 dan) raqam sifatida berilishi mumkin.[1]
Baʼzi mamlakatlarda oʻrtacha ball (GPA) yaratish uchun baholarning oʻrtachasi hisoblanadi . GPA talabaning maʼlum vaqt oraligʻida toʻplagan ballari sonidan foydalangan holda hisoblanadi.[2] GPA koʻpincha oʻrta maktab, bakalavriat va magistratura talabalari uchun hisoblanadi va potentsial ish beruvchilar yoki taʼlim muassasalari tomonidan abituriyentlarni baholash va solishtirish uchun foydalanishi mumkin. Baʼzan faqat GPA deb ataladigan yigʻilgan oʻrtacha ball (CGPA) talabaning barcha kurslari uchun namoyon boʻladigan koʻrsatkichidir
Milliy oʻquv dasturi asosida fanlar chiziqli tartibda emas, spiralsimon tarzda oʻqitiladi. Yaʼni mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom ettiruvchi hamda soddadan murakkabga tomon yoʻnaltirilgan.
Milliy o‘quv dasturi asosida baholash ta’limiy maqsadlarga qay darajada erishganligini namoyish qilish imkonini beradi. Dastur bo‘yicha farmativ va summativ baholashning chegaralari aniqlab berilgan.
Shakllantiruvchi (formativ) baholash (o‘rganish uchun baholash):
Uyga berilgan vazifalar;
Dars paytida beriladigan topshiriqlar;
Savol-javob;
Dars paytida o‘tkaziladigan nazorat ishlari;
O‘quvchilarning darsdagi faolligini kuzatish.
Samarali qo‘llanilganda, formativ baholash o‘quvchilarning bilim olish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi va o‘quvchilarga:
- ularning rivojlanishini nazorat qilish;
- o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash;
- rivojlanish bo‘yicha harakatlar rejalarini tuzish imkoniyatini beradi.
Shakllantiruvchi baholash norasmiy, o‘qitish jarayoniga o‘zgartirish kiritish imkonini beradi, qayta aloqa mavjud. Xulosalovchi (summativ) baholash – ta’lim dasturi yoki uning bir qismi so‘ngida erishilgan natijani rasmiy baholash.
Xulosalovchi (summativ) baholash:
v baho berish:
Ø ta’lim oluvchiga baho berish,
Ø ta’lim beruvchiga baho berish.
v tanlash:
Ø belgilangan talabga javob beradiganlarni tanlash,
Ø cheklangan kvota sharoitida tanlash.
Kontentni baholash asoslangan yondashuvdan ko‘nikmani baholashga asoslangan yondashuvga o‘tiladi
O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:
joriy nazorat — so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar tarzida o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalari muntazam nazorat qilinadi;
oraliq nazorat — chorak tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U yozma nazorat ishi yoki testlar shaklida o‘tkaziladi. Ushbu nazoratda foydalaniladigan materiallar o‘quv fani o‘qituvchisi tomonidan tayyorlanadi.
Oraliq nazoratda nazorat ishlarining miqdori va mavzulari o‘quv dasturiga asoslangan mavzuviy rejada belgilanadi hamda muddati va shakli ko‘rsatiladi;
Nazorat ishlari materiallari namunalariga ijodiy yondashgan holda o‘quv fani o‘qituvchilari bosqichli nazorat materiallariga o‘zgartirishlar kiritishi va ularni uslubiy birlashmalar muhokamasidan o‘tkazib, joriy etishlari mumkin.
Har bir nazorat turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, besh ballik («5», «4», «3», «2», «1») usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
O‘quvchilarning nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari hamda choraklik (yarim yillik) va yillik (yakuniy) baholari, shuningdek, yillik reyting ko‘rsatkich ballari sinf jurnaliga qayd etiladi.
O‘quvchining choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholari va yillik reyting ko‘rsatkich ballari uning tabelida qayd etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli Qarorida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 5712-son Farmonida 2030-yilga kelib, xalqaro tadqiqotlar doirasida reyting bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta‘limi tizimida ta‘lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta‘lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Konsepsiya doirasida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta‘lim dasturlari va yangi davlat ta‘lim standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan.
Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test