Mavzu: Ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish

Mavzu: Ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish.  

Reja:

1.    Ta’lim mazmuniga mos bo‘lgan AKTni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning turli strategiya va yondashuvlari.

2.      “Kundalik” avtomatlashtirilgan ta’lim axborot tizimi.

 

Ta’limni modernizatsiyalash strategiyasida barcha darajalarda o‘qitish uslublari va texnologiyalarini o‘zgartirish, axborotni tahlil qilish, o‘z-o‘zini o‘rganish, o‘quvchilarning mustaqil ishlarini rag‘batlantirish, mas’uliyatli tanlov va mas’uliyatli faoliyat tajribasini shakllantirishning amaliy ko‘nikmalarini shakllantiradiganlarning og‘irligini oshirish zarurligi ta’kidlangan. Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida qurilgan talabalarga yo‘naltirilgan ta’limga ehtiyoj bor edi.

Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va bir qator xorijiy universitetlar filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalarga o‘qitish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, respublikaning mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmovchiligi axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv dasturlari va uslublarini takomillashtirish, ta’lim muassasalarining IT-kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirishni taqozo etmoqda.

Axborot texnologiyalarining o‘qitilishini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, mehnat bozorining malakali IT-mutaxassislarga bo‘lgan talabini qoniqtirish, ko‘zda tutilgan hisoblanadi.

“Kundalik” avtomatlashtirilgan ta’lim axborot tizimi.

Nazariy qism

“Kundalik” - o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilari o‘rtasida eng samarali va samarali muloqotni nazarda tutadigan yagona axborot-ta’lim muhitidir.

 “Kundalik“ avtomatlashtirilgan axborot tizimini modellashtirish konsepsiyasi. Tizimdagi o‘quv jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini tartibga solish uchun Tizim Administratsiyai tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu konsepsiya foydalanish maqsadidan qat’iy nazar, tizimning barcha foydalanuvchilariga tanishish uchun majburiy bo‘lgan ochiq va ommaviy hujjatdir.

Hozirgi kunda yurtimizda ko‘p maktablarimizda “Kundali.com” platformasi joriy qilinmoqda. “Kundalik.com” platformasi bizga nima uchun kerak deganimizda fan o‘qituvchilari birinchi navbada AKT ya’ni kompyuter vositalaridan, va yana internetdan foydalanishni o‘rganadi.

Birinchi navbatda brauzerga murojaat qilib Kundali.com deb yozamiz va bizga mana shunday oyna chiqadi: (1-rasmda)

 

Topshirqlar

  1. “Kundali.com” platformasiga kirishni va u  bilan ishlashni o‘rganing.

2.Odamlar bo‘limidan uzingizni o‘quvchingizni toping.

3.Profilingizni o‘zgartirib ko‘ring.

4. “Kundali.com” platformasi tarkibi bilan tarnishing.

 

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Pedagogika nazarivasi va tarixi. 1-qism: Pedagogika nazariyasi. (М.X.Toxtaxodjayeva va boshqalar) - Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007. - 380 b.

2.  Pirmuxamedova M. Pedagogik mahorat asoslari.- Т.: 2001.

3. Hasanboyev J., va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. Т.: Fan va texnologiya, 2009. - 672 b.

4. Barkamol avlod orzusi //Tuzuvchilar: Sh.Qurbonov, H.Saidov,

RAhliddinov. - Toidirilgan 2-nashri. - Т.: “0 ‘zbekiston Milliy Ensiklopedivasi”, 2000. - 248 b.

5.    Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. - Т.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005,- 149 b.

6.    Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2011. – 420 b.

7.    Ziyomuhammedov B. Pedagogika . T.: “ Turon-Iqbol”, 2006.-111 bet.

8.    Словарь, Психология, Издательство политической литературы – Москва, 1990 г.

9.    Энциклопедия. Общая и социальная психология, М.И. Еникеев, Издательство ПРОИР – Москва, 2002 г.

10. Umumiy psixologiya, A.V.Petrovskiy, “O‘qituvchi” nashriyoti – Toshkent, 1975 y.

11. Деловая психология, А.В. Морозов, Издательство Союз – Санкт-Петербург, 2000 г.

 

Internet manbalar:

1.    http://elibrary.bsu.az/books

2.    https://ru.wikipedia.org/

3.    http://bookz.ru/authors/muhina-valeria

4.    https://www.uzggkb2.by/index.php/ru/novosty/item/157-psikhologicheskoe-zdorove-cheloveka

5.    https://cyberleninka.ru/article/n/psihologicheskaya-gramotnost-i-psihologicheskoe-zdorovie-kak-vozmozhnoe-reshenie-psihologicheskih-problem

6.    https://ppt-online.org/1084876

7.    http://www.psyarticles.ru/view_post.php

 


Taqdimotni ko'rish