Mavzu: Fanni o‘qitishda o‘quvchilar bilish faoliyatini faollashtirish asosida darslarni tashkil etish metodlari. O‘qitish muhitiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar
Mavzu: Fanni o‘qitishda o‘quvchilar bilish faoliyatini faollashtirish asosida darslarni tashkil etish metodlari. O‘qitish muhitiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar.
Kirish:
Zamonaviy o‘qitish tizimi oldidagi muhim vazifa nafaqat insoniyat aniqlagan bilimlarni o‘zlashtirish, balki jamiyat hal etishi lozim muammolar va ushbu
muammolar yechimida o‘quvchining ishtirokini nazarda tutgan holda ta’limni tashkil etishdan iborat. Bunga aynan kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kelgusida kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetentsiyalarini shakllantirishgayo‘naltirilgan ta’limni yo‘lga qo‘yish orqali erishiladi. O‘quvchilar kelgusi hayoti davomida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi,
jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, mazkur jarayonda duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetentsiyalarga ega bo‘lishi lozim. Ma’lumki, o‘rta maxsus, kasb hunar ta‘limi muassasalari zimmasiga ta’lim
tarbiya jarayoni orqali o‘quvchilarda tayanch kompetentsiyalar, jumladan,
kommunikativ, axborot bilan ishlay olish, shaxs sifatida o‘z o‘z ini rivojlantirish kompetentsiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi,
umummadaniy kompetentsiyalar, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetentsiyalarini tarkib toptirish
vazifasi yuklatilgn.
Ta’limtarbiya jarayoniga kompetentsiyali yondoshuv asosidao‘qitish maqsadlariga erishish uchun ta’lim mazmunini boyitish o‘quv jarayonini innovatsion
texnologiyalar asosida tashkil etish va natijalarini tahlil etishga imkon beradigan umumiy prinsiplar yig‘indisi sanaladi. Ular jumlasiga quyidagilarni: o‘quvchilarning mustaqil hayotdagi turli faoliyat va yo‘nalishlardagi
muammolarni o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalar, o‘zlarining hayotiy
tajribalari, kuzatishlari, shaxsiy xulosalariga asoslanib hal etish, zaruriy hollarda
talab etiladigan faoliyatni bekamuko‘st bajarish qobiliyatlarini rivojlantirish;
biologik ta’lim mazmunini tanlash va metodik ta’minotini yaratishda
o‘quvchilarning qiziqishlarini orttirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish,
axloqiy, siyosiy, ekologik muammolarni hal etish, didaktik jihatdan qayta
ishlangan o‘zida o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi
kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash, o‘zlarining hayotiy tajribalari, kuzatishlari
yuzasidan ilmiy xulosalar chiqarishga imkon beradigan bo‘lishiga e’tibor
qaratish; biologik ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda asosiy maqsad o‘quvchilarda DTS bilan
me’yorlangan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, shuningdek, axborot
bilan ishlash,kommunikativ ko‘nikmalarni egallash, matematik savodxonlik,
ijtimoiy faollikka ega bo‘lish, o‘quv muammolarini mustaqil hal etishga doir
tajribalarni egallashlariga sharoit yaratish; ta’lim-tarbiya jarayonining natijalari mazkur jarayonning muayyan bosqichida
erishilgan natijalar, ya’ni o‘quvchilar tomonidan kompetentsiyaga asos
bo‘ladigan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirganlik darajalariga qarab baho beriladi; kompetentsiyali yondoshuvda-o‘qitish maqsadlari o‘quvchilar tomonidan o‘z-o‘zini anglash, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quv maqsadlariga erishish yo‘llarini tushunish,
o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini faollashtirish, o‘quvchilarning shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish orqali jamiyat va mustaqil hayotga moslashuvi, ijtimoiylashuvi kabi ustuvor yo‘nalishlarni mo‘ljallash nazarda tutiladi.
Fanning o„qitilishida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan umumli foydalanish ko„zda tutiladi. Nazariy ma‟lumotlar amaliyot va ko„rgazmalilik bilan mustahkamlangandagina, chuqur bilimga ega bo„lish mumkin. O`quvchilarning “Fizikani o„qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fanini o„zlashtirishlari uchun o„qitishning ilg„or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborotkommunikasiya va pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o„qitishda pedagogik texnologiyalardan “Fikrlar xujumi”, “Klaster” metodi, “Bumerang”, “Skorobey”, “Tarozi”, “Yelpig„ich” texnologiyasi va boshqalardan foydalaniladi. Fanni o„zlashtirishda darslik, o„quv va uslubiy qo„llanmalar, elektron ateriallar, tarqatma materiallar, virtual stentlardan foydalaniladi. Nazariy ma‟lumotlar amaliyot va ko„rgazmalilik bilan mustahkamlashi kerak. Amaliy va laboratoriya mashg„ulotlari kompyuter texnologiyalari yordamida ham o„tkaziladi.
O‘quvchilarni fizika faniga qiziqtirish va fizikani bilishni faollashtirishning bir nechta usullari mavjud. Masalan, fizikani boshlang‘ich kursida o‘quvchilarni xalq ertaklari va matallaridan foydalanish , yaxshi samara beradi. Bu ertak va matallar dars jarayonida, savol-javoblar , qiziqarli kechalar, fizikadan har xil mushoiralar, viktorinalar, quvnoqlar va zukkolar tanlovini o‘tkazishda hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlar qo‘l keladi. Ertak va matallardagi bunday obrazli o‘xshatishlar fizika fanini boshqa fanlar bilan yaqinlashtirish, fizikadagi bir-biriga yaqin bo‘lgan mavzularni birlashtirishda muhim ro‘l o‘ynaydi.
Masalan, fizikaning boshlang‘ich tushunchalari moddiy nuqta, trayektoriya, yo‘l va ko‘chish, vaqt, tezlik kabi kattaliklarni tushuntirishda o‘quvchilarni o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lib qolgan ,, Bo‘g‘irsoq ‘‘ ertagi orqali qiziqtirish muhim ro‘l o‘yanaydi. O‘rmon tomon yo‘l olgan bo‘g‘irsoq trayektoriya orqali o‘rmon yo‘lagidan yurib, yo‘lida har xil hayvonlarga duch keladi. Qo‘shiq aytib berib, vaqtdan yutadi. Bu vaqt har xil hayvonlarda har xil bo‘ladi. Bu mavzularda bo‘g‘irsoqning shakli sababli harakatining osonligi yo‘lning notekisligi harakatga salbiy ta‘sir qilmaydi. Ertak orqali ko‘chish, yo‘l, trayektoriya, tezlik ,vaqt kabi fizik kattalikar o‘quvchilarga qiziqarli qilib tushuntiriladi.
FOYDALANISH TAVSIYA ETILADIGAN O‘QUV-USLUBIY ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari
1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017-yil 14-yanvar // Sh.M. Mirziyoyev. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 104 b.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. (2020-yil 29-dekabr).
II. Normativ-huquqiy hujjatlar
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2021.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son.
5. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF−6108-son Farmoni.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarori.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ−4963-son qarori.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamsining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi 321-son qarori.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907 son qarori.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son qarori.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 2016-yil 7-apreldagi 107-son qarori.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘quv asbob-uskunalari va anjomlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2017-yil 2-iyundagi 345-son qarori.
III. Maxsus adabiyotlar
1. Djaylavov A. Ta’lim sohasida interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish texnologiyalari (malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun uslubiy qo‘llanma). – A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI, 2016.
2. Ishmuhamedov R.J, Yuldashev M.A, “Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar”. – T.: “Nihol” nashriyoti, 2013.
3. Paxrutdinov Sh. Global axborot jamiyati va mediata’lim. –T.: 2015.
4. Rustamova N. Mediata’lim va mediamadaniyat: nazariya va amaliyot. –T. “Muharrir” 2015.
5. Saidov U. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. ‒T.: “Akademiya”, 2007.
6. Tolipova J.O. Pedagogik texnologiyalar – do‘stona muhit yaratish omili. – T.: YUNISEF, 2005.
7. Asadov Y., Musurmanov R. О‘smirlar deviant xatti-harakatining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari (diagnostika, profilaktika, korreksiya). – Toshkent, 2011.
8. Asadov Y.M. Ruhiy holatlar diagnostikasi va korreksiyasi. –T., 2000.
9. Dо‘stmuhamedova Sh.A. О‘qituvchilarning о‘quv faoliyatlarini boshqarish psixologiyasi. – T., 2000.
10. G‘oziyev E. Pedagogik psixologiya asoslari. – T.: “О‘qituvchi”, 2000.
11. Sodiqov B. “Deviant xulq bolalar psixologiyasi”. Termiz, 2010.
12. Xurvaliyeva T. Maktabda psixologik xizmatni tashkil etish. – A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI, 2006.
13. Yadgarova G.T. “Tarbiyasi qiyin guruhga mansub bolalar bilan ishlash”, uslubiy qо‘llanma, Toshkent, 2007
14. Yо‘ldoshev U.A., Pо‘latov M. Amaliy psixologning ish kitobi. – Navoiy, 2000.
15. Акимова М.К., К.М.Гуревич. Психологическая диагностика. Москва, 2005.
16. Романова Е.С. Психодиагностика: Учебное пособие.- СПб.: Питер, 2005.- 400 с
17. Maktab fizika darsliklari
IV. Elektron ta’lim resurslari:
1. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari Milliy bazasi.
2. www.eduportal.uz – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot-ta’lim portali.
3. www.rtm.uz – Respublika ta’lim markazi sayti.
4. www.dtm.uz – Respublika test markazi sayti.
5. www.markaz.tdi.uz – Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi sayti.
6. www.edunet.uz – maktablar, o‘quvchi va o‘qituvchilar sayti.
7. www.ziyonet.uz – ZiyoNET ta’lim axborot tarmog‘i.
8. http://khanacademy.org – Xan akademiyasi masofaviy ta’lim portali.
9. https://www.coursera.org – Onlayn ta’lim platformasi.
Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test