Mavzu: Ta’lim tarbiya jarayonini isloh qilishda tabiiy fan o‘qituvchilari oldida turgan muhim muammolar va ularning yechimi.

Mavzu: Ta’lim tarbiya jarayonini isloh qilishda tabiiy fan o‘qituvchilari oldida turgan muhim muammolar va ularning yechimi.

Kirish:

O’zbekistonda fizika fanining rivojlanishi, mashhur olimlar, ularning maktablari.

Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ulkan ilmiy meros jahon fani taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan, ularning d avomchilari bo‘lgan mamlakatimiz olimlari ham o‘z ilmiy maktablarini yaratgan. Ularning ba’zilari bilan tanishamiz.

Sodiq Azimov (1914–1988)

Sodiq Azimov – fizik olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati.

S. Azimov yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi sohalarini rivojlantirgan olimlardan biri.

Olim ekologik toza energiya manbalarini rivojlantirish bilan bir qatorda katta Quyosh pechi(sandon)ni yaratishda katta hissa qoshgan.  S. Azimov rahbarligida 1988-yili Toshkent viloyati (Parkent tumani)dagi qurilish maydonida katta Quyosh sandoni ishga tushirilgan.

Akbar Otaxo‘jayev (1909–1976)

Akbar Otaxo‘jayev – fizik olim, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekiston  Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati. Olim suyuqliklarning fizik xossalarini optik usullar yordamida o‘rgangan.

Ubay Orifov

Ubay Orifov – fizik olim, davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi,  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati.

Olimning asosiy ilmiy ishlari fizik elektronika, yadroviy va radiatsion fizika, gelioenergetika sohalariga bagʻishlangan.

Muxtor Saidov

Muxtor Saidov – fizik olim, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Rossiya Federatsiyasi texnologiya fanlari Akademiyasi  akademigi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti hamda O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati.

Olimning ilmiy ishlari yarimoʻtkazgichlar materialshunosligi  va qattiq jismlar elektronikasi, yorugʻlik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi yarimoʻtkazgich asboblar fizikasi va texnologiyalari muammolarini yechishga bagʻishlangan.

Poʻlat Habibullayev

Poʻlat Habibullayev – fizik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekis- ton Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomida- gi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati. Olim fizika sohasining akustika, yadro fizikasi, optika va lazer fizikasi kabi yo‘nalish- larida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan.

Behzod Yo‘ldoshev

Behzod Yo‘ldoshev – fizik olim, davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘z- bekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati.

Olim Vashington (AQSh) va Kembrij (Buyuk Britaniya) universitetlari faxriy doktori, Islom dunyosi fanlar akademiyasi (The Islamic World Academy of Sciences, IAS) akademigi, Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Dubna shahri, Rossiya) faxriy doktori, Xalqaro fanlar akademiyalari assotsiatsiyasi (MAAN) akademigi.

Olimning ilmiy tadqiqot ishlari elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va tibbiyot sohalarida yad- ro texnologiyalaridan foydalanish kabi masalalarni qamrab olgan.

Qodir G‘ulomov

Qodir G‘ulomov – fizik olim va jamoat arbobi. U Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Islom dunyosi fanlar akademiyasi (The Islamic World Academy of Sciences, IAS)ning haqiqiy a’zosi. Shvetsiyadagi Lund Universitetining professori, Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati.

G‘ulomov Qodir G‘afurovich yuqori energiyali yadro fizikasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis. Olim yuqori energiyali zarracha- larni tezlatish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish taklifini bergan va bu eksperimentda dunyoning yirik universitet hamda ilmiy markazlarining olimlari ishtirok etgan.

Bobomurod Ahmedov

Bobomurod Ahmedov – fizik olim, O‘zbekiston Respubli- kasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. Olimning ilmiy yutuqlari jahon miqyosida tan olinib, 2018-yili Butunjahon fanlar aka- demiyasi (The World Academy of Sciences, TWAS) va 2020-yili Islom dunyosi fanlar akademiyasi (The Islamic World Academy of Sciences, IAS) a’zoligiga saylangan. Bobomurod Ahmedov gravitatsiya, umumiy nisbiylik nazariyasi, yadro va relyativistik astrofizika sohalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisdir.

Oblokul Kuvandikov

Oblokul Kuvandikov – fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor. Xalqaro pedagogika fanlar akademiyasi muxbir a’zosi.

Olimning ilmiy tadqiqot ishlari elektr va magnit hodisalar fizikasi muammolariga bag‘ishlangan. Olim nometall atomlarning metall kristall panjara elektr maydoniga taʼsirini o‘rgangan.

Ta’lim tarbiya jarayonini isloh qilishda tabiiy fan o‘qituvchilari oldida turgan muhim muammolar va ularning yechimi.

Fan – tabiatni o‘rganishga va o‘zgarti- rishga imkon beradigan bilimlar dunyosi.

Tadqiqotlar davomida yangi bilimlar paydo bo‘ladi. Atrofimizni o‘rab turgan tabiat jonsiz jismlar, tirik organizmlar, jarayon va hodisalarni o‘z ichiga oladi. Ular tabiiy fanlarning tadqiqot obyekti va predmeti bo‘lishi mumkin.

Tabiiy fanlar - kuzatuv va tajribalarga, dalillarga asoslanib, tabiat hodisalarini tasvirlash, bashorat qilish, tushunish, qaror qabul qilish, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantiradi

  Tabiiy fanlar o‘z ichiga biologiya, geografiya, fizika va astronomiya, kimyo, matematika o‘quv fanlarini qamrab oladi hamda ularning o‘zaro integrasiyasini ta’minlaydi.         

ILMIYSAVODXONLIK  KOMPETENSIYASI

ü     nazariy bilimlar asosida turli tabiiy obyektlar, hodisa va jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini  biladi, tasavvur qiladi va mohiyatini tushunadi;

ü     kundalik hayotda kuzatadigan tabiiy hodisa va jarayonlarni tabiiy fanlarga oid atamalar, tushunchalar hamda umumiy qonuniyatlarni olgan bilim, ko‘nikma va malakalariga tayanib tushuntiradi, amalda qo‘llaydi;

ü     turli axborot manbalarida berilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi, saralaydi, ulardan ta’limiy maqsadlarda foydalanadi va muloqot jarayonida bildirilgan fikrlarni tushunadi, mustaqil va ijodiy fikrlaydi;

ü     jamiyatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, fan-texnika yangiliklaridan  xabardor bo‘ladi hamda o‘z faoliyatini kreativ rivojlantira oladi;

ü     salomatlik va sog‘lom turmush tarzining nazariy hamda amaliy asoslarini biladi.

ü     turli tadqiqotlarni rejalashtiradi, loyihalashtiradi, amalga oshirish usullarini taklif etadi. 

AMALIY KOMPETENSIYA

Ø     tabiiy fanlardan egallagan bilim, konikma va malakalaridan shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida vujudga keladigan muammolarni hal etishda  qollay oladi;

Ø     tabiiy fanlarga oid tadqiqotlarni amalga oshirish usullaridan foydalanadi;

Ø     hodisalarni kuzatadi, taqdimotlar, tajribalar o‘tkazadi va zaruriy kattaliklarni asboblar  (sekundomer, tarozi, o‘lchov tasmasi, termometr va h.k) yordamida o‘lchaydi, hisoblash ishlarini bajaradi;

Ø     turli jihozlarni ishlatishda xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi  va oqilona foydalanadi;

Ø     Turmush sharoiti va yashash hududining tabiiy rivojlanishiga amaliy ko‘nikmalarini safarbar etadi;

Ø     atrof muhit va ekologiyaga salbiy ta'sir etuvchi omillarni bartaraf etadi hamda asraydi va o‘z faoliyatida sog‘lom turmush tarziga amal qiladi;

Ø     kundalik faoliyatida ijodiy va mantiqiy fikrlab, o‘zining intellektual rivojlanishini ongli rejalashtiradi, o‘quv faoliyati natijalarini nazorat qiladi va baholaydi.

MILLIY O‘QUV DASTURI

 

v     Tabiiy fanlar” ga ajratilgan haftalik o‘quv soatlari ko‘paytirildi (2-3-4-sinflarda 2 soatdan (amalda 1 soatdan) etib belgilandi;

v      amaliy mashg‘ulotlar ulushi 0 foizdan 50 foizga yetkazildi;

v      o‘quvchilarning nazariy olgan bilimlarini hayotda qo‘llash, xalqaro baholash standartlariga mos keluvchi topshiriqlar bilan ishlash uchun kichik loyiha ishlariga alohida soatlar ajratildi;

v      o‘quvchilarga qo‘yiladigan malaka talablari sinflar kesimida belgilandi;

v     fanlararo uzviyligi ta’minlandi, murakkab mavzular tegishli yuqori sinf o‘quv dasturlariga o‘tkazildi;

v      spiralsimon (oddiydan murakkabga) o‘qitishga yo‘naltirildi.


Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test