Mavzu: O‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash natijalarini tahlil qilish. Tahlillar asosida pedagogik faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritish

Mavzu: O‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash natijalarini tahlil qilish. Tahlillar asosida pedagogik faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritish

Pedagogik mahoratni egallash va rivojlantirishda (malaka oshirish, takomillashtirishda) o‘qituvchi o‘zi bilgan va o‘rgangan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalami shakllantirib boradi. Demak o‘qituvchi kasbiy mahoratini oshirishga intiladi. Uning chegarasi bormi? Bizga ma’lumki, bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik mahorati aslida pedagogika oliy ta’lim muassasalarida rasmiy ravishda egallanadi va bunga tajribali ustozlar, olimlar jalb etiladi. So‘ngra o‘quv-tarbiyaviy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi hujjat bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, ba’zan yosh o‘qituvchining tajribasi va malakasi yetarli emaslig ham tan olinadi. Demak, o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligini yanada oshirish uchun, awallo uning malakasini oshirishga sabab bo‘ladigar pedagogik mahoratini shakllantiradigan zamonaviy manbalarni omillarni, vosita va metodlarni izlab topish zarur. Ushbu yondashuv o‘qituvchi pedagogik mahoratini rivojlantirish muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’kidlash joizki, har bir o‘qituvchi ko‘nikma va malakalarini oshirish bilan birga, o‘z kasbiga sadoqatli bo‘lishi, uni sevishi hamda uzluksiz takomillashtirib borishi shart. Bunda belgilangan maqsad sai intilish, albatta pedagogik mahoratning eng yuksak cho‘qqilarini egalashga ishonch - o‘qituvchi uchun muhim ahamiyatga ega Hozirgi zamon ilmiy pedagogik tadqiqotlar tahliliga ko‘ra, o‘qituvchining kasbiy mahoratini oshirish muammolarini hal etish quyidagicha talqin etiladi:

- o‘quv - tarbiyaviy jarayonni eng qulay uslublarini topish va joriy etish,

- o‘z mehnatini muntazam ilmiy asosda tashkil eta olish;

- o‘qituvchi pedagogik qobiliyatini va pedagogik madaniyatini oshirish:

- pedagogik muammolarni mohirona hal etish yo‘llarini takomilashtirish;

- amaliy va nazariy bilimlarni doimiy oshirib borish;

- kasbiy ijodkorlikni uzluksiz rivojlantirish.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Sharq va G‘arb olimlari tomonidai tahlil qilingan o‘qituvchining pedagogik faoliyati haqidagi ko‘pgina mulohazalar hozirgi kungacha o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda, demak millati va kelib chiqishidan qat’iy nazar ajdodlar merosini takomil lashtirish evaziga hozirgi kunda ta’lim va tarbiyani yanada yuksak bosqichlarga ko‘tarish mumkin.

Hozirgi davrda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirish “Ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli  

 “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturni hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb hisoblansin”, -  deyiladi “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish” to‘g‘risidagi O ‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining 1997-yil 6-oktyabrda qabul qilgan farmonida. Barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar samarasi yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali kadrlarga bog‘liq. Kadrlarni tayyorlash esa, avvalo, o‘qituvchi-murabbiylar zimmasiga yuklatilgan. Shu sababli, chuqur bilimga ega bo‘lgan, zamonaviy o‘qituvchi-kadrlar taraqqiyotimizning muhim omli sifatida qaralib kelinmoqda. O‘qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim mazmunini egallagan bo‘lishlari kerak. O‘qituvchi xodimlar o‘zlarining kasb-ko‘nikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga bog‘liqdir. Shaxsni tarbiyalash ishi nihovatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk namoyandalari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.

O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlaming ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yiImoqda.  Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi - ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini о‘stirishi, mа ’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining о‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak». Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib bugungi kun o‘qituvchisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur? Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ushbu muammo bo‘yicha ko‘plab pedagog va psixologlar

olimlar o‘z fikr va mulohazalari bilan chiqdilar. O‘qituvchilaming kasb mahoratlarini milliy an’ana va urf-odaflarimizdan, qadriyatlarimizdan kelib chiqib yanada takomillashtirish, ularning pedagogik faoliyatini hozirgi zamon talablari darajasida rivojlantirish uchun metodik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar paydo boldi. Hozirgi kunda ham ushbu muammo bo‘yicha ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda XXI asrga kelib o‘qituvchining vazifasi yanada takomillashib bormoqda. Endilikda global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi o‘qituvchi dayuksak mahoratni, o‘tkir irodani, psixologik quvvatni, chuqur bilim-mulohazali bo‘lishni talab qiladi. Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan hozirgi kunda quyidagi burch va mas’uliyatlar o‘qituvchilardan talab qilinadi:

1. O‘qituvchi, eng avvalo, mas’uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat va ma’rifat targ‘ibotchisidir.

2. O‘qituvchi tabiatan o‘quvchilani seva olishi, o‘z mehrini, his tuyg‘ularini har lahzada o‘quvchilar ichki dunyosi bilan bog‘lay olishi  ularning ham mehriga, hurmatiga sazovor bo‘lishi kerak.

3. O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi va ularga xolisona baho berib, bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri asosli ma’lumotlarni doimiy bera olishi lozim.

4. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo‘lib borishi talab etiladi.

5. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur va puxta bilimga ega bo‘lishi, barcha fanlar integratsiyasini o‘zlashtirib borishi, bunda o‘z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi.

6. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, o‘quvchilaming yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak.

7. O‘qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta’lim va tarbiyaning eng samarali zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.

www.ziyouz.com kutubxonasi

8. O‘qituvchi ijodkor, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir.

9. O‘qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat, kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur o‘zlashtirib borishi shart.

10. O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlami o‘zida aks ettirishi kerak: turli sheva so‘zlardan holi bo‘lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi; o‘qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi; hikmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko‘chirma gaplardan o‘rinli foydalana olishi lozim. Jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so‘zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o‘zga millatlarga xos so‘zlarni o‘z o‘rin qo‘llanilishi), vulgarizm (haqorat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan foydalanish) kabi norasmiy so‘zlardan holi bo‘lishi.

11. O‘qituvchining kiyinish madaniyati o‘ziga xos bo‘lishi, ya’ni sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto,soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi.

12. O‘qituvchi ta’lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi va ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.

13. O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogic mahoratning bir qator sifatlarini uzluksiz tarkib toptirib borishi zarur.

14. O‘qituvchi, eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlami bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak. O‘qituvchilar unutmasliklari kerakki, o‘quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va lo‘nda bayon etilishiga ahamiyat qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillami keltirishdan boshlamasligi, aksincha, o‘quvchilarning (yoki hamkasbi, ota-onalar) muvaffaqiyatlarini e’tirof etishlari, ularni yanada boyitishga ishonch bildirishi bilan muloqolni tashkil qilishi lozim. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin.www.ziyouz.com kutubxonasi o‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblari hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi. Hozirgi sharoitda jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga nisbatan qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablar amalda to‘g‘ri tashkil qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘hq. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi, avvalo, sinfdagi tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisidir. O‘qituvchi tarbiyachi sifatida quyidagi talablarni bilishi lozim:

shaxsni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklaming mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalash,. o‘z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo‘lgan muhabbati;

kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;

yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiyayoshlar fiziologiyasi, tarbiyaviy ish metodikasi, maktab gigiyenasidan o‘z kasbiga oid bilimlarni mukammal bilishi;

o‘z kasbi bo‘yicha jahon fanida erishilayotgan so‘nggi yutuqlar, tarbiya texnologiyasi, kompyuter va axborot texnologiyalari, yangiliklaridan doimiy xabardor bo‘lib borishi;

ta’lim-tarbiya metodikasidan ko‘nikma va malakalarini oshirib borishi;

o‘z kasbiga ijodiy yondashishi;

pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi;

o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirilborishi.

         Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati o‘z mehnati bilan ulkan natijalarga erishish. Ijodkorlik uning hamisha hamroh bo‘ladi. Pedagogik faoliyatga qiziqqan, qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat hislatlari shakllanib boradi. Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xapakterga ega o‘qituvchi o‘quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolarni yechadi, o‘quv jarayonini mustaqil boshqaradi. Bularning hammasi ijodkorlikning tub mohiyati, ishning maqsadi va xarakteri bilan bog‘liq. O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatda, ma’lum maqsadga erishmoq uchun o‘qituvchilar bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarur. O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishda quyidagi vazifalarni bajaradi:

- hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo‘lgan faoliyat o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga to‘g‘ri kelishi lozim;

- o‘quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o‘qituvchi ularga pedagogik va psixologik jihatdan to‘g‘ri vazifa qo‘yishi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi shart;

- o‘quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi.

        Ijodiy faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalash, ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon o‘qituvchisi fan va texnika taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanishi, o‘z kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni unumli qo‘llay

olishi taqozo etiladi.


Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test