Mavzu:Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashning turli strategiyalari
Mavzu: Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashning turli strategiyalari
REJA:
1. Inklyuziv ta’limni sifatli va samarali tashkil etish shart-sharoitlari
2. Inklyuziv ta’lim o‘qituvchisining kasbiy va shaxsiy tayyorgarligi uchun zarur ko‘nikmalar
3. Ta’lim muassasasini ilmiy-metodik boshqarishda innovatsion ta’lim va uni amaliyotga kiritish bosqichlari
O‘zbekiston Respublikasida xar bir bolaning yashash, rivojlanish, ishtirok etish, himoyalanishida teng huquqliligi kafolatlanishi belgilangan. Jumladan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘‘Nogironligi bulgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisidagi PQ-5270-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-son farmonlarida jamiyatning ajralmas qismi bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning farovon yashashi, mazkur toifa bolalarining tengdoshlari kabi bekamu-ko‘st kamol topishi, ta’limtarbiyasi davlat axamiyatiga ega bulgan vazifa sifatida qaralib, bu yunalishdagi tadbirlar ko‘lamini yanada kengaytirish, alohida extiyojli bolalarni umumta’limga jalb qilish asoslarini pedagogika sohasi mutaxassislari tomonidan ilmiy-nazariy jixatdan asoslash, ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar va pedagog xodimlar jamoasiga yetkazish, targibot ishlarini olib borish belgilandi.
Keyingi yillarda davlatimiz tomonidan ta’lim olishida qiyinchiligi bo‘lgan, ya’ni alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga ta’lim muassasalarida ta’lim olish bilan bir qatorda ularni qobilyat va imkoniyat darajasini e’tiborga olgan holda umumta’lim muassasalarida integratsiya va inklyuziv usulda ta’lim-tarbiya olishiga alohida e’tibor berilmoqda. Ta’lim sohasidagi bu islohotlar bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda.
Imkoniyati cheklangan yoki maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylandi. Inkyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bo‘lmaydi degan taxminlar asosida qurilgan.Inkyuzivta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining katta bo‘lmagan qismlari sifatida faoliyat yuritadi. Maxsus ehtiyojli bolalarning maxsus ta’lim tizimda o‘qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek ularning o‘z oilasidan uzoqda bo‘lishlariga majburqiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o‘rganib qoladilar, o‘z-o‘ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko‘plab maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarni rivojlanish darajasi, imkoniyati nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga ko‘ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishini amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmoqda.
Inklyuziv ta‟limni sifatli va samarali tashkil etish shart-sharoitlari
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari о‘quvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlash:
Imkoniyati cheklangan bolalar о‘qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qо‘llanmalar,turli kasblarga о‘qitish uchun zarur bо‘lgan uskuna va jixozlar bilan ta’minlash orqali inklyuziv ta’limga tayyorlash;
Jamoatchilik о‘rtasida ICHB larning bilim olish huquqi, inklyuziv о‘qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini joriy etish;
О‘quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan kelib chiqqan holda maxsus maktab-internatlarni optimallashtirish orqali umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni shakllantirish.
О‘quv jarayonini tashkil etish sohasida:
О‘quvchilarni imkoniyati va muammolarining darajasi bо‘yicha differensiyalash va har bir darajadagi о‘quvchilarning imkoniyatiga mos dastur asosida ta’lim berilishini tashkil qilish.
Maxsus ta’limning boshlang‘ich bosqichida korreksiya, abilitatsiya ishlarini sifatli amalga oshirish orqali о‘quvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlash.
Oilasida, yaqinlari bilan mahallasida yashash va umumiy о‘rta ta’lim maktabda о‘qishiga tayyorlash.
Korreksiyalovchi ta’lim mazmunini о‘quvchilarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda individual bо‘lishini ta’minlash orqali har bir о‘quvchi inklyuziv ta’lim sharoitida erkin his qiladigan darajaga yetkazish.
Har bir yо‘nalish bо‘yicha dasturlar о‘quvchilarni ijtimoiy hayotga moslashuviga yо‘naltiruvchi mazmunga yо‘naltirilgan bо‘lishini ta’minlash.
Ta’lim jarayonida barcha pedagog xodimlar-о‘qituvchi, tarbiyachilar oldiga yagona talab-о‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, oilada, mahallada, jamoatchilik joylarda, kо‘chada, transportda, dо‘konda, bozorda egallanadigan barcha kommunikativ kо‘nikma va malakalarni berilishini ta’minlash.
Imkoniyati cheklangan bolalarning moslashishi va integratsiyasiga erishish uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jixozlar bilan ta’minlash;
Imkoniyati cheklangan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olishga bо‘lgan huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish.
О‘quvchilarni imkoniyatlari bо‘yicha tashxis qilishini ta’minlash va
tabaqalashtirilgan ta’lim olib borishga tayyorlanish.
Maxsus pedagog kadrlarga qо‘yiladigan talablar.
Sohaga endi kirib kelgan yosh mutaxassislarni tajriba orttirish maqsadida avval tarbiyachi lavozimiga qо‘yish.
Maxsus ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yо‘nalishlar bо‘yicha(surdo, oligo, tiflo va logopediya) mutaxassislarni konkurs asosida ishga qabul qilish;
О‘quvchilarning nutqi, yoshi darajasidagi bilimi, kо‘nikmalari о‘quv yili boshi va oxirida tekshirilib, ish sifatiga qarab о‘qituvchining faoliyatining baholanishi orqali har bir pedagogning ishga mas’uliyati, sifatli faoliyatini ta’minlash.
Amalga oshirilishi shart va zarur bо‘lgan talablar
Ta’lim jarayoniga ota-onalar, mahalla ishtiroki va ma’suliyatini qonun darajasida ta’minlash;
Har bir ota-ona о‘z farzandini eshitish apparati bilan ta’minlashga mas’ul qilish;
Yilning boshida va oxirida har bir yakka mashg‘ulot о‘qituvchisi, logoped, tiflopedagog, har bir о‘quvchining eshitishi va talaffuzi, nutqining holati, rivojlanganlik darajasi haqida ma’lumot topshirib dinamikasiga qarab о‘qituvchi faoliyatiga baho berishni yо‘lga qо‘yish.
2020-2022-yillarda amalga oshirilishi mо‘ljallangan “Zamonaviy maktab” davlat dasturi bо‘yicha “inklyuziv ta’lim”ga о‘tish uchun zarur bо‘lgan sharoitlarni yaratish: inklyuziv ta’lim sharoitida bizning о‘quvchilarimiz о‘zini erkin va о‘z muhitidek his qilishi uchun tegishlar sharoitlar yaratilishi loyihaga kiritilgan.
Harakati cheklangan bolalar uchun maxsus qurilmalar (pandus, yо‘lakchalar, maxsus stol va kolyaska uchun joy, maxsus stol va stul, kolyaska uchun turar joy).
Sinf xonalarida zaif kо‘ruvchi о‘quvchi uchun maxsus yoritgich qо‘yilishi, shrifti kattalashtirilgan darsliklar bilan ta’minlanishi;
Kо‘zi ojiz о‘quvchi uchun grifel komplekti, bо‘rttirma kо‘rgazmali material, audio о‘quv materiali;
Kar va zaif eshituvchilar bilan korreksiya mashg‘uloti uchun maxsus shovqindan izolyatsiyalashtirilgan devorli xona, individual ovozni kuchaytirish moslamasi bilan jixozlash.
Kо‘zi ojiz bolalar uchun zinalarda harakatlanishiga moslashtirilgan yozuvli va strelkali kо‘rsatgichlar, perilalar, devorlarda brayl yozuvli taxtachalar.
Kо‘zi ojiz va aravachada harakatlanadigan о‘quvchilar uchun maxsus xojatxonalar va h.zo.
Inklyuziv ta’lim o‘qituvchisining kasbiy va shaxsiy tayyorgarligi uchun zarur ko‘nikmalar
Maktabda inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar bolalarning yosh va individual xususiyatlari, aqliy rivojlanishi darajasi, somatik va asab-ruhiy sog‘lig‘i holatiga muvofiq tashkil etiladi. Inklyuziv ta’limni tashkil etish insonparvarlik, umuminsoniy qadriyatlar, bag‘rikenglik, oshkoralik tamoyillariga asosan amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda innovatsion bilim, malaka hamda ko‘nikmalar bilan qurollangan zamonaviy inklyuziv ta’limga jalb etilgan o‘qituvchi xuddi ommaviy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar qatori, tashqi ko‘rinish madaniyatiga e’tibor bilan qarashi va o‘zida zamon talabi darajasidagi tashqi qiyofani odat qilishi maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi o‘quvchilarga va ijtimoiy hayotda har qanday sohada faoliyat olib borayotgan insonlarga o‘rnak bo‘lishi zamon talabi deb hisoblayman. O‘qituvchining tashqi qiyofasi, ya’ni kiyinish uslubi ko‘pincha uning ichki dunyosi, madaniyatini aks ettiradi, ya’ni toza, ozoda, qulay, ko‘zga tashlanmaydigan zamonaviy o‘qituvchi qiyofasi, madaniyatini o‘zida aks ettirgan bo‘lishi o‘quvchilar uchun ibrat bo‘lib qoladi. O‘qituvchining butun qiyofasi bolalarni
o‘quv jarayonidan chalg‘itmasligi–pedagog oldiga qo‘yilgan asosiy talablar sirasiga kiradi. Ushbu o‘rinda Rashod Nuri Guntekinning “Choli qushi” asarini eslash joiz deb o‘ylayman. Chunki asarda Feride ismli muallima qizning ko‘rinishi, o‘zini tutishi, muomala va munosabat madaniyatini eslaylik.
Taqdimotni ko'rish