Mavzu: Fanni o’qitishda o’quvchilarni kreativ fikrlashga yo’naltirish asosida darslarni tashkil etishning interfaol metodlari

Mavzu: Fanni o’qitishda o’quvchilarni kreativ fikrlashga yo’naltirish asosida darslarni tashkil etishning interfaol metodlari.

KIRISH

XXI asr axborotlar oqimi davrida ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalariga, shu jumladan ta’lim-tarbiya sohasiga ham ko‘plab yangiliklar kirib kelmoqda. Ushbu yangiliklar bilan bir qatorda ularni yorituvchi yangi tushunchalar ham bizning ilmiy tilimizda qo‘llanilishi kuzatilmoqda. Jumladan pedagogika, ya’ni ta’lim-tarbiya sohasida keyingi 20-yil ichida qo‘yidagi tushunchalar keng qo‘llanilmoqda va bizning ilmiy tilimiz iste’molida keng ishlatiomoqda: pedagogik texnologiya, ilg‘or texnologiya, ilg‘or tajribalar, innovatsiya va innovatika, pedagogik neologiya, praksiologiya, aksiologiya, innovatsiya va innovator, interaktivlik, strategiyalar, gumanistik pedagogika, liberalizatsiya, ta’limda axborot kommunikatsion texnologiyalar, tarbiya jarayonida texnologiyalar,. Biz shular orasida «kreativlik» tushunchasiga alohida to‘xtab o‘tmoqchimiz. Bu tushuncha so‘nggi yillarda ta’lim-tarbiya jarayonlarida ma’lum darajada qo‘llanilmoqda. Lekin bu tushunchaning mazmun va ma’nosini tahlil etishga hamda insonlarda kreativlikning hakllanganlik darajasini aniqlashga doir qator tatqiqotlar olib borilgan.

Ayniqsa bunday izlanishlar psixologiya soxasida keng rivojlangan. A.Y. Agafonov, Y. Lotman, V. Rudnev, G.S. Batishev, M.M. Baxtin, D.B. Bogoyavlenskaya, V.M. Vil’chek, V. Dil’tey, V.N. Drujinin, D.A. Leont’ev, A.Maslou, A.A. Melik-Pashaev, I. Meyerson, A.Y. Ponomarev, M. Rorbax, S.L. Rubinshteyn, V. Frankl, R. Yakobson singari olimlar shular jumlasidandir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqorida tilga olingan psixolog olimlarning ilmiy tatqiqot ishlarini va boshqada adabiyotlarni analitik tahlil qilar ekanmiz, psixologik nuqtai nazardan kreativlikning mazmun va ma’nosi jihatdan psixolog olimlar quyidagi xulosalarga kelishganligining guvohi bo‘lamiz va bevosita Kreativlik nima? degan savolga yuzlanamiz.

·Kreativlik – bu madaniyat vositasi asosida shaxs sifatida shakllanish jarayonida namoyon bo‘ladigan shaxsning shaxsiy sifati (fazilati)dir. ·Kreativlik – bu insonning shaxsiy xususiyati bo‘lib, uning o‘z-o‘zini takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog‘liq.

·Psixolog olimlar tomonidan kretivlikning quyidagi ikkita komponenti aniqlangan.

Bular:

 Shaxsiy mazmun. Ya’ni har bir insonning shaxsiy hayotining umum mazmuni. Bu mazmun madaniyatshunoslik bilan bog‘liq. Har bir inson biron bir soha yoki faoliyat bilan shug‘ullanar ekan, u kreativlik, ya’ni yaratuvchanlik munosabatda bo‘ladi va uni iloji boricha chiroyli, insonlarni o‘ziga tortishga yo‘naltiriladi.

Bu esa o‘z navbatida insoniyatning madaniyatga yo‘naltirilganligidir. Signifikatsion ko‘nikmalar. Kreativlikni tashxis qilish psixosemiotik tahlil bilan bog‘liq Kreativlikning darajasini aniqlash qo‘yidagilar bilan belgilanadi:

shaxsiy ma’noning rivojlanish darajasi;

verballi belgilar sistemasini yaratish ;

Ta’lim olish kengligi ikkinchi semiotik tizimni tashkil etadi. Uning kreativlikni rivojlantirishga ta’siri gomomorfizik madaniyat bilan bog‘liq.

Psixologiya fanida kreativlik bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘yidagi jihatlarni aniqlashga doir qator metodlar tavsiya etilgan. Lekin bu metodlar bevosita kreativlikni emas, balki kreativlikni belgilab beruvchi muayyan jihatlarni aniqlashga qaratilgandir. Bular: Psixosemiotik analiz metodlar: mualliflik matnlarni analiz qilishning psixosemiotik tashxislash metodi ,E.Torrens metodi, D.A.Leont’ev metodi, G.Myurreyning «Tematik appertseptiv matn» metordi, ekspertlarning baholari metodi. Ijtimoiy intellektni (aqlni) aniqlashga doir metodlar: Dj. Gilford va M. Salliven metodi, T.Lirining insonlararo muloqotlarni aniqlash metodikasi, xarakterning aktsentuatsiyaini aniqlash metodlari. Matnlarni psixosemiotik tahlil qilish metodlari; «ko‘lam» va «leksik boylik», komp’yuter dasturlari: Microsoft Access ma’lumotlar bazasi vah.k. ·Kreativlik shaxsiy mazmun va unga doir belgilarning ob’ektivligi bilan belgilanadi. ·Kreativlikning rivojlanishi uning komponentlerining rivojlanishiga bog‘liq. Bular: shaxsiy mazmun va signifikatsion ko‘nikmalar. ·Kreativlikni tashxis qilish - ijodiy faoliyatning maxsulotining ko‘satkichlari bilan bog‘liq. Shu bilan bir qatorda psixolog olimlar tomonidan o‘quvchilarning insho yozishdagi kreativligi psixosemiotik jihatdan tahlil etilgan. Buni biz psixolog olim I.M.Kishtomova tomonidan olib borilgan ilmiy-tatqiqotlarida ko‘rishimiz mumkin. Uning « Проблема творчества школьников: психосемиотический подход» nomli 19.00.07 – pedagogik psixologiya ixtisosligidagi psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajini olish uchun tayyorlagan disserattsiyasining mazmunidan ko‘rishimiz mumkin. Ilmiy izlanishardagi tajriba-sinov ishlarining taxlili shuni ko‘rsatganki, insho bolalarning kreativ faoliyatining mahsuli sifatida tashxis qilish belgilangan. Bunda: O‘quvchining shaxsiy ma’nolarining ko‘satkichlari sifatida: ma’no va mazmun, vaqt, leksik boylik, javobgarlik, ob’ektotsentrizm, sub’ektotsentrizm, tema.

Ta’lim olish kengligi.

Ta’lim olish kengligining bazasi sifatida madaniyat hisoblanadi. Uni esa shaxs modellashtiradi. Bazali madaniyatni ta’lim olish kengligining kreativlilikginig rivojlanish samaradorligi belgilaydi. Ta’lim olish kengligida kreativlilikni rivojlantirishning asosiy pragmatik tavsifi sifatida dialog xizmat qiladi. Kreativlikning shaxs ma’naviy-axloqiy sifatlari bilan bog‘liq jixatlari tahlil etilgan. Kreativlik mazmunining muammolarini yechib berishga qaratilgan kontseptual’ psixosemiotik yo‘nalish ochib berilgan. Shaxsning krieativligini psixolog olimlar o‘quvchilarning insho yozishlari jarayonida tahlil etishga harakat qilishgan. Bunday qo‘yidagi ishlar amalga oshirilgan. Psixologiya fanida kreativlik aktning tuzilishi ishlab chiqilgan va bunda kreativlikni tashkil etuvchi elementlar: transtsendentsiya va signifikatsiya sifatida tahlil etilgan. Trans tushunchasi ikkita ma’noda qo‘llaniladi:

1). Tibbiy tushuncha yo‘li, ongning mavxumlanishi, ongsizlik, o‘zini yo‘qotish.

2). Oraliq. Biron bir predmet yoki hodisalarning oralig‘idagi bog‘lanish. Shunday ekan, kreativlik akt qo‘yidagilar bilan tavsiflanishi belgilangan: - erkinlik va cheklanganlikning protsessual’ ambivalentliligi; - madaniy jihatdan cheksizlik va cheklanganlikning transtsendental’ligi; - real’ ob’ektlilik; - belgilar sistemasining kontinual’li ma’nosi va diskretivligi.

1.Kreativlik – bu insonning butun hayoti davomidagi sifatlari majmuidir.

2.Kreativlik – bu insonning o‘ziga topshirilgan muayyan topshiriq va vazifalarni bajarish usulidir.

3.Kreativlik – bu intellekt (aql) ning mahsulidir.

4.Kreativlik – bu insonga xudo tomonidan berilgan qobiliyat, kashfyotlardir.

5.Kreativlik – bu ijodiy faoliyatdir.

6.Kreativlik – bu ijodkor insonlarning ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy adaptatsiyalanishidir.

7.Kreativlik – bu madaniyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan kategoriyadir.

Shu bilan bir qatorda psixologiyada ijod va ijodiy faoliyat muammosini o‘rganuvchi alohida yo‘nalish – ijodkorlik psixologiyasi yo‘nalishi vujudga kelgan. Ijodkorlik psixologiyasining asosiy maqsadi psixologik qonuniyatlar, ijod jarayoni mexanizmi va kreativ (creativity – inglizcha ijodiy)likni o‘rganishdan iborat. Bugungi kunga kelib kreativlik nafaqat psixologlarning, balki pedagoglarning diqqat e’tiborini tortmoqda. Bu tushuncha ilmiy adabiyotlarda keng qo‘llailmayotgan bo‘lsa ham bu tushunchani ma’lum darajada pedagogik iste’molga kiritishga doir harakatlar ko‘zga tashlanmoqda. Pedagogika oid manbalarda kreativlik ijod bilan bog‘liq holda o‘rganiladi va tushuniladi. Ijodkorlikning psixologik jihatlari haqida fikrlar bildirilib, bilim asosan fikr yuritish va tasavvur qilish bilan bog‘liq holda tahlil etiladi. Pedagogika fanida kreativlik masalasiga bevosita murojaat etgan pedagog olim pedagogika fanlari doktori, professor R.A.Mavlonova o‘zining ilmiy ishlarida kreativlik haqida baholi qudrat fikrlar bildirgan. Uning «Boshlang‘ich ta’limda innovatsiya», «Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, integratsiyasi, innovatsiyasi» nomli o‘quv qo‘llanma va darsliklarida kreativlikka alohida to‘xtab o‘tgan.

 Shaxsning ijodiy motivatsiyani qo‘llaganligi - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish, ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o‘z kamolotiga intilishdir. Kreativlik bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyatidir. Demak bu tushunchani biz bemalol pedagogning individual qobilyatiga kirita olamiz.


Taqdimotni ko'rish
Mavzu bo'yicha onlayn test