Mavzu: O‘zaro munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan muloqot maneralari
1-MAVZU: O‘ZARO MUNOSABATLARNI O‘RNATISHGA QARATILGAN MULOQOT MANERALARI
Muloqot - yunoncha soʻz bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va oʻzaro fikr almashuv maʼnosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning soʻzlashuvida paydo boʻladi. Inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, taʼlim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me'yorlar gʻoya va mafkura omillari taʼsirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida kamolotga yetadi. Kishilar oʻrtasidagi oʻzaro muloqot pedagogik-psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o;z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng maʼnoda tushuniladi hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, oʻzaro taʼsir va oʻzaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi.
Pedagogikada muloqot oʻqituvchi va oʻquvchilar jamoasining oʻzaro taʼsir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, oʻzaro axborot almashishida, taʼlim va tarbiyaviy taʼsir oʻtkazishida, oʻzaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon boʻladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:
• muloqot oʻqituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;
• muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni taʼminlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega;
• oʻqituvchi va oʻquvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol oʻynaydi;
• pedagogikada muloqot - oʻqituvchining oʻquvchilarga taʼsir oʻtkazish asosida oʻzaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
• muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiqadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining koʻp qirrali jarayoni hisoblanadi;
• notoʻgʻri pedagogik muloqotdan oʻquvchilarda qoʻrquv, oʻz kuchiga ishonchsizlik paydo boʻladi, ularning diqqat-e'tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.
Pedagogik muloqot - bu oʻqituvchining oʻquvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda oʻzi uchun eng qulay boʻlgan psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.
Rahbarlik faoliyatining eng nozik jihati – bu oʻquv muassasasida oʻqituvchi va xodimlar bilan ish olib borish, ular faoliyatini tashkil etish, pedagogik jamoani bir maqsad-muddao yoʻlida birlashtirish, ularning hurmatini qozonish, sevimli rahbariga aylanish hisoblanadi. Bu esa rahbardan ijtimoiy psixologiya, muloqot san’ati va mahorati toʻgʻrisidagi bilim, koʻnikma va malakalarga hamda kommunikativ, konstruktiv va tashkilotchilik qobiliyatlarga ega boʻlishni talab etadi.
Har bir rahbar oʻzi uchun muloqotning etikaviy tartiblarini oʻzlashtiradi, shaxsiy fazilatlari va tajribalari bilan boyitadi, manfaat hamda ehtiyojlari doirasida undan foydalanadi. Muhimi u, oʻz-oʻzini baholay olish, tashqaridan kuzatish, xatti-harakatlarini muntaazam ravishda tahlil qilish, tanqidiy baho berish salohiyatiga ega boʻlishi lozim. Mazkur etikaviy meʼyorlarga amal qilish, zero, uning talablari axloqqa nisbatan nisbiy koʻrinish kasb qilsada, professional xizmat doirasida muvaffaqiyatga erishish garovi boʻlib xizmat qiladi.
Ma’lumki, rahbar odamlar orasida va ularga xos turli hissiyotlar ogʻushida yashaydi. Binobarin, atrofdagilarning salbiy yoki ijobiy his-tuygʻulari oʻzaro kundalik muloqotda tez «yuqish» xususiyatiga ega. Shuning uchun rahbar qaltis va ziddiyatli vaziyatlarda nafaqat boshqalarning hissiyoti ta’siriga berilmaslik, balki atrofdagilarga oʻz muvozanati va jilovlangan his-tuygʻusi bilan ta’sir eta olishi kerak. Shaxsning bu fazilati bir tomondan asab tizimining tugʻma xususiyati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan orttirilgan hayotiy tajribaga bogʻliqdir. Asab tizimining moʻtadilligi uchun rahbar oʻz sogʻligi haqida qaygʻurishi lozim. Mehnat faoliyatini ratsional tarzda tashkil etish, ya’ni mehnatdagi ijobiy jihatlarga koʻproq e’tibor berish, noxush vaziyatlarni donolik bilan bartaraf etish, koʻproq yaqin doʻstlari davrasida boʻlish, jismoniy tarbiya va foydali mashgʻulotlarga ishqibozlik kayfiyatida vaqtni oʻtkazish, har qanday stressga qarshi tura olishni kuchaytiradi, shuningdek, organizmning ishchanlik qobiliyatini qayta tiklashga xizmat qiladi.
Navbatdagi zaruriy xislatlardan yana biri muloqotga moyillikdir. Aniqlanishicha, rahbar oʻz kundalik faoliyatining toʻrtdan uch qismini turli-tuman muloqotga sarflaydi. Muloqotning boshqaruvdagi ahamiyatini koʻzdan kechirar ekanmiz, beixtiyor Li Yakokka esdaliklariga duch kelamiz: «Men avtomobil sohasida bir umr ishlagan odamni bilaman. U oliy ma’lumotli boʻlib, oʻzini boshqarish qobiliyatiga ega, shuningdek, ajoyib strateg va oʻz kompaniyasining yirik mutaxassisi edi. Lekin, uni hech qachon hech kim yuqori lavozimga tayinlamagan, chunki u oʻzga bilan muloqotda boʻlishni bilmas edi»
Muloqot-bu eng avvalo muloqot ishtirokchilari uchun ahamiyatli boʻlgan axborotlar almashinuvidir. Muloqotning barcha vositalari ikkita katta guruh: Verbal (nutqiy) va noverbal (nutqiy boʻlmagan) vostialarga ajratiladi. Koʻpchilik olimlarning fikriga koʻra suhbat jarayonida nutqiy muloqot 35% dan kam qismini tashkil etgan holda, 65% ziyod axborot noverbal vositalar yordamida uzatiladi. Nutqiy (verbal) kommunikasiya orqali toza axborot uzatiladi. Noverbal kommunikatsiya boʻiycha esa muloqot sherigiga boʻlgan munosabat uzatiladi. Odamning noverbal xulq-atvori uning psixik holati bilan chambarchas bogʻlangan va ularni ifodalash vositasi boʻlib hisoblanadi. Noverbal xulq-atvor asosida shaxsning ichki dunyosi ochiladi. Muloqot hamkorlikdagi faoliyatning psixik mazmuni shakllanishi amalga oshiriladi. Odamlar oʻzining nutqiy (verbal) xulq-atvorini oʻzgarayotgan sharoitlarga tezda moslashtirib olishlari mumkin, lekin tana tili (noverbal namoyon boʻlish) kam oʻzgaruvchandir. Muloqotning noverbal vositalariga tananing barcha harakatlari, ovozning intonaеsiya xarakteristikasi, taktil ta’sir, muloqotning makondagi tashkil etilishi kabilar kiradi. Noverbal muloqotda eng muhimlaridan biri kinestetik vositalar-boshqa odamning muloqotda ifodalovchi regulyativ vazifani bajaruvchi koʻrish orqali idrok etiladigan harakatlaridir. Buni mimika, gavda holati, imo-ishora, nigoh yurishda namoyon boʻladigan ifodalovchi harakatlar kiradi. Informaеsiya uzatishda asosiy rolni mimika bajaradi. Tadqiqotlar koʻrsatishicha suhbatdoshning yuzi harakatsiz boʻlsa yoki uni koʻrmasangiz 10- 15% axborot yoʻqotilar ekan. Mimika bilan nigoh yoki vizual kontakt juda chambarchas bogʻliq. Koʻz yordamida odamning holati toʻgʻrisida eng aniq signallar uzatiladi, chunki koʻz qorachigʻining kengayishi va torayishi ongli nazoratga boʻysunmaydi.
Odamning yuz ifodasi gavda harakatlariga qaraganda koʻproq ongli ravishda nazorat qilib turiladi. Shuning uchun ham tana koʻproq informativ hisoblanadi. Gavdaning turli pozalari turlicha axborotlarni ifodalaydi. Masalan, yopiq pozalari (tikga turgan holatda napolen pozasi; kukrakda qoʻllar qovushtirilgan holat, oʻtirgan holatda, ikkita qoʻl yiakka tiralgan holat) ishonchsizlik, norozilik qarshi harakat, tanqid sifatida idrok etiladi. Ochiq pozalar esa (tikka holatda, qoʻllari kaftlari yuqoriga qarab ochilgan, oʻtirgan holatda qoʻllar erkin tashalgan, oyoqlar uzatilgan) ishonch, rozilik, xairixohlik, psixologik komfort sifatida idrok etadi. Odamning qadam tashlashaiga qarab uning emotsional holatini osonlikcha bilib olish mumkin. Masalan. g‘azab holatida eng ogʻir qadam tashlanadi, xursandchilikda-eng yengil qadam, qiynalayotgan paytda – boʻshashgan gʻamgin qadam, magʻrurlanish holatida – qadamlar uzunligi eng katta boʻladi. Amerikalik olim E.Xoll muloqotga kirishuvchilar orasidagi masofalarni oʻrganish natijasida bir-biridan farq qiluvchi quyidagi toʻrtta oraliq masofani taklif etadi.
- intim masofa ( 0-45 sm) –eng yaqin odamlarning muloqoti;
- shaxsiy (45-120 sm) –tanish odamlar bilan muloqot;
- ijtimoiy (120-360 sm) – koʻproq begona odamlar bilan muloqot va rasmiy muloqot;
- ommaviy (360 - va undan yuqori) – turli xil auditoriyalar oldida chiqishlar.
Suhbatdoshlarning stol atrofida qanday joylashganliklari ham muloqot xarakterini belgilab beradi. Muloqot jarayonida nafaqat emotsional holatlar uzatiladi, balki axborot uzatiladi. Informatsiya mazmuni verbal va nutqiy shaklda uzatiladi. Informasiyani uzatish jarayonida uning mazmunida qisman yoʻqotishlar sodir boʻladi. Fikr oʻylanildi, nutqiy shaklga ega boʻldi (100%) - aytildi (80%) – eshitildi (70%) – tushunildi (60%) – xotirada qoldi (24%). Ushbu sxemaga muvofiq birlamchi fikrning 4 dan 1 qismi esda qolishi aniq boʻlishiga qaramasdan odamlar baribir bir-birlarini tushunadilar. Informasiyani tushunish korreksiya qilib turiladi, chunki muloqot bu faqatgina axborot uzatish emas balki axborot almashinuvi boʻlganligi sababli qaytarma aloqa ham oʻzaro tushunishda muhim rol oʻynaydi.
Samarali muloqot
Hayotning muhim bir qismi va inson faoliyati boshqa odamlar bilan muloqot qilishdir. Insonlar bilan aloqalarni o‘rnatish, o‘zaro hamkorlik qilish va uni to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirish qulayligi ko‘plab vazifalar va tashabbuslarning muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam beradi, maqsadlarga erishishga yordam beradi, yaxshi kayfiyat va do‘stona hissiy munosabatlarni yaratadi.
Aloqa va tashkiliy tendentsiyalar kasb-hunarlarda muhim o‘rin egallaydi. Ular “odam-odam” kabi ko‘plab kasblardagi muvaffaqiyat uchun muhim omillar. Muloqot va tashkiliy tendentsiyalar shaxslararo munosabatlarning shakllanishida, guruh a’zolarini jalb qilishda, ta’lim, sport, o‘yin va boshqa guruhlarni tashkil qilishda, o‘zlarini odamlarga jalb qilishda, o‘z faoliyatini tashkil etish va boshqarish qobiliyatiga ega.
Ham tanqid va maqtovlar, agar ular shaxsiy, yuzma-yuz muloqot qilib, shaxsiy muloqotni ochiq va har qanday tushuntirishga moslashadigan bo‘lsa, samaraliroq bo‘ladi. Bu boshqalar bilan uyg‘un bo‘lishga da'vat qilish, so‘zlar va xabarni qabul qilgan kishiga qanday ta'sir qilishini anglash uchun chaqiriqdir. Muhim eslatmalar bu muammoni hal qilish uchun ularni harakatlantirayotganlar bilan hamkorlik qilish imkoniyati sifatida. Doimiy muloqot shaxsiy xususiyat emas, balki xarakterli xususiyatdir kommunikativ xatti-harakatlar shuning uchun har bir kishidan shaxsiy farovonlik va xuddi shunday tashkilotni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘rganish va o‘rganishi kerak.
Bir kishining kommunikativ niyatlari uning qobiliyatlari bilan odamlar bilan oson va tezkor biznes va do‘stona aloqalarni o‘rnatish, aloqa sohasini kengaytirishga harakat qilish, shaxsning keng va intensiv muloqotga bo‘lgan ehtiyojini qondiradigan turli guruhdagi tadbirlarda ishtirok etish uchun aniqlanadi.
Muloqot inson hayotidagi eng muhim mahoratlardan biridir. Bizning professional va shaxsan samarali muloqot qilish qobiliyatimiz hayot sifatini yaxshilash uchun tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Samarali muloqotning natijasi - har bir kishining xabarning haqiqatini va xususiyatlarini aniqlashga qobiliyati, u bilan muloqotda bo‘lgan suhbatdoshning aloqasi va idrokiga eng to‘g‘ri aloqa kanalini tanlab, uning maqsadlarini ko‘rishi, eshitishi va tushunilishi uchun taqdim etishi. kommunikatsiya jarayoniga ta'sir qilish, faol muloqot qilish va suhbatdosh va tomoshabin bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnatish.
Insonlarning o‘zaro ta'siri va hamkorligi, shuningdek, insonning boshqa kishilarga ta'sir o‘tkazish qobiliyatiga, munosabatlarning xususiyatini va vaziyatni to‘g‘ri yo‘nalishda o‘zgartirish qobiliyatiga asoslanadi. Bu shaxslarning tashkiliy tendentsiyalarining tarkibiy qismlari.
Insonning tashkiliy tendentsiyalari boshqa odamlarga ta'sir o‘tkazish qobiliyatini, o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish va muayyan maqsadlarga erishish, odamlarning "ahvoliga" ta'sir o‘tkazishini tezda anglash va bu shovqinni to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirish, tashabbusni qabul qilish istagini o‘z ichiga oladi.
O‘zaro muloqotning samaradorligi, asosan, guruh a’zolari bir-birlarini qanday tushunish va tushunishlari, ularning o‘zaro ta'sirida qanday usullarni qo‘llashlari va aloqa qanday darajada amalga oshirilishiga bog‘liq.
O‘zaro tushunish o‘zingizni anglashni, boshqasini tushunishni va boshqalarni tushunishni o‘z ichiga oladi. O‘zaro tushunish omillari: ijtimoiy kelib chiqishi, millati, yoshi, turmush tarzi, jinsi (erkaklar boshqa shaxsning bilim tomonini yaxshiroq tushunishadi - fidoyilik, intizom, vijdonlilik, ayollar - shaxslararo munosabatlar - mehribonlik, ta'sirchanlik, alqirizm); hamkorlar o‘rtasidagi munosabatlar; optimal aloqa vaqti (vaqtning etishmasligi ma'lumot olishda qiyinchilikni aniqlaydi, muddat - ijobiy xususiyatlarni qayta baholashda aniqlik buzilishi); bolalikdagi muloqotning salbiy tajribasi (izolyatsiya); ijtimoiy maqom va rol xususiyatlari; empati rivojlanishi; baholash standartlari, boshqalarni tushunishning stereotiplari; o‘zo‘ziga aloqadorlik, shaxsning ma'no-mazmuni sohasi.
E’tiroz - suhbatdoshning roziligini olish uchun har qanday hukm yoki mulohazani etkazishning mantiqiy asosidir. Ishonchning asosiy vositasi - argumentlar va tezisning haqiqatini namoyish qilish; suhbatdoshning o‘ziga xos xususiyatlariga murojaat qilish; bilvosita dalillar - qarama-qarshi nuqtai nazarni rad etish yoki allaqachon isbotlangan boshqalar bilan o‘xshashliklarni aniqlash; his-tuyg‘ularga murojaat qilish.
GLOSSARIY
Muloqot - yunoncha soʻz bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va oʻzaro fikr almashuv maʼnosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning soʻzlashuvida paydo boʻladi.
Ijtimoiy masofa - koʻproq begona odamlar bilan muloqot va rasmiy muloqot masofasi.
Ommaviy masofa - – turli xil auditoriyalar oldida chiqishlar va unga ko‘ra masofa.
Samarali muloqot - Hayotning muhim bir qismi va inson faoliyati boshqa odamlar bilan muloqot qilishdir. Insonlar bilan aloqalarni o‘rnatish, o‘zaro hamkorlik qilish va uni to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirish qulayligi ko‘plab vazifalar va tashabbuslarning muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam beradi, maqsadlarga erishishga yordam beradi, yaxshi kayfiyat va do‘stona hissiy munosabatlarni yaratadi.
Yopiq nizolar - nizolar oʻta xavflidir. Bunday nizolarni asta-sekin, belgilangan fursatda portlaydigan minaga oʻxshatsa boʻladi. Agar nizo hali «yetilmagan» yoki ularni odamlar nigohidan yashirilsa, boshqacha qilib aytganda nizo kishilar «ichida» boʻlsa, bilingki, bu nihoyat xavfli va uni boshqarish juda qiyin.
Konstruktiv nizolar - korxona maqsadiga muvofiq oʻzgarishlar qilinishi, oqibatda esa nizo chiqadigan obyekt (sabab)ni bartaraf etishni nazarda tutadi. Agar nizo qech qanday asosga ega boʻlmasa, unda bu nizo destruktiv nizo, deb yuritiladi. Bunday nizolar xodimlar oʻrtasidagi munosabatlarni barbod etadi, soʻngra ishlab chiqarish jarayonini, boshqaruvchilarni izdan chiqarish payida boʻladi.
FOYDALANISH TAVSIYA ETILADIGAN O‘QUV-USLUBIY ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari
1. Mirziyoyev Sh.M., Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017- yil 14-yanvar // Sh.M. Mirziyoyev. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 104 b.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. (2020-yil 29-dekabr).
II. Normativ-huquqiy hujjatlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2021. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son Qonuni
3. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarori.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi sohasidagi
ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish
tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi
PQ-4963-son qarori.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi
xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy maktab”larni
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 27-noyabrdagi PQ-4537-son
qarori.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini
yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil
6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha hamda
umumta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish choratadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 25-apreldagi 352-son qarori.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil
7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori. jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi 321-son qarori.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va
jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil
5-sentabrdagi PQ-3931-son qarori.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘quv
asbob-uskunalari va anjomlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik
reglamentni tasdiqlash haqida” 2017-yil 2-iyundagi 345-son qarori.
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi
xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarori.
III Maxsus adabiyotlar
1. Djaylavov A. Ta’lim sohasida interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish texnologiyalari (malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun uslubiy
qo‘llanma). - A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI, 2016.
2. Ishmuhamedov R.J, Yuldashev M.A, “Ta’lim va tarbiyada innovatsion
pedagogik texnologiyalar”. T.: “Nihol”, 2013.
3. Paxrutdinov Sh. Global axborot jamiyati va mediata’lim. –T.: 2015.
4. Rustamova N. Mediata’lim va mediamadaniyat: nazariya va amaliyot. –T.: “Muharrir”, 2015.
5. Saidov U. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. ‒T.: “Akademiya”, 2007.
6. Tolipova J.O. Pedagogik texnologiyalar – do‘stona muhit yaratish omili. -T.: YUNISEF, 2005.
Elektron ta’lim resurslari
1. https://onlinedu.uz/
2. https://avloniy.uz/uz
3. https://ru.wikipedia.org
4. https://www.oecd.org/
5. http://www.gov.uz
6. https://www.uzedu.uz/
7. https://www.bimm.uz/ru
8. http://ziyonet.uz/ru
Taqdimotni ko'rish