Mavzu: Xalqaro baholash dasturlari. PISA topshiriqlari – o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini baholash vositasi.
Mavzu: Xalqaro baholash dasturlari. PISA topshiriqlari – o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini baholash vositasi.
Ta’lim sifatini oshirish uchun uning holati va rivojlanish tendensiyalarini uzluksiz monitoringini olib borish va o‘quvchilarning o‘quv yutuqlarini ob’ektiv va adekvat baholashni amalga oshirish zarur. Bu, ayniqsa, o‘quvchilarning keyingi shaxsiy rivojlanishi va fuqarolik rivojlanishi uchun zamin yaratadigan umumiy o‘rta ta’lim darajasida muhim ahamiyatga ega.
PISA tadqiqotlari: PISA (Programme for International Student Assessment) O‘quvchilar bilimini baholash xalqaro dasturi, 15 yoshli bolalarning matematika, tabiiy fanlar va ona tilidan hayotiy ko‘nikmalarni egallaganligini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot.
PISA tadqiqotlari 2000 yildan boshlangan va uch yillik davrda o‘tkaziladi. O‘rganishning davriyligi ishtirokchi mamlakatlar o‘quvchilari ta’lim yutuqlari, ta’lim tizimida o‘zgarishlar, o‘rta ta’lim islohotining asosiy yo‘nalishlari shakllantirish va ularning amalga oshirish uchun to‘siqlarni aniqlash natijalarini dinamikasini kuzatish va tahliliy ishlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Xalqaro PISA tadqiqotining maqsadi 15 yoshli o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha hamda o‘qish savodxonligini baholashdan iborat. Tadqiqot maktab o‘quv dasturlarini ishlab chiqish darajasini belgilashga emas, balki o‘quvchilar hayot sharoitida o‘qitish jarayonida olingan bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash qobiliyatini baholashga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy masalasi: «Boshlang‘ich ta’limni olgan 15 yoshli o‘quvchilar jamiyatda to‘liq ishlashi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga egami?». Ko‘pgina mamlakatlarda majburiy maktabni tamomlagan bu yoshlik davrida o‘quvchilar zamonaviy dunyoga muvaffaqiyatli moslashish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni qo‘llash qobiliyatini baholash muhimdir.
PISA da ish vositalari to‘plami quyidagilarni o‘z ichiga oladi: topshiriqlari bilan test risolalar; ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun so‘rovnomalar; ta’lim tashkilotlarini boshqarish uchun so‘rovnomalar; test va so‘rov o‘tkazgan shaxs uchun qo‘llanma; ta’limni tashkil etish koordinatori uchun qo‘llanma; test topshiriqlarini, ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlashni baholash bo‘yicha qo‘llanma.
Tadqiqot natijalarini statistik ishlov berish natijasida har bir o‘quvchi uchun alohida 1000-balli tizim bilan baholanadi.
atrofdagi haqiqatda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va matematikadan foydalanib hal qilish
bu muammolarni matematika tilida ifodalash;
matematik faktlar va usullarni qo‘llash orqali ushbu muammolarni hal qilish;
ishlatilgan usullarni tahlil qilish;
muammoni hisobga olgan holda olingan natijalarni tushuntirish;
hal etish natijalarini shakllantirish va qayd etish.
2015 yil tadqiqotlarining qiziqarli natijalari: Tabiiy fanlar
Singapurlik maktab bolalari fanlar bo‘yicha imtihon-sinovlarda ishtirok etayotgan boshqa davlatlar vakillarini ortda qoldirgan.
Ishtirokchilarning faqat to‘rtdan biri kelajakda fan bilan shug‘ullanishga qaror qilganini bildirgan.
Oxirgi o‘n yil ichida Kolumbiya, Isroil, Xitoy, Portugaliya, Qatar va Ruminiyada maktab o‘quvchilari tomonidan fanlarni o‘zlashtirish darajasi sezilarli darajada o‘sgan.
Matematika
Matematika bo‘yicha imtihon-sinovlarda Osiyo mamlakatlari vakillari boshqalardan ancha o‘zib ketgan.
Oxirgi uch yil ichida Albaniya, Kolumbiya, Montenegro, Peru, Qatar va Rossiyaning o‘rtacha ko‘rsatkichi sezilarli darajada o‘sgan.
O‘qish (tez va ifodali o‘qish)
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (a’zolari – AQSH, YAponiya, Kanada, Avstraliya, YAngi Zelandiya, Islandiya, Norvegiya, SHveysariya, Turkiya davlatlari, shuningdek Evropa Ittifoqiga kiruvchi 25 mamlakat)ga a’zo davlatlardan ishtirok etganlarning 20 foizi o‘qish sohasida bazaviy bilimga ega emas.
Gender
O‘g‘il bolalar qiz bolalarga qaraganda fanlarni o‘zlashtirishda yaxshi ko‘rsatkichga ega. Ishtirokchi davlatlarning faqat to‘qqiztasi buning aksi kuzatilgan.
O‘g‘il bolalar o‘zlarining ilm-fanga bo‘lgan qobiliyatlariga qiz bolalarga qaraganda qo‘proq ishonishadi.
Dunyo bo‘yicha ifodali o‘qish borasida qiz bolalar o‘g‘il bolalarni ortda qoldiradi.
Taqdimotni ko'rish