Pedagogik metodlar va atamalar sharhi

Gugurt donalari metodi

“GUGURT DONALARI” METODI

     Gugurt donalari metoda o‘quv materiallarining o‘quvchi (talaba)lar tomonidan o‘rganilgan kay darajada egallanganligini aniqlash maqsadida qo‘ldaniladi. Metod o‘quvchi (talaba)larga o‘quv materialining mavzusidan kelib chiqgan holda turli muammoli masala yoki vaziyatlarni yaratish, mavzuning asosiy tayanch tushunchalarini ajratib olish, ularni izohlash, tahlil qilish, ta’riflashda yordam beradi. Shuningdek, metod mashgulot davomida har bir o‘quvchiga turli topshiriqlarni individual bajarish, uning ustida mustaqil ishlash imkonini beradi. Bu metod o‘quvchilarda bir qator tarbiyaviy xarakterdagi, ya’ni: mustaqil ishlay olish; muloqatga kirishuvchanlik; xushfe’llik; o‘zgalar fikrini hurmat qilish; faollik; faoliyatga ijodiy yondashish; faoliyatning samarali bo‘lishiga qiziqish va intilish; o‘zini-o‘zi baholash kabi sifatlarni shakllantirishga yordam berdi. Metod qo‘llanilgan mashg‘ulot o‘quvchilarni o‘rganilgan yoki  o‘rganilishi kerak bo ‘lgan mavzu bo‘yicha yakka va kichik jamoa bo‘lib fikrlash, uzlashtirilgan bilimlarni yodga olish, to‘plangan fikrlashii umumlashtirish, ularni yozma ravishda yoki rasm, chizma, tasvir, sxema, model ko‘rinishida ifodalashga o‘rgatadi. Metod juftlik, kichik guruhlar yoki jamoada tashkil etiladi. O‘quvchi tushunchalarni yozma ravishda ta’riflaydi va ularni taqdimot asosida jamoaga namoyish qiladi. Mashg‘ulotda metodni qo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Izox: O‘quvchi tomonidan tanlangan har bir gugurt donasi yoki oddiy chup bittadan tushunchani ta’riflash shartligini anglatadi. Shunga ko‘ra o‘quvchi agarda ikkita gurut donasini tanlagan bo‘lsa, u holda ikkita tushunchani ajratib ko‘rsatib, ularni ta’riflaydi. Gururt donalari sonining ortib borishiga ko‘ra tushunchalar soni va ularga beriladigan ta’riflar miqdori ham kupayib boradi