Art-School
- Bosh sahifa
- Art-School
- Uzoqova Shoxista
- 335
- 2024-04-15
- Art-School
ARXITEKTURA KOMPOZITSIYASI. EKSTERYER DIZAYNI
Arxitekturada kompozitsiya- me’morlikning tashkil etuvchilari bo‘lgan hajm bilan fazoviy muhitning o‘zaro bog‘lanishidir. Kompozitsiyadagi har qanday hajm va fazoviy muhitdan tashkil topgan yaxlitlik hajmiy- fazoviy shakl deb yuritiladi. Unga xos bolgan sifatlar me’moriy shakllarga ham xosdir. Hajmiy-fazoviy shakllarning asosiy xususiyatlari shakl geometriyasi,fazodagi o‘rni, kattaligi va massasidan iborat. Ularning qo‘shimcha xususiyatlari qatoriga fakturasi, yorug‘ligi va rangi kiradi. Bu xususiyatlarning har biri ma’lum miqdorda o‘zgarib, turli-tuman holatlar vujudga kelishi mumkin. Arxitekturani idrok etishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u to‘g‘risidagi tasavvur juda qisqa muddatda idrok etiladigan rassomlik, haykaltaroshlik yoki amaliy san’at asarlaridan farqli o‘laroq uzoq muddat davomida idrok etiladi. Eksteryer dizayn- binoning tashqi ko‘rinishi dizayni. Tushunarliroq aytganda, ushbu soha vakillari kompyuter grafikalari orqali binoni chiroyli va ko‘rkam holatga keltirish bilan shug‘ullanishadi. Tasviriy san’atda eksteryer deganda me’moriy inshootlar va ularning tashqi ko'rinishi tushuniladi.