Geografiya
- Bosh sahifa
- Geografiya
- Musayeva Laylo
- 311
- 2022-06-08
- Geografiya
Geografiya fanidan yo‘nalish azimuti va uni aniqlash
Azimutni kompas yordamida aniqlash. Har qanday aylana 360° ga bo‘lingan. Xo‘sh, azimut nima? Azimut – joydagi ikki yo‘nalish orasida hosil bo‘lgan burchak. Bu yo‘nalishlardan biri doim shimolga, ikkinchisi esa biz aniqlash lozim bo‘lgan predmet (biror daraxt, simyog‘och) ga yo‘nalgan bo‘ladi. Azimutlar shimolga yo‘nalishdan boshlab soat millari yo‘nalishi bo‘yicha hisoblanadi. Yo`lgacha bo`lgan yo‘nalish azimuti 240° ga, zavod mo‘risiga yo‘nalish azimuti 45° ga, Uyacha yo‘nalish azimuti 310° va daraxt azimuti 120° ga teng ekanini ko‘rasiz.