Biologiyadan laborotoriya darslari

7-sinf Zoologiya fanidan 2-laboratoriya ishi

Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi va harakatlanishini o‘rganish.

Maqsad: Yomg‘ir chavalchangini kuzatish orqali chuvalchangning tashqi tana tuzilishi, tana qismlarining yashash muhitiga moslashganligi, harakatlanishi va tashqi ta’sirlarga javob reaksiyalarini o‘rganish, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Kerakli jihozlar: Preparoval to‘plam (pinset, skalpel, preparoval nina), lupa,Petri kosachasi, filtr qog‘ozi, yomg‘ir chuvalchangining barelyef modeli, piyoz, tirik yomg‘ir chuvalchangi.

Ishni bajarish tartibi:

1.Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi barelyef model orqali o‘rganiladi.

2.Tirik yomg‘ir chuvalchangi kuzatiladi.Uning tana tuzilishi,

shakli, rangi va kattaligi aniqlanadi, oldingi ingichkaroq qismida ogiz teshigi topiladi, uning  belbog‘i, tanasining orqa qismida joylashgan segmentlari va chiqaruv teshigiga e’tibor beriladi.

3.Chuvalchang terisining quruqligi yoki namligiga e’tibor beriladi.Tuproqda yashash uchun bunday terining ahamiyati muhokama qilinadi.Lupa yordamida tana segmentlari va ular orasida joylashgan tukchalarning tuzilishi organiladi.

4.Chuvalchang boshdan oxirigacha silab ko‘riladi,uni qogoz va shisha yuzasiga qoyib, harakatlanishiga va undan chiqayotgan tovushga e’tibor beriladi.

5.Uning turli qismlariga shisha tayoqcha yoki pinset tekkizib koriladi, bosh qismga bir bolak piyoz yaqinlashtiriladi va natijalar izohlanadi.

6.Daftarga yomg‘ir chuvalchangining rasmi chiziladi va chuvalchang tanasining yassi va bortgan tomonlari belgilanadi,shuningdek barcha xulosa va natijalar daftarga yozib olinadi.