Biologiyadan laborotoriya darslari
- Bosh sahifa
- Biologiyadan laborotoriya darslari
- Yunusova Navbaxor
- 2203
- 2022-02-18
- Biologiyadan laborotoriya darslari
7-sinf Biologiya fanidan 1-laboratoriya ishi
Tufelkaning tuzilishi.Harakatlanishi va ta’sirlanishini o‘rganish
Maqsad: Infuzoriya tufelkani mikropreparat orqali o‘rganish, bir hujayrali hayvonlarning tuzilishi va hayot tarzi, harakatlanishini kuzatish, mustaqil mikropreparat tayyorlash va mikroskop bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, oddiy amyoba, yashil evglena va infuzoriya tufelkasining hujayraviy tuzilishini o‘zaro taqqoslash.
Kerakli jihozlar va asboblar: O‘quv laboratoriya mikroskopi, preparoval to‘plam (pinset, skalpel, preparoval nina), polipropilen o‘lchov idishlar to‘plami, buyum oynasi, qoplag‘ich oyna, filtr qog‘ozi, tomizgich, petri kosachasi, biologiya xonalari uchun kimyoviy reakivlar to‘plami (sirka kislota, osh tuzi), infuzoriya tufelkasi kulturasi.
Ishni bajarish tartibi:
1. Mikroskop ish holatiga keltiriladi.Buning uchun mikroskop stol chetidan 3-4 sm uzoqlikda, shtativga qaratib joylashtiriladi.
2. Pichan ivitmasi kulturasidan infuzoriya tufelkasi vaqtinchalik mikropreparati tayyorlanadi.
3. Infuzoriya tufelkasi kulturasi oldindan tayyorlab olinadi.
4. Buyum oynasiga tomizgich yordamida tayyorlangan kulturadan bir-ikki tomchi olib tomiziladi va qoplag‘ich oyna bilan yopiladi,chetidagi ortiqcha suv filtr qog‘ozi yordamida shimdirib olinadi.
5.Tayyorlanagan vaqtinchalik mikropreparat buyum stolchasiga qo`yiladi va mikroskopda kuzatiladi.
6. Kuzatishlar davomida infuzoriya tufelkasining tana shakli,og’iz oldi chuqurchasi o`rganiladi, harakatlari kuzatilib, uning katta va kichik yadrosi, ovqat hazm qilish va qisqaruvchi vakuolalari aniqlanadi, kuzatishlardan so`ng daftarga infuzoriya tufelkasining tuzilishi chiziladi, kuzatilgan tana qismlarining nomlari yozib qo`yiladi.
7. Buyum oynasidagi tufelkali pichan ivitmasi tomchisiga sirka kislotasi yoki osh tuzining eritmasidan bir tomchi tomiziladi, tomchi buyum oynasi bilan yopiladi va mikroskopning katta obyektivida kuzatiladi, tufelka tanasidan otilib chiqayotgan kuyduruvchi tanachalari topiladi va tuzilishi o`rganiladi.