Pedagogik metodlar va atamalar sharhi

Charxpalak metodi

CHARXPALAK METODI ASOSIDA BAYRAM DEVORIY GAZETASINI ISHLASH.
(Amaliy mashg‘ulot)

     Tinglovchilar bayram mavzusi kompozitsiyasi uchun hamkorlikda devoriy gazeta komponovkasini tayyorlaydilar, guruh a’zolari bir-birlari bilan maslahatlashib, kompozitsiya detallarini oqilona joylashtiradilar. Tahminan 15 daqiqadan keyin charxpalak aylanishni boshlaydi. Charxpalak har aylanganda, birinchi guruh kompozitsiyasi 2-guruhga, 2-guruh kompozitsiyasi 3-guruhga, 3-guruh kompozitsiyasi  4-guruhga o‘tib har 4 daqiqada charxpalak aylanib turadi. Boshqa guruh ishlarini olgan guruhlar ishga ijodiy yondoshib, uni detallar bilan to‘ldirib, qo‘shimchalar kiritib, devoriy gazeta go‘zalligini yanada boyitishlari kerak bo‘ladi. Charxpalak 9-10 marta aylangandan keyin, har bir guruhni ishi o‘ziga aylanib qaytib kelganda, charxpalak to‘xtaydi va guruh sardorlari navbat bilan chiqib taqdimot qiladilar. Taqdimotda sardorlar so‘zga chiqib, qanday kompozitsiyani o‘ylagan edilarku, charxpalak aylanishi natijasida qanday kompozitsiya xosil bo‘ldi? Degan savolga javob beradilar. O‘z g‘oyasi bilan faol bo‘lgan guruh a’zolari haqida gapiradilar. Mazkur metod guruhlarda ishlash usulining takomillashtirilgan ko‘rinishi bo‘lib, uning yordamida o‘quvchilar o‘rganiladigan material bo‘yicha ma’lum bilimga mustaqil ega bo‘lish, jamoa bilan ishlash malakasini ega bo‘lish, boshqalarni o‘qitish, axborot bilan almashish hamda jamoa bo‘lib qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi