Bizning xizmatlar
- Bosh sahifa
- Bizning xizmatlar
- Bill Geyts
- 426
- 2021-12-21
- Bizning xizmatlar
Kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash
Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslari haqida ma’lumot
Markazda 2021-yil yanvar oyidan boshlab oktabr oyigacha 8 ta yo‘nalish bo‘yicha, jumladan, “Rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi”, “Ingliz tili o‘qituvchisi”, “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi”, “Biologiya o‘qituvchisi”, “Texnologiya o‘qituvchisi” yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy, “Matematika o‘qituvchisi”, “Biologiya o‘qituvchisi”, “Geografiya o‘qituvchisi”, “Tarix o‘qituvchisi” yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan.
Ushbu qayta tayyorlash kurslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-6108-son Farmoni, Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 30-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish va o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 338-son, 2021-yil 28-iyundagi “Xalq ta’limi tizimida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 194-son buyruqlari asosida ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Markazda qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. O‘quv mashg‘ulotlariga tajribli, yuqori kasbiy ko‘nikmaga ega professor-o‘qituvchilar jalb etilgan. Darslarning sifatli tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Professor-o‘qituvchilar o‘quv jarayonida proyektor, SMART monitorlardan, STEAM loboratoriyasi, zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan o‘quv xonalaridan foydalanib dars o‘tishadi. Jarayonda shaffoflikni ta’minlash maqsadida tinglovchilarning darsga kelib-ketishi tanuv terminali va kuzatuv kameralari orqali nazorat qilinadi. Dars jaroyonini videokamerlar vositasida kuzatish mumkin. Uzoq hududlardan keladigan tinglovchilar uchun zamonaviy ta’mirlangan yotoqxona mavjud.


