Mahorat akademiya haqida

Bizda bilan o'qishni boshlang va cheksiz imkoniyatlardan foydalaning

Ushbu platformada pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularga keng qamrovli ilmiy-metodik xizmat ko‘rsatish, ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish, o‘z-o‘zini rivojlantirishning individual taʼlim traektoriyasini shakllantirish, ilgor oqituvchilarning ishlarini ommalashtirish hamda ularning uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, turli psixologik yordam ko‘rsatish, shuningdek, seminar trening, baholash tizimi va turli fan olimpiadalarini tashkillashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Yaratilgan elektron tizim(platforma)da umumtaʼlim maktab oqituvchilarning kasbiy ehtiyojlarini aniqlash diagnostikasi, fanlarni oqitishning zamonaviy yondashuvlari (STEAM v.b.), xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik (PIRLS, TIMMS, PISA, TALIS) boyicha yuqori korsatkichga ega, yetakchi o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalari (dars loyihalari, videokontentlari, zamonaviy o‘qitish usullari) taqdim etiladi va elektron muhokamadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi, shuningdek, bildirilgan fikrlar asosida umumtaʼlim maktablari uchun takomillashtirilgan didaktik taʼminot yaratiladi.

Biz bilan bilimda, kasbda va ruhiyatda yuksaklikka erishasiz!