Pedagogik metodlar va atamalar sharhi

O'quvchilarni kreativ fikrlashlarini rivojlantirish metodi

Kreativ fikrlash - bu qimmatli va asl g'oyalarni yaratishga olib keladigan fikrlash yo’nalishidir. Barcha insonlar ijodiy fikrlash hamda "kundalik" ijodkorlik (kundalik muammolarga nostandart tarzda yechim topish) bilan shug'ullanishlari mumkin. Ijodiy fikrlash nafaqat ijodiy asarlarni yaratish yoki san'at bilan bog'liq tasavvur etish vaziyatlarida, balki muammolarni yoki ijtimoiy masalalarni hal qilish kabi boshqa sohalarda funktsional bo'lgan vazifalarda ham qo'llanilishi mumkin.