TIMSS
- Bosh sahifa
- TIMSS
- Robbanayeva Dildora
- 284
- 2023-05-18
- TIMSS
TIMSS xalqaro tadqiqoti
Matematika va tabiiy fanlarni oʻzlashtirish sifatini Xalqaro monitoring qilish va baholash tizimi TIMSS (ing. TIMSS Trends in International mathematics and science study) - 4 va 8- sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'zlashtirish darajasini baholash dasturi bo'lib, tadqiqot ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo'yicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta'lim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda, qo'shimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar bo'yicha berilayotgan ta'lim mazmuni, o'quv jarayoni, ta'lim muassasasining imkoniyatlari, o'qituvchilar salohiyati, o'quvchilarning oilalari bilan bog'liq omillari o'rganiladi. TIMSS dasturi oʻzining birinchi tadqiqotini 1995-yilda boshlagan boʻlib, 2019-yilga qadar har toʻrt yilda 1999, 2003, 2007, 2011, 2015 va 2019-yillarda tashkil etib kelindi. Navbatdagi 8-davriylik 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.